Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə17/103
tarix15.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#130237
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103
falsafa majmua 2023 (1)

Rivojlanish falasafasi
Tayanch tushunchalar: Harakat, progrez, regrez, qonun, ayniyat qonuni, tafovud qonuni, qarama-qarshilik birligi qonuni, inkorni-inkor qonuni, kategoriya, yakkalik, xususiylik, umumiylik, sistema, struktura, element, mazmun va shakl, mohiyat va hodisa, imkoniyat-voqelik, bahona va shart, sabab va oqibat, metod, metodika, metodologiya, dialektika, metafizika, sofistika, eklektika, sinergetika. Shakllanish, o‘zgarish, rivojlanish va taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Kategoriya , «juft kategoriyalar», butun va bo`lak , struktura va element, alohidalik, xususiylik, umumiylik, sistema, struktura, element, mazmun va shakl, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik , Metod, metodika, metodologiya, Umumilmiy tadqiqot metodlari, Fanlararo tadqiqot metodlari, Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari, Ideografik metod, Proektiv metodlar, Biografik va avtobiografik metodlar, Hozirgi zamon metodologiyasi.

Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida, birinchi asosni, biron-bir konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik, tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o‘ynaydi.Ыuyida bu tamoyilla bilan tanishamiz.


Umumiy aloqadorlik tamoyili. Dunyo o‘ta rang-barang. Har bir ob’ekt ko‘p sonli xossalarga ega bo‘lib, ular boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa jarayonida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga kirishish orqali namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, har bir ob’ekt o‘zga ob’ektlar bilan qonuniy bog‘lanadi va bu ob’ektlar bilan o‘zaro ta’sirga kirishish jarayonida ishtirok etadi.
Aloqa. Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki ob’ektning o‘zaro aloqa jarayoni tushuniladi. Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida namoyon bo‘ladi.
O‘zaro aloqa. Real voqelikda har bir muayyan ob’ekt ko‘p sonli sababiy zanjirlarning murakkab «tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob’ektlardan ta’sirlanish bilan bir vaqtda o‘zi ham ularga aks (reaktiv) ta’sir ko‘rsatadi. «Tashqi» va «ichki» sababiy zanjirlar unda uyg‘unlashadi, kesishadi va tarmoqlanadi. Ular bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va bu o‘zaro aloqa ob’ektda yuz beruvchi barcha jarayonlarning negiziga aylanadi.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin