Nomi
|
Davr
|
Manbalar
|
1
|
Qadimgi turkiy til
|
Eng qadimgi asrlardan – X asrgacha
|
O`rxun-Enasoy obidalari (To`nyuquq, Kultegin, Bilga xoqon, ”Irq bitigi”), qog`ozga yozilgan ilk manba “Irq bitigi” (“Ta’birnoma”)
|
2
|
Eski turkiy til
|
XI–XII asrlar
|
“Devoni lug`otit turk”, “Qutadg`u bilig”, “Hibbat ul haqoyiq”, Ahmad Yassaviy “Devoni hikmat”
|
3
|
Eski o`zbek adabiy tili
|
XII – XIII asrdan – XX asr boshlarigacha
|
Qul Ali “Qissayi Yusuf” (1239), Rabg`uziy “Qissasi Rabg`uziy”(1310), “Tafsir”(XIII asr), “O`g`uznoma”, Sayfi Saroiy “Guliston”, Xorazmiy “Muhabbatnoma”, ”Muqaddimat ul-adab”, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, A.Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat, Muqimiy asarlari tili
|
4
|
Yangi o`zbek adabiy tili
|
XX asrning 30-yillaridan hozirgacha
|
Behbudiy, Avloniy, Fitrat, A.Qodiriy, G`.G`ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Said Ahmad, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov... asarlari
|
1. Qadimgi turkiy til. Hozirgi barcha turkiy tillar (o’zbek, uyg’ur, qirg’iz, qozoq, turkman, ozarbayjon, usmonli turk, tatar, xakas, yoqut va boshq.) uchun qadimgi turkiy til umumiy til (bobo til) sanaladi. Bu davrga mansub so`zlar: budun-xalq, ingek-sigir, bilig - bilim yag`i - dushman, yov, batsiq - g`arb, ko`ch - urug`, zot, o`kush - ko`p, o`z - jon, vujud, art - tepa, dovon, erik - mard, jasur, botir.
Dostları ilə paylaş: |