Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə39/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

5.5. Oraliq bekatlarning chizmalari


Bekat va tugunlarni loyihalash bo’yicha yo’riqnomalarda tavsiya etilgan oraliq bekatlarining asosiy chizmalari bir yo’llik liniyalar uchun 5.4, 5.5, 5.6 rasmlarida va ikki yo’llik liniyalar uchun 5.7 rasmda keltirilgan. 5.8. rasmda bir yo’llik liniyalarda ikkinchi bosh yo’l qurilishi munosabati bilan yuqorida keltirilgan (5.4,5.5,5.6 rasmlar) oraliq bekatlarini qayta qurish imkoniyatlari ko’rsatilgan.
Bo’ylama turdagi bir yo’llik oraliq bekatlarini asosan 4 xil chizma (rasm 5.4) ko’rinishda loyihalash mumkin. 1a chizmaning I variantida, 1b va 1v chizmalarida qabul-jo’natish yo’llari bosh yo’lning ikki tomonidan joylashgan va 1a chizmaning ikkinchi variantida bosh yo’lning bir tomonida joylashgan. Barcha chizmalarda yo’lovchi poezdlarini qabul qilish-jo’natish yo’llari, hamda terma poezdlar bilan manevr ishlarini bajarish uchun qabul-jo’natish yo’llari guruhi yo’lovchi binosining qarama-qarshi tomonida joylashgan. I va II darajali yo’llarda joylashgan bo’ylama turdagi oraliq bekatlarni loyihalashda kelajakda qabul-jo’natish yo’lini ikkinchi bosh yo’lga aylantirish imkoni (rasm 5.4, 5.5) hisobga olinishi kerak.

Rasm 5.4. Bo’ylama va yarim bo’ylama turdagi oraliq bekatlarining chizmalari

Agar ikkinchi bosh yo’lni qurish I b chizmaga tadbiq qilinsa, u holda ikkinchi bosh yo’lni bekat hududida, yo’lovchi binosi tomonida, 3-yo’l o’rnida qurish kerak bo’ladi. Barcha chizmalarda bosh yo’lga aylantirilgan qabul-jo’natish yo’llari o’rnida yangidan qabul-jo’natish yo’llari loyihalanishi kerak bo’ladi. Ayrim holatlarda yangi loyihalanayotgan qabul-jo’natish yo’lining tomonligi o’zgarib mavjud bekat chizmasi o’rnida boshqa, yangi turdagi bekat chizmasi shakllanishi mumkin.


Bo’ylama turdagi bekat uchun zaruriy maydon uzunligi kelajakda ikkinchi bosh yo’lni qurishni hisobga olganda


, m.

Maydon etishmovchiligi bo’lgan qiyin hollarda bekat maydonining uzunligi ko’ndalang turdagi bekat maydoniga teng olinishi mumkin. Ushbu maydonda asosiy manevr ishlari bajariladigan bir tomon qabul-jo’natish yo’li joylashib, bekat yo’llarining qolgan qismlari manevr ishlari, lokomotiv uzish, tarmoq yo’llarining ulanishi ko’zda to’tilmaganda 2,5‰ dan 10‰ gacha qiyalikda qo’yilishi mumkin.


5.4. rasmdagi yarim bo’ylama turdagi bekat chizmasi bo’ylama turdagi chizmadan bir muncha qisqa maydonda joylashish imkoniyati bilan farqlanadi. Ushbu turdagi chizmalarda bir tomon yo’llarida qarshi tomon yo’llariga to’g’ridan-to’g’ri o’tish imkoniyati bo’lmaydi.
Mahalliy sharoitlarga qarab yuk nohiyasi yo’lovchi binosi tomonida joylashishi mumkin (5.4, 5.5 rasm). U holda manevr ishlari uchun mo’ljallangan yo’llar guruhi ham shu tomonda joylashadi.

Rasm 5.5. Yo’llari parallel joylashgan ko’ndalang turdagi oraliq bekatlari. Chizmada punktir bilan bekatni ikki yo’llik qilib rivojlantirish ko’rsatilgan

Chizmalardagi bu kabi o’zgarishlar faqat variantlarni texnik asoslaydi.


5.5. chizmada kichikroq yuk hovlisi bo’lgan ko’ndalang turdagi oraliq bekatsining chizmasi ko’rsatilgan bo’lib uning zaruriy maydon uzunligi m.
Chizmada I-yo’l yo’lovchi poezdlari va to’xtamay o’tadigan yo’lovchi va yuk poezdlari uchun; 2-yo’l yuk poezdlari uchun; 3-5 yo’llar yo’lovchi va yuk poezdlari uchun. Kirish strelkalarini loyihalashda o’ng tomonlama harakat tamoyili saqlanishi kerak.
Yuk qurilmalariga xizmat ko’rsatish uchun: 9-ortish-tushirish yo’li, ortilgan yoki bo’shatilgan vagonlarni chiqarib qo’yish uchun 7-yo’l, 11-tortish yo’llari quriladi. Agar yo’l oralig’ida elektr kontakt tarmog’ining tayanchlari o’rnatiladigan bo’lsa, yo’l o’qlari orasidagi masofa tegishlicha kattalashtirilishi kerak. 11-tortish yo’lida bajariladigan manevr ishlari poezdlar qabul-jo’natish yo’llaridan ajratilgan.
Yo’lovchi binosi va platformalari yo’l tarmoqlariga (bekat o’q chizig’iga) nisbatan markazlashgan holda qo’yiladi. Qabul-jo’natish yo’llari ikki tomonlama harakat uchun mo’ljallangan bo’lib, terma poezdlarni yuk hovlisiga yaqin joylashgan qabul-jo’natish yo’liga olish ko’zda to’tiladi.
Bekatning tortish yo’liga ulanadigan strelkali bo’g’izini loyihalaganda, 4-yo’ldagi manevr harakatlari yuk poezdlarini B dan 2- yo’lga qabul qilish yoki jo’natish imkonini berishi kerak.
Qabul-jo’natish yo’llarining uzunligi uchastka hududlarida belgilangan standart uzunlikdan kam bo’lmasligi kerak. Bekatga ulanadigan sanoat korxonalari shoxobcha yo’llariga xizmat qilish uchun mo’ljallangan yo’llarning soni va uzunligi boshobcha yo’llariga beriladigan
uzatmalar soni va har bir uzatmadagi vagonlar soniga qarab belgilanadi.
Ayrim bekatlarda ikki yo’llik qo’ymalar (vstavka) poezdlarni beto’xtov kesishtirish uchun qo’yiladi, bo’ylama turdagi boshqa bekatlarda qo’shma poezdlarni o’tkazish uchun uzaytirilgan yo’l qurilib, bu yo’llarga kirish strelkali o’tkazgichlari 1G’18 marka bilan loyihalanadi.
Temir yo’llarning katta shaharlarga yaqinlashish oldi uchastkalarida harakat, ayniqsa yo’lovchi va shaharatrof poezdlari harakati katta bo’lganda qo’shimcha 3 yoki 4-bosh yo’llar qurilishi mumkin.
Oraliq bekatlarining beto’xtov kesishuvi uchun mo’ljallangan chizmalari 5.6. rasmda ko’rsatilgan. Rasmdagi 1 chizma ko’ndalang turdagi chizmadan, 2a, 2b va 3 chizmalar esa bo’ylama yoki yarim bo’ylama turdagi chizmalardan biror qabul-jo’natish yo’lini beto’xtov kesishuv-hisobiy uzunligigacha uzaytirish yo’li bilan tuzilgan. 2a va3 chizmadagi 2- yo’lni A va B tomonga qarab uzaytirish, beto’xtov o’tkazish vaqtida poezdlarning to’g’ri yo’ldan og’ish joylarini 5 tadan 2 tagacha kamaytiradi va yo’l yonida qo’shimcha qabul-jo’natish yo’lini qurish ehtiyoji qolmaydi.

Rasm 5.6. Bir yo’llik uchastkalarda oraliq bekatlarining poezdlarni beto’xtov o’tkazish uchun chizmalari. Chizmada beto’xtov o’tkazish yo’llari punktir bilan ko’rsatilgan
5.6. rasmdagi barcha chizmalarda yo’llar va qurilmalarni 2 guruhga ajratish mumkin. Bir guruh bosh yo’l va uzaytirilgan qabul-jo’natish yo’lidan tashkil topib ikki yo’llik qo’yma va yo’lovchi qurilmalaridan iborat bo’lib, yo’lovchi poezdlarni o’tkazish, yuk poezdlarini qabul qilish- jo’natish va beto’xtov o’tkazish uchun xizmat qiladi. Ikkinchi guruh mahalliy yuk ishlarini ta’minlovchi yo’llar va qurilmalardan iborat bo’lib, mahalliy vagonlari bor yuk poezdlari uchun ikki qabul-jo’natish yo’li, manevr tortish yo’li, yuk hovlisi yo’li va yuk inshootlaridan iborat.
Yuk hovlisi yo’lovchi binosi tomonidan joylashgan ko’ndalang turdagi bekat chizmalarida yo’llar beto’xtov kesishuv va mahalliy harakat uchun aniq ajralmaydi va shu sabali I va II darajali yo’llarda asosiy chizma sifatida tavsiya etilmaydi. 5.6 rasmda bekat maydonchasi A tomonidagi ikki yo’llik qo’yma oxirida joylashgan bo’lib, A ga chiqish signali beto’xtov kesishuv o’qidan masofada joylashadi.
Poezdlarni qabul qilish, jo’natish, o’tkazish, beto’xtov kesishuv va quvib o’tishini tashkil qilish, yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish va yuklarni qabul qilish, tushirish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarish uchun bekatda etarlicha yo’llar loyihalanishi kerak. Bundan tashqari jo’natuvchining yo’nalishli (marshrutno’y) poezdini tuzish va jo’natish uchun maxsus yo’l loyihalanishi kerak. Agar oraliq bekatlaridan shaharatrof yo’lovchi poezdlari qaytariladigan va poezdlar saqlab turiladigan bo’lsa, ular uchun ham maxsus yo’l loyihalanishi kerak.
Yuk ishlari uchun oraliq bekatlarida tegishlicha yo’l tarmoqlari bo’lgan yuk inshootlari, qurilmalari va boshobcha yo’l ulanishlari loyihalanishi kerak.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin