Turkiy tillar oilasiga 30 ga yaqin til kiradi: o’zbek, uyg’ur, qirg’iz, qozoq, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, qorachoy - bolqar, qo’miq, no’g’ay, tatar, boshqird, oltoy, shor, xakas ,tuva, yoqut, chuvash, xalaj, solor,qoraim, dungan,cho’lim va boshqalar. Bu tilda so’zlovchilar, asosan, Osiyo,Yevropa, Amerika, Avstraliyamintaqalarida istiqomat qilishadi.
Turkiy tillar aggutinativ tillar sanaladi. Bu tillarda har qanday grammatik ma’no alohida qo’shimcha yordamida ifodalanadi. Qo’shimchalar asosan, o’zakdan keyin qo’shiladi. Masalan, qishloq+dosh+lar+im+ga.
Turkiy tillarga mansub bizgacha yetib kelgan yozma yodgorliklar V-VIII asrlarda yaratilgan O`rxun-Enasoy obidalaridir.Turkiy tillar ichida faqatgina o`zbek tili “o” lovchi til hisoblanadi. Bugungi kunda butun dunyo bo`yicha 25 mln dan ortiq, ba`zi manbalarda 40 milliondan ortiq kishi o`zbek tilida gaplashadi.
O`zbek tili davlat tili sifatida 1989-yil 21-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
1990-yil 19-fevralda 30 moddadan iborat “Davlat tili to`g`risida” Qonun qabul qilindi.
1995-yil 21-dekabrda bu qonunga o’zgartirish kiritildi, ya’ni 24 moddadan iborat yangi tahrirdagi “Davlat tili to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunning 1-moddasida Konstitutsiyaning 4-moddasida, ”O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir” deb yozilgan.
Adabiy til Adabiy til tarixan tarkib topgan, ma`lum me`yorlarga solingan, muayyan qonunlarga bo`ysinuvchi o`zbek xalqining barchasi uchun tushunarli bo`lgan tildir.Adabiy til bo`lishi uchun 3 omil talab etiladi: 1)yozuv bilan ta`minlangan; 2)qonun-qoidasi aniqlangan; 3)mutaxassislar tomonidan qayta ishlangan bo’lishi lozim.
Shevalar – ma`lum bir hududdagina qo`llanilib, faqat shu yerda yashovchilarga tushunarli bo`lgan so`zlardir. O`xshash shevalar yig`indisi lahja deyiladi.
O`zbek tili tarkibida 3 lahja mavjud: 1.Qarluq. 2.Qipchoq. 3.O`g`uz