13.3. Temir yo’l tugunlarining asosiy turlari
Bir bekatli tugunlar ko’p taraqqiy qilmagan bo’lib odatda ikki magistral temir yo’llarning kesishuv joylarida, yoki magistral yo’lga boshqa yo’lning kelib qo’shilish joylarida yuzaga keladi. Bunday tugunlarda barcha keluvchi yo’llar bir bekatga kelib ulanadi va tugunli bekatni (masalan, tugunli uchastka bekatsi) hosil qilib kichik va o’rtacha shaharlarga xizmat ko’rsatadi. Tugunda vagonlarning bir qismi, yani uchastka va terma poezdlarda keladigan qismi va mahalliy vagonlar qayta ishlanadi, yo’lovchi va o’tkinchi tranzit poezdlariga hizmat ko’rsatiladi, mahalliy yuk ishlari bajariladi.
Ayrim hollarda bunday bekat saralash, yo’lovchi bekatlari va yuk hovlisining bir maydonda joylashgan birlashma chizmasini tashkil qiladi (qarshi, qo’ng’irot kabilar). Bunday bekatlarda saralash inshootlari etarlicha bo’lganda uchastka va terma poezdlardan tashqari o’tuvchi (shu qatorda tranzit-guruhli) poezdlar ham tuzilishi mumkin.
Bir bekatli tugunlarning chizmalari kelish yo’llari va blsh yo’llar soni, yo’nalishlarning tarafligi, yo’lovchi inshootlari, parklar, yuk inshootlari, ko’lrikli kesishuvlarning mavjudligi kabilar bilan farqlanishi mumkin.
13.1 rasmda yo’lovchi va yuk poezdlari xarakati inshootlari va parklari parallel joylashgan bir bekatli tugun chizmalari ko’rsatilgan. Bir bekatli tugunlarda kelish yo’llarining kesishuvi va bekat parklari odatda (harakat yo’lanishi bo’yicha) ixtisoslashtirildi.
Rasm 13.1. Bir bekatli tugun chizmasi
13.1a rasmda ikki yullik A-B va V-G liniyalarning kesishuv joyida yuzaga kelgan tugun chizmasi tasvirlangan. Bunda V-G liniyasining bosh yo’llari bekatni ikki tomondan qamrab oluvchi qilib o’tkazilgan va shu sababli bekat chegarasida jo’natiluvchi poezdlar o’zaro kesishmaydi. Burchak osti yo’nalishli (masalan, A dan V ga yoki B dan G ga va aksincha) poezdlarni qisqa yo’l orqali poezdning bosh tomonini o’zgartyarmay o’tkazish uchun zarur hollarda burchak osti bog’lovchi yo’llari qurilishi mumkin. Bunday ulanishlarga ehtiyoj maxsus texnikik, iqtisodiy hisoblar bilan asoslanadi.
13.1b rasmda bir yullik V-G liniyasining bosh yo’llari ikki yo’llik A-B liniyasining bosh yo’llari orasida va bekat par-lari ko’ndalang turda o’zaro parallel joylashgan. Bunday bekatlar qayta qurilganda imkoniyatga qarab bo’ylama yoki yarim bo’ylama turda rivojlantirilishi mumkin.
Yuqorida qo’rilgan ikkala chizmada boshlang’ich davrda V-G yo’nalishining bosh yo’llari bir sathda kesishishi mumkin, ammo ko’prikli kesishuvlar uchun albatta zaxira maydon qoldirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |