Falsafa asoslari


səhifə173/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   221
Falsafa asoslari

Tayanch tushunchalar: 
oila, nikoh, munosabat, qonun, oila 
psixologiyasi, davlat, ota-ona, farzand, oila nomusi, yoshlar tarbi­
yasi, ma’naviy, axloqiy, ijobiy, salbiy, oqibat, oilaviy muhit, ta- 
moyil, psixdogiya, milliy, oila shartnomasi, kamolot, an’anaviy, 
noan’anaviy, tarbiya.
Takrorlash uchun savollar
1. Nikoh va uning mohiyatan axloqiy munosabat ekanini qan­
day asoslay olasiz?
2. Nikoh va muhabbatning o‘zaro munosabatlari haqida qan­
day fikrdasiz?
3. Oilaning ijtimoiy-ma’naviy muhit sifatidagi mohiyati.
4. Oila, jamoa va jamiyatdagi namunaviylik tamoyilining ax­
loqiy tarbiyaga ta’siri.
5. Nikoh va oilaga doir milliy qadriyatlar haqida gapiring.
6. Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma’naviy- 
axloqiy jihatlarini izohlang.
7. Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi 
o‘rni qanday?
308


15-mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar
Axloqiy madaniyat. 
Madaniyat taraqqiyoti tarixida inson 
madaniyati avvalo uning axloqiy madaniyati bilan belgilanganli- 
gini kuzatish mumkin. Modomiki, axloqiy madaniyatda madaniy 
taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, shu bilan birga, ayni uning 
o‘ziga xos xususiyatlari gavdalanar ekan, ularni madaniyat fal­
safasi negizida qarab chiqish mantiqan to‘g‘ri boladi. Axlo­
qiy madaniyat madaniyat turlari ichida keng qamrovliligi bilan 
ajralib turadi. Axloqiy madaniyat jamiyat a’zolari tomonidan ax­
loqiy tushuncha, tamoyil me’yorlar, ideallarni o‘zlashtirish aso­
sida axloqiy kamolotga yetishishdir. Axloqiy madaniyat shaxsning 
jamiyat axloqiy tajribalarini egallash va ulardan o‘z tajribalarida 
foydalanish, o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish singari 
jihatlarni qamrab oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining 
belgisi hisoblanadi hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani 
yuksaltirishga xizmat qiladi. Darhaqiqat, shaxsni mas’uliyatli, 
siyosiy jihatdan idrokli, axloqan pok va m a’naviy barkamol 
bolishida axloqiy madaniyatning ahamiyati katta bolib, u inson 
faoliyatining barcha soha va tarmoqlari bilan bogliqdir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin