Dunyo tillari va o’zbek tili. O`Zbek tili davlat tili sifatida. O`Zbek tilining taraqqiyot bosqichlari



Yüklə 35,43 Kb.
səhifə5/6
tarix10.06.2022
ölçüsü35,43 Kb.
#116820
1   2   3   4   5   6
Dunyo tillari va o’zbek tili. O`Zbek tili davlat tili sifatida.

2.Eski turkiy til.
X—XII asrlar qoraxoniylar davlati hukm surgan davrdir. Qoraxoniylar davlatida arab tili ilmiy va diniy til b o ‘Iib qoldi, fors-tojik tili rasmiy va adabiy til b o ‘Isa-da, turkiy tilda ham rasmiy hujjatlar tuzildi. Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osiyodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo’lgan til sanaladi. Mahmud Qoshg`ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha guruhlarini tasniflab, qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka asos soldi. Bu davrga mansub so`zlar: Ko`kramak - na’ra tortmoq, qirg`ilach - qaldirg`och, sandilach - sa’va, elig – hukmdor, sandug`ach – bulbul, bo`g`u – dono, ko`ni - to`g`ri, rost, haqqoniy, al – qizil, erdam – odob, qut - baxt, baraka, emgak – mehnat, uma – mehmon, erdamsiz – dangasa.
Devoni lug’otit turk”dan parcha: 1.”Emgak ekinda qolmas” Mehnat bekorga ketmas. 2. ”Uma kelsa, qut kelur” Mehmon kelsa, baraka keladi. 3.”Erdamsizdan qut chertilur” Dangasadan baxt ketadi. 4. ”Erdam boshi – til” Odob boshi – til. 5.Erik erni yag’lig’, ermagu bashu qanlig Tirishqoqning labi yog’lig’,erinchoq, dangasaning boshi qonlik. 6. ”O’kuz azaqi bo’lg’uncha,buzag’u bashi bo’lsa yik” Ho’kizning oyog’i bo’lguncha, buzoqning boshi bo’lgan yaxshiroq. 7. ”Kichikda qatig’lansa, ulg’azu sevnur” Yoshlikda mashaqqat cheksa,ulg’ayganda sevinadi.
3.Eski o`zbek adabiy tili. Eski o`zbek adabiy tilining asoschisi - Alisher Navoiy. U o’zbek tilini xazina deb bildi. Bu xazinani ilonlar va tikanlar o’rab turganini ta’kidladi. U eski o’zbek adabiy tilini ana shu “ilon” va “tikanlar”dan tozalab berdi. Eski o`zbek adabiy tili eng rivojlangan davr - XV asr.
O`zbekatamasi tarixda ilk bor Rashididdinning “Mo`g`ullar tarixi” asarida atoqli ot ma`nosida qo`llangan. Jaloliddin Manguberdining qo`shin boshliqlaridan birining ismi O`zbektoy bo`lgan. O`zbek so`zining “o`ziga bek”, “otlliq qo`shin”, “to`g`ri”, “sodda”, “insofli”, “odamoxun”, “dil tortar”, “suyukli”, “saxiy” kabi ma`nolari bor.
O’zbek atamasining shunga qadar turk, sart, chig’atoy kabi atamalar bilan ishlatilgan. Navoiy davri va Navoiygacha bo’lgan davrda o’zbek tili turk lafzi, turkiy til nomi bilan yuritilgan.

Yüklə 35,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin