Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə5/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

To’liq bo’ylama profil odatda loyihalash (tuproq ishlari hajmini topish, ikkinchi yo’llarni loyihalash, bekatlarni rivojlantirish va sh.k.) maqsadlarida qo’llanadi. Uning gorizontal masshtabi 1:10000 va vertikal masshtabi 1:200 olinib chizmaning yuqori qismi profildan va quyi qismi to’rdan (setka) iborat bo’ladi. Bo’ylama profil to’rida liniya rejasi, piketlar, erning mavjud va loyihaviy balandlik belgilari, loyihaviy qiyaliklar, joyning holati va muhandislik – geologik tavsiflar ko’rsatiladi.
Loyihaviy va er sathi balandliklari orasidagi farq ishchi balandligi deb atalib o’yma chuqurligi yoki to’kma balandligini ifodalaydi. Profilda shartli belgilar bilan ko’priklar, quvurlar, boshqa sun’iy inshootlar, bekat va boshqa ajratish punktlari, o’tish joylari o’qlari ham ko’rsatiladi.
Qisqartirilgan bo’ylama profil to’liq profil asosida tuzilib yo’l rejasining asosiy elementlarini, profil elementlarini va barcha liniya elementlarini oson taxlil qilish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Qisqartirilgan bo’ylama profil asosan lokomotiv mashinistlarining poezdni oldindagi ko’tarilish va pasayish qiyaliklarini hisobga olib boshqarishlari uchun mo’ljallanadi.
Umuman qisqartirilgan profil to’liq bo’ylama profilning barcha asosiy ma’lumotlarini ixchamlashtirib va soddalashtirib qaytaradi. Qisqartirilgan profil 1:50000 gorizontal va 1:1000 vertikal masshtabda chiziladi. Unda er polotnosining loyihaviy profili, liniya rejasi, kilometrlar, ajratish punktlari o’qlari va ular orasidagi masofa, kirish va o’tish signallari, kirish strelkali o’tkazgichlari, yo’l binolari, o’tish joylari (pereezdlari) va sun’iy inshootlar ko’rsatiladi.
1.3. Temir yo’llarni loyihalashning tartib va qoidalari

Temir yo’l obe’ktlarini loyihalashda, qurishda va ulardan foydalanishda avvalo tabiatni asrash va muhofaza qilish masalasi qo’yilishi kerak. Temir yo’l qurilishi izlanish ishlari va ularni loyihalashdan boshlanadi. Izlanishlarning vazifasi yangi yo’llarni qurish va ishga topshirish sharoitlarini o’rganish, loyihalash uchun kerakli materiallarni yig’ib tayyorlashdan iborat. Loyihalashning asosiy vazifasi yangi temir yo’lning ratsional loyihasini tuzish bo’lib, bu temir yo’l kelajakda tashish talablarini to’liq qondirishi kerak.


Temir yo’l liniyalari va ularning alohida qurilmalari odatda 2 bosqichda loyihalanadi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin