Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


 Iste’molchilarning ehtiyojlari, istaklari va talabi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146
marketing

 
1.3. Iste’molchilarning ehtiyojlari, istaklari va talabi 
 
Ehtiyoj kishilarning moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ne’matlarga bo‘lgan barcha 
zaruriyatidir. Ehtiyojni qondirish qiyin, uni yuksalish qonunidan ma’lumki, ehtiyoj har 
doim yuksalib, rivojlanib boraveradi. Uni to‘liq qondirish qiyin. Ehtiyojni pul bilan 
qoplangan qismi talab deyiladi.
Ehtiyoj biror narsani tanlashdan avval his qilinishi lozim. Buning ma’nosi shuki, 
mantiqan qaraganda, biror narsani afzal ko‘rish samarali tanlash jarayonidan avval yuz 
beradi. Agar shaxs tafakkur jihatdan etuk va aqlli bo‘lsa, uning xulq-atvorini oldindan 
aytib berish mumkin bo‘ladi, chunki xulq-atvor oqilona hisob-kitobning natijasi 
bo‘ladi. 


22 
Ehtiyoj - individ shaxsining madaniy darajasiga asosan o‘ziga xos shaklga 
kirgan muhtojlikdir.
Ehtiyoj – bu marketingda tovarlarga va xizmatlarning ma’lum bir turiga bo‘lgan 
shaxs (individuum) yoki tashkilot tomonidan tushunib va anglab etilgan muhtojlik 
tushuniladi.
F. Kotler ehtiyojga “Hayot sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan va his qilinadigan 
qoniqmaslik holati” deb ta’rif bergan edi. Bu mohiyat jihatdan asliy ehtiyojga berilgan 
ta’rifdir. Insonlarning turmush tarzini belgilab beruvchi tendensiyalarning har biriga 
mos keladigan asliy ehtiyojni tasavvur qilish mumkin, bunda ushbu tendensiyalar soni 
cheklangandir. SHuning uchun asliy ehtiyojni inson tabiati belgilaydi, va binobarin, 
jamiyat yoki marketing tomonidan vujudga keltirmaydi, u talab yuzaga kelishdan avval 
ham yashirin yoki ifodalangan holda mavjud bo‘ladi. 
F. Kotler ehtiyojlar, istaklar va talab o‘rtasidagi tafovutlarni o‘rnatadi. Istaklar 
ehtiyojlarni chuqurroq qondirishning maxsus vositalaridir. Asliy ehtiyojlar barqaror va 
kam sonli bo‘ladi, istaklar esa ko‘p bo‘lib, o‘zgarib turadi, ularga ijtimoiy kuchlar doim 
ta’sir qilib turadi. Istaklar sotib olish qobiliyati va xohishi bilan mustahkamlansa
maxsus tovarlarga bo‘lgan potensial talablarga aylanib boradi. Kotlerning fikricha, 
marketing istak va talablarga ta’sir qilishga urinadi hamda tovarning o‘ziga jalb 
qiluvchi va arzon bo‘lishini ta’minlaydi. Marketing ehtiyojlarni hosil qilmaydi; ehtiyoj 
marketologlar paydo bo‘lishidan avval ham bor edi. 
F. Kotler marketing iste’molchining ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni muayyan 
rusumdagi avtomobil qondirishini aytib beradi. U ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni hosil 
qilmaydi, balki uni qondirish vositasini taklif qiladi deb ta’kidlagan. 
Ehtiyoj, istak va talabni ko‘pincha bir-biri bilan adashtirib yuborishadi, holbuki 
bu uch konsepsiya o‘rtasida jiddiy farqlar bor. Ammo marketingning ijtimoiy roli 
haqidagi bahsni yopishga bu tafovutlarning o‘zi kamlik qiladi. Ko‘rinib turibdiki
ehtiyojlar ilgaridan mavjud bo‘lsa-da, marketing ularga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Buning ustiga, xarid qilish qobiliyatining etarli bo‘lmaganligi uchun talabga aylantirib 
bo‘lmaydigan istaklarning hosil bo‘lishi iqtisodiyotdagi uzilishlar va emirishlarning 
muhim manbaidir. Marketing aynan shu narsa uchun bevosita javobgardir va aynan 


23 
shu narsa uni qo‘llashda cheklashlar qo‘yish zarurligini izohlaydi. Ehtiyojlarni bir 
necha turlarini ko‘rsatish mumkin. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin