Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə18/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

Uloqsiz yo’l

50 yillardan boshlab temir yo’llarda zamonaviy konstruktsiyaga ega bo’lgan progressiv uloqsiz yo’llar qurila boshlandi. Bularning hammasi poezdlarni tortishda elektr energiya va yonilg’i sarfini kamaytiradi. Alohida rels zvenolarini o’zaro payvandlash hisobiga relslarni ulab bog’lashlar sonining sezilarli qisqarishi har kilometr yo’lda 1,8 tonna metallni tejashga, yo’lni ta’mirlash va ta’minlash xarajatlarining kamayishiga olib keladi.


Odatda payvandlangan yaxlit rels tasmasi uzunligi 800 metrdan oshmaydi va ular peregonga uzunligiga mos bo’lgan roliklar bilan jihozlangan platforma tarkibli maxsus poezdlarda olib kelinadi. Rels tasmalarining minimal uzunligi 250 metr bo’ladi. Biroq, qisqa tonnellarda va texnik asoslangan hollarda 250 metr yoki undan ham kichikroq (kamida 150 metr) yaxlit relslar yotqizilishi mumkin.
Payvandlangan yaxlit rels tasmalarini o’zaro ulashda ular orasida ikki – to’rt juft 12,50 m yoki o’zgaruvchan uzunlikdagi (12,50; 12,46; 12,42; 12,38m uzunlikdagi tenglashtiruvchi) muvozanatlovchi relslar yotqiziladi va ular yordamida rels tasmalari uzunligi yozgi va qishki davrlarda tegishlicha rostlab turiladi. Yo’lga yotqizilgan muvozanatlovchi relslarning to’liq komplekti muvozanatlovchi elka (prolyot) deb ataladi.
Uloqsiz yo’llarning asosiy afzalligi unda yaxshi qotirilgan rels tasmasining harorat ko’tarilganida yoki pasayganida o’z uzunligini yo’qotmasligidir.
2.6. Yo’llarning ulanishi va kesishuvlari. Strelkali o’tkazgichlar

Harakat tarkibini bir yo’ldan boshqasiga o’tkazish uchun yo’llarni bog’lovchi va kesishtiruvchi qurilmalar qo’llanadi. Ular yo’l ustki tuzilmalarining tarkibiy qismiga kiradi. Yo’llar o’zaro strelkali o’tkazgichlar yordamida ulanadi. Yo’llarning o’zaro kesishuvi esa berk (to’mtoq, o’tkazgichsiz) kesishuvlar yordamida bajariladi. Strelkali o’tkazgichlar va to’mtoq kesishuvlar yordamida yo’llarning ulanishi strelkali ko’chalar va s’ezdlar deyilidi.


Vazifasi va ulash sharoitlariga qarab stelkali o’tkazgichlar yakka, ikkilangan va chorraxasimon o’tkazuvchi turlarga bo’linadi. Yakka o’tkazgichlar oddiy, simmetrik va nosimmetrik turlarga ajraladi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin