Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Uchastka bekatlarining ishlash texnologiyasi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə43/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

7.2. Uchastka bekatlarining ishlash texnologiyasi


Tranzit poezdlari bilan ishlash. Uchastka bekatlari ishining namunaviy texnologik jarayoni tranzit poezdlari bilan ishlash tartibini belgilaydi.
Hozirda temir yo’llarda vagonlarni ta’mirlash va texnik xizmat elementlarini mexanizatsiyalash va avtomotizatsiyalash, vagonlarni ko’p guruhli ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash keng qo’llanilmoqda. Vagon nazoratchilari xizmat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tarkiblarni markazlashtirilgan holda ximoyalash qo’llanadi. O’zi yurar universal aravachalarni qo’llash poezd bilan ishlashni sezilarli tezlashtiradi. Bekatning va yondosh peregonlarning poezd o’tkazish va qayta ishlash qobilyatini oshirish maqsadida tranzit poezdlarini tezkor ishlash tashkil qilinib, bunda poezd lokomotivni tarkibning bosh qismiga ulash vaqtida qolgan qismiga xizmat ko’rsatish bir vaqtda bajarish nazarda to’tiladi. Vagonlar guruhni ulaydigan va poezdlar massasini o’zgartiradigan bekatlar tranzit poezdlariga ulanadigan vagonlar guruhini rejalash uchun avvaldan telegramma-natur varag’i (naturno’y list) ko’rinishida ma’lumot olishlari kerak (vagonlar guruhining tarkibda joylashish tartibi va ulash joyi). Lokomotiv va haydovchilar almashtiriladigan tranzit poezdlari bilan ishlash quyidagicha; poezd dispetcheri (DNTs) orqali qo’shni bekatdan poezdning jo’nab ketgani, uning tavsifi haqida ma’lumot olgandan keyin bekat navbatchisi (DSP) poezdning kelish vaqti va yo’li to’g’risida lokomotiv deposi navbatchisini, tashish xujjatlari bilan ishlovchi xizmatchilar, texnik xizmat punkti va vagonlarni tijorat ko’rigidan o’tkazuvchi xizmatchilarni ogohlantiradi.


7.3. Uchastka bekatlarining temir yo’l tarmoqlarida joylashish tamoyillari.

Uchastka bekatlarining temir yo’l tarmoqlarida joylashuvi tortish turi va poezdlarga tortish xizmati uslubiga bog’liq bo’ladi. Elektrlashgan temir yo’llarda harakat tezligining oshishi va teplovozli tortishni keng qo’llash harakatni uzoq masofalarga lokomotivni almashtirmay olib borishga va uzaytirilgan uchastkalarda lokomotivlar xizmatini tashkil qilishga imkon yaratadi. Natijada ayrim uchastka bekatlar o’z mavqeini yo’qotib amalda mahalliy ish hajmi katta bo’lgan oraliq bekatsiga aylanib qoldilar.


Lokomotivlar aylanish uchastkalarining uzunligi bekat va tugunlarning o’zaro joylashuvi, temir yo’llarning tarmoqlanishi va vagonlar oqimi hamda lokomotivlarni ma’lum masofani o’tagandan keyingi TO-2 texnik xizmat ko’rsatish ta’minoti me’yorlariga bog’lab topiladi. Ko’p hollarda uzaytirilgan uchastka uzunligi elektrovozlar uchun 600-1000 km va teplovozlar uchun 500-800 km dan ko’proq bo’lishi mumkin. Elektrovozlar va teplovozlarni ta’mirlash kam sonli punktlarda jamlanishi sababli mavjud asosiy depolarning faqat ayrimlarigina ishlatilishi mumkin.
Uzaytirilgan uchastkalarda ikki-uch depo lokomotivlari birgalikda xizmat ko’rsatishi mumkin. 7.1 rasmda ikki depo (A va V) lokomotivlari xizmat ko’rsatadigan A-D uzaytirilgan uchastka chizmasi keltirilgan.

Rasm 7.1. Yo’nalishda uchastka bekatlarining joylashish chizmasi

Lokomotivlarning texnik holatini nazorat qilish qo’layligi uchun depolarning uchastka oxirlarida yoki bir tomonda asosiy depo ikkinchi tomon oxirida esa TO-2 texnik xizmati ko’rsatadigan aylanish punkti joylashib, oraliq uchastka bekatlar (chizmada B va G bekatlar) faqat lokomotiv haydovchilarini almashtirishni amalga oshirishi mumkin. Bu bekatlar uchastka va terma poezdlarni tarqatish va tuzish punktlari bo’lib xizmat qiladi. Ularda ehtiyojga qarab tranzit poezd lokomotivlari ta’minoti tashkil qilinishi mumkin. Uzaytirilgan uchastkalarda poezdlarga xizmat ko’rsatish tizimiga asosiy yo’nalish va yon yo’nalishlarga (rasmda V-E uchastkasi) ham xizmat ko’rsatilishi mumkin (lokomotivlar bir xil rusumda bo’lsa). Bunday xizmat yon yo’nalishlarga ham tranzit poezdlar oqimi bo’lgan hollarda ko’l keladi. Bunday hollarda ikki-uch asosiy depo lokomotivlari xizmat ko’rsatadigan temir yo’l poligoni yuzaga keladi.


Lokomotivlarning uzaytirilgan uchastkalarda xizmati va almashib ishlashini tashkil qilish tranzit poezdlarning marshrut tezligini va lokomotivlarning marshrut tezligini oshiradi, sutkalik o’rtacha o’tadigan lokomotivlar sonini va foydalanish harajatlarini kamaytiradi, ammo lokomotivlar xizmatini uzaytirmaydigan uchastkalarda tashkil qilish katta mas’uliyat talab qiladi, o’z hududidan chiqib ketgan lokomotivlarning nazorati susayadi, lokomotivlarning texnik holatini ta’minlash darajasi susayadi. Xizmat yaxshi qilinmagan hollarda depo lokomotivlarining umumiy holati pasayadi. Shularni e’tiborga olgan holda O’zbekiston temir yo’llarida lokomotivlar xizmatini asosan biriktirilgan uchastkalarda tashkil qilish yo’lga qo’yilgan.
Temir yo’l tarmoqlarida uchastka bekatlarining belgilash va lokomotiv depolari faoliyat ko’rsatadigan poezdlarga lokomotiv xizmati ko’rsatilishini ijobiy tashkil etishga e’tibor qaratish lozim.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin