Falsafa asoslari


səhifə160/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   221
Falsafa asoslari

Tayanch tushunchalar: 
axloq, odob, xulq, kategoriya, axloqiy 
m e’yorlar, tamoyillar, ezgulik, yovuzlik, yaxshilik, yomonlik, 
muhabbat, nafrat, burch, vijdon, or-nomus, hayotning ma’nosi, 
mardlik, ochiqko‘ngillilik, halollik, hasad, hayo, kamtarlik, mil- 
latparvarlik, insonparvarlik, adolat, muruvvat, qadriyat, vatan­
parvarlik.
Takrorlash uchun savollar:
1. Etika fanining tadqiqot doirasini izohlang.
2. Shaxs hayotida axloqiy me’yorlar qanday o‘rin tutadi?
3. Etika fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
1 Вернадский В.И. Начало и вечность жизни. — М.: Сов. Россия, 1989.
С. 186 - 187.
2 Лоренц К. Восемь смертных грехов цивилизованного чело-
вечества.//«Вопросы философии». № 3, 1992 — 42 с.
291


4. Etika boshqa qaysi ijtimoiy fanlar bilan aloqadorlikda ish 
olib boradi?
5. Etikaning asosiy kategoriyalari haqida ma’lumot bering.
14-mavzu. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari,
uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni
Nikoh — eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning
qonuniy va diniy jihatlari. 
Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy 
hodisa. Nikoh — erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixti- 
yoriy ittifoqi bolib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish 
organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi. Oila 
jamiyatning dastlabki bo‘g‘ini sanaladi va davlatning rivojlanishi- 
da muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada tug‘ilib, tarbiya 
topayotgan yosh avlod jamiyatning, davlatning ertangi kunini, 
istiqbolini belgilab beradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Preziden- 
ti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni 
qollab-quw atlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi 
faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
qarori oila mustahkamligini ta ’minlash, uning ijtimoiy vazifala- 
rini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oila­
ning farzandlar tarbiyasidagi nufuzini oshirishga ko‘maklashish 
hamda mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qad­
riyat sifatida e’tirof etish uchun asosiy poydevor bolib xizmat 
qiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 
yilligiga baglshlangan marosimdagi ma’ruzasida oilaning jamiyat 
taraqqiyotidagi nufuzi haqida: «Barchamizga ayonki, yurtimizda- 
gi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, 
hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida na­
moyon boladi, ro‘yobga chiqadi. Albatta, bu borada yurtimizda 
ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda o‘zining ijobiy natijasini 
bermoqda», — deb ta’kidlagan edilar.
Bir qancha respublika va xalqaro miqyosdagi normativ huqu- 
qiy hujjatlarda ona va bola huquqlari mustahkamlab qo‘yildi. 
Jumladan, respublikamiz konstitutsiyasining XIV bobi oilaga 
baglshlangan bolib, bu yerda oila va nikoh munosabatlari, ona-
292


lik va bolalik davlat tomonidan to‘la muhofaza qilingan. Qonun- 
ga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari — nikohga 
kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetgan- 
liklari. Bizda yigitlar uchun — 18, qizlar uchun — 17 nikoh yosh- 
lari qilib belgilangan.
1998-yili Oila kodeksini 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- 
lisi tomonidan tasdiqlanishi oila va nikoh masalalarini tartibga 
solishda va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bir 
so‘z bilan aytadigan bolsak oila va nikoh munosabatlari har doim 
davlatimiz himoyasida bolgan va davlatimiz siyosatining ustu­
vor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelingan. Yurtimizda oila 
va nikoh munosabatlari davlat qonun-qoidalari hamda avloddan 
avlodga o‘tib kelayotgan go‘zal an’analar asosida amalga oshirib 
kelinmoqda. Xususan, huquq sohasiga oid an’analar mustaqil­
lik davrida o‘tmish merosimizdagi va milliy mental xususiyatlar 
asosida tobora mukammallashtirilib, optimallashtirish choralari 
ishlab chiqilmoqda.
Mustaqil 0 ‘zbekistonning Konstitutsiyasida belgilangan oi- 
la-nikoh munosabatlariga oid qonun-qoidalar majmuyi davlat 
g‘amxo‘rligiga olinib, o‘zbek xalqining bu boradagi milliy va 
diniy qadriyatlarini ham nazarda tutgan holda «Mehnat kodeksi», 
«Oila kodeksi», «Fuqarolik va jinoyat kodeksi» hamda «Soglom 
avlod» kabi qonunlarida o‘z ifodasini topgan. Ularda oila-nikoh 
masalalariga m a’naviy jihatdan ham yondashilib qonun darajasiga 
ko‘tarilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 8-moddasida oila­
viy munosabatlarda urf-odat va an’analarga amal qilish to‘g‘risida 
alohida so‘z yuritiladi: «Qonun hujjatlarida oilaviy munosabat- 
larni tartibga solishga oid tegishli normalar bolm agan taqdirda, 
0 ‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bolm agan 
mahalliy urf-odat va an’analar qollaniladi1. Darhaqiqat, Kodeks- 
da davr sinovidan o‘tgan umuminsoniy qadriyatlar bilan etno- 
madaniy an’analar, o‘zbek xalqining mentaliteti o‘z ifodasini 
topgan. Ushbu milliy va diniy urf-odatlar, an’analar orasida

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin