Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə7/59
tarix11.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#120814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
5-sinf Tarix konspekt

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________ 5-“V”_____________________ 5-“G”______________________


Darsning mavzusi: Qadimgi odamlarning turmush tarzi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – o’quvchilarga ajdodlarimizning og’ir hayoti, mashaqqatli mehnati haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy – o’quvchilarni hayotni sevish, uni qadriga yetish ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma;
Darsning turiyangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – bronza, qabila, chorvachilik, ibtidoiy to’da;
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu. Qadimgi odamlarning turmush tarzi
Qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasashgan. Shuningdek yog’ochdan ham foydalanilgan. Neandertal odami toshdan yanada uchqurroq mehnat qurollari yaratishga muvaffaq bo’lgan.
Kramanon odamlari esa toshdan pichoq, nayza, turli xil kesgich, qirg’ich, bigiz, suyakdan igna, qarmoq yaratishga muvaffaq bo’lganlar.

O’q – yoy miloddan avvalgi 12-7- ming yilliklar oralig’ida ixtiro qilingan.

Suyakdan igna yasash kramanon odamlarining tikishni kashf etganliklarini ham anglatar edi. Ayni paytda irg’itiladigan qurol – sanchqi ham yaratganlar.Bora – bora odamlar kulolchilikni o’rgangan. Davrlar o’tishi bilan misdan, keyinroq bronzadan mehnat qurollari yasashni o’rganib olganlar.

Odamlarning eng qadimgi mashg’uloti – termachilik va ovchilik o’zlashtiruvchi xo’jalik, deb ataladi.

Miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarda odamlar o’troq hayotga o’ta boshladilar. Bu esa dehqonchilik va chorvachilikning yanada rivojlanishiga olib kelgan.
Qadimgi odamlar dastlabki davrlarda kichik daryo bo’ylari va buloqlarning yonini o’zlariga makon qilib olishgan. Shox-shabalardan uy-joy qurganlar.
Davrlar o’tishi bilan odamlar paxsa va guvalali uylar qurishni o’rganib olganlar. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda esa ko’p xonali uylar qurila boshlangan.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin