E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə167/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Tashxisi. Oqsimning klinik tash-

Oqsim kasalligida qator subyek- tiv belgilar kuzatilsada, umumiy qilib aytganda kasallik boshlangani- dan 15—20 kun keyin to‘la sog‘a- yish bilan yakunlanadi. O‘lim hollari
isi tipik kechgan vaqtda qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bunda epide­miologik ma’lumotlar va xarakterli klinik belgilar hisobga olinadi. Oqsim uchun kasallikning o‘tkir boshlanishi, og‘izda og‘riq paydo bo‘lishi, ayniqsa qattiq ovqatlarni chaynashda kuchayishi, og‘izdan ko‘p so‘lak oqishi, og‘iz shilliq pardalarida, tilda va qo‘l-oyoq barmoqlarining tirnoq atroflarida aftoz toshmalar bo‘lishi va pufakchalarning keyinchalik yaralarga aylanishi xarakterli belgilar hisoblanadi.
Oqsimda serologik reaksiyalar KBR va BGAR yordamida qo‘sha zardoblar bilan 6—8 kun oralig‘ida o‘tkaziladi.
Tashxis qo‘yishda biologik sinama katta ahamiyatga ega bo‘lib, bemordan olingan afta moddalari dengiz cho‘chqalari panjalari «yostiqchalari»ga surtiladi. Tajriba hayvonlarida oqsim virusi surtilgan joyda xarakterli aftoz elementlar vujudga keladi.
Davolash. Bemorlarga ovqat suyuq va yarim suyuq holda sutkasiga

  1. 5 mahal beriladi. Shuningdek, ko‘p suyuqlik ichish buyuriladi. Ovqatlanishdan oldin bemorga 0,1 g anestezin berish mumkin. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlari kuchli aftoz zararlanganda bemorni zond yordamida ovqatlantirishga to‘g‘ri keladi.

Ayniqsa og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Buning uchun og‘iz kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi, 3% li vodorod peroksid eritmasi, 0,25% li novokain eritmasi, moychechak yoki mavrak qaynatmasi bilan tez-tez chayib turiladi.
Aftalarga kortikosteroid preparatlarga ega bo‘lgan malhamlar (oksikort, prednizolon malhami) qo‘yiladi. Ko‘z zararlanganda ko‘zni 2% li bor kislota eritmasi bilan yuvilib, unga 15—30% li sulfatsil-natriy eritmasi tomiziladi hamda 1% li kortizon eritmasi qo‘llanadi. Og‘ir hollarda dezintoksikatsiya o‘tkaziladi, yurak-tomir
preparatlari, vitaminlar, og‘riq qoldiruvchi va antigistamin prepa- ratlar tayinlanadi.
Antibiotiklar foyda bermaydi. Ularni ikkilamchi infeksiyalar qo‘shilgandagina, ayniqsa, streptokokkli va stafilokokkli infek- siyalarda tayinlash mumkin.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin