tinglovchining har tomonlama faolligiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi va bu jihatlar turli shakllarda namoyon bo’ladi. Ular: mehnat faoliyati,
jamoatchilik faoliyati, kitobxonligi, kasbiy o’yinlarni yaxshi ko’rishligi, o’z kasbiga oid yangi bilimlarni egallashga o’chligi va shu kabi shakllarda namoyon bo’ladi.
Demak, o’qish-bu tinglovchilarning voqelikni bilish davomida ma’lum
bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni rejali o’zlashtirish jarayonidir. O’qish jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e’tiqodi,
hatti-harakati, umumiy kamolotiga, pirovardiga esa uning xulqiga ta’sir
etadigan bilimlar, ko’nikmalar va malakalar majmuasining shakllanganligiga bog’liq bo’ladi. Pedagog tinglovchilar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o’zining ko’rsatmalari, yo’naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirishlari va hakozolar bilan ularning o’quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga ko’ra ta’lim
birinchidan, o’qishni,
ikkinchidan, o’qitishni, ya’ni o’qishni va Shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: