Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Temir yo’l tugunlarining tasniflanishi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə66/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

13.2. Temir yo’l tugunlarining tasniflanishi
O’zbekistonda o’nga yaqin rivojlangan temir yo’l tugunlari mavjud bo’lib ularning ayrimlari (Navoiy, Buxoro, Xavaet, qarshi kabilar) uch magistral liniyalar kesishuv joylarida, boshqalari magistral liniyalarning o’zida joylashib yirik shahar va sanoat nohiyalariga xizmat ko’rsatadi.
Temir yo’l tugunlari birikadigan yo’llar soniga, bajaradigan ishlari turiga, yuk va yulovchi oqimlarining yo’nalishiga va xilligiga (tranzit va mahalliy), tugunning temir yo’l tarmoqlaridagi ahamiyatiga, shaharning o’rni va unda aholi yashovchi va sanoat nohiyalarining joylashuviga, boshqa transport inshootlarining mavjudligiga, joyning topografik sharoitlariga va boshqalarga qarab xar hil turda shakllanishi mumkin.
Tugunlarning chizmalari xilma-xil bo’lishiga qaramay ularni ayrim belgilari bo’yicha turlash mumkin. Asosiy elementlarining joylashuvi bo’yicha, ya’ni geometrik shakli bo’yicha tugunlarning quyidagi asosiy turlari mavjud:
1) bir bekatli;
2) chorrahachimon;
3) uchburchaksimon;
4) asosiy bekatlari parallel joylashgan;
5) asosiy bekatlari ketma-ket joylashgan;
6) radial tugunlar (bunday tugunlar kelish yo’llarining qo’shilgan joyida bir umumiy bekatga va kelish uchastkalarida qo’shimcha bekatlarga ega bo’ladi);
7) berk turdagi;
8) halqasimon (berk radial va diametral yo’llari bo’lmagan);
9) radial-halqasimon:
A) berk liniyali (diametral yo’lsiz);
B) berk va diametral liniyali;
10) radial-yarimhalqa;
11) kombinirlashgan (aralash turdagi).
Birinchi uch turdagi: bir bekatli, chorrahasimon va uchburchaksimon tugunlar boshlang’ich tugunlar hisoblanib aksariyat tugunlarning shakllanishi asosan ushbu turdardan boshlangan.
Tugunning u yoki bu chizma ko’rinish bo’yicha farqlanishi uning xaqida to’liq tasavvur bermaydi. Tugunlar haqida batafsil ma’lumot berish uchun ularning temir yo’l tarmoqlaridagi ahamiyatini, bajaradigan ishlarining turini va xizmat ko’rsatadigan shahar yoki sanoat markazlarining iqtisodiyoti haqidagi ahamiyatini ham bilish kerak.
Temir yo’l tarmoqlaridagi o’rniga va bajaradigan ishlariga qarab asosan olti turdagi tugunlar farqlanishi mumkin:
katta bo’lmagan va o’rtacha shaharlarda (aholisi 100 minggacha) joylashgan va asosan tranzit yuk va yo’lovchi harakatiga xizmat ko’rsatadigan, hamda mahalliy yuk vagonlari va qisman tranzit vagonlarni qayta ishlaydigan (asosan uchastka va terma yuk poezdlari bilan ishlaydigan) tranzit tugunlar;
asosan tranzit vagonlar oqimini qayta ishlovchi, temir yo’l tarmoqlarining asosiy poezdlar tuzish rejasini bajaruvchi va qisman mahalliy vagonlar oqimi bilan ishlovchi tranzit tugunlar;
yirik va katta shaharlar nohiyasida joylashgan, katta miqdorda mahal­liy vagonlar oqimiga ega bo’lgan tugunlar (bunday tugunlar ommaviy ravishda tranzit yuk va yo’lovchi harakatlariga xizmat ko’rsatadi, katta hajmda mahalliy yuk vagonlari bilan ishlaydi, mahalliy va shaharatrof yo’shovchilar harakatlariga xizmat ko’rsatadi);
dengiz yoki yirik daryo portlari hududlarida joylashgan portli tugunlar (O’zbekiston sharoitlarida ko’p taraqqiy etmagan);
sanoat tugunlari, ularning asosiy vazifasi yirik sanoat nohiyalariga xizmat ko’rsatish;
katta miqdorda mahalliy yuk ishlariga ega bo’lgan tugunlar. Ular aholisi 500 mingdan ortiq bo’lgan shaharlar va poytaxt markazlarda joylashib katta miqdorda tranzit yuk oqimlariga xizmat ko’rsatadi, aralash tashishlarni bajaradi va tarkibida yirik sanoat temir yo’l tugunlariga ega bo’lishi mumkin.
Temir yul tugunlari kelish yo’nalishlarining soni, tugundagi bekatlarning soni va ixtisolashishi, aylanma yo’llarning mavjudligi kabilar bilan ham farqlanishi mumkin.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin