Klinikasi. Yashirin davr 2—12 kun (ko‘pincha 3—8 kun) davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanadi. Kuchli et uvushib, mushaklarda og‘riq seziladi, tana harorati kasallikning 1-kun oxiri yoki 2-kunida 40°C gacha ko‘tariladi va 5—6 kun davomida yuqori ko‘rsatkichlarda saqlanadi. Tez orada umumiy belgilarga shilliq qavatlar zararlanishi belgilari qo‘shiladi (qattiq ovqatni chaynaganda og‘izda og‘riq, so‘lak oqishi, ko‘z qizarishi va siydik ajratishda og‘riqlar). Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida ko‘plab mayda pufakchalar paydo bo‘ladi, bular dastlab tiniq, so‘ngra loyqa sarg‘ish moddalar bilan to‘lgan bo‘ladi. 1—2 sutkadan keyin pufakchalar yoriladi, ularning o‘rnida yaralar (eroziyalar) paydo bo‘ladi. Ularning qirralari qizargan bo‘lib, tubi kulrang parda bilan qoplanadi. Bemor ta’sirchan bo‘lib qoladi, gaplasha olmaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati yallig‘langan (qizargan va shishgan) bo‘lib, ko‘p so‘lak ajraladi. Yaralar hosil bo‘lganda ovqatni maydalash va yutish yanada qiyin- lashadi. Toshmalar odatda tilga, tanglayga, milklarga, ba’zan burun, qin shilliq pardalariga, konyunktivaga, ayrim bemorlarda teriga, ayniqsa kaftga, panjalarga, boldir sohasiga va og‘iz atrofiga toshadi (48-rasm). Bolalarda oqsim o‘tkir gastroenterit chaqirishi mumkin. Bar- moqlararo burmalar va tirnoqlar atrofidagi teri zararlanadi. Tosh- malar toshishi bir haftacha davom etadi. Yangi toshmalar paydo bo‘lishi kasallikning bir necha oylar va hatto bir yilgacha cho‘zi- lishiga sabab bo‘ladi. Sog‘ayish boshlanishi bilan shilliq qavatlardagi yarali nuqsonlar epitelizatsiya bo‘la boshlaydi. Ko‘pchilik bemorlarda sog‘ayish davri 10—15 kun davom etadi. x kuzatilmaydi, faqat kamquvvat bemorlar va nimjon bolalarda ikkilamchi infeksiyalar qo‘shilishi tufayli