Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə28/103
tarix15.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#130237
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103
falsafa majmua 2023 (1)

Ongning bilish funksiyasi jamg‘arish funksiyasini belgilaydi. Bu funksiyaning mohiyati shu bilan belgilanadiki, bevosita, shaxsiy tajribadan olingan bilimlargina emas, balki zamondoshlar yoki o‘tmishdoshlardan olingan bilimlar ham inson xotirasida jamlanadi. Bu bilimlar zaruriyatga qarab aktuallashtiriladi, tiklanadi va ongning boshqa funksiyalarini amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Inson xotirasi qancha boy bo‘lsa, u optimal qaror qabul qilishi shuncha oson bo‘ladi.
Ongning aksiologik funksiyasi (baholash funksiyasi)da inson tashqi dunyo haqida ma’lumotlar olish bilan bir vaqtda ularni o‘z ehtiyojlari va manfaatlari nuqtai nazaridan baholaydi. Dunyoga qadriyat sifatida qarashning natijasi va maqsadi borliqni, dunyoning inson mayllari va ehtiyojlariga muvofiqlik darajasini, o‘z hayotining mazmunini anglab etish hisoblanadi. Tafakkur, bilish faoliyati asosan bilimni aniq ifodalash, mantiqiy sxemalarga rioya etish, ular bilan ish ko‘rishnigina talab qilsa, dunyoga qadriyat sifatida yondashish va uni anglab etish esa shaxsiy kuch-g‘ayrat, o‘y-mulohazalar va haqiqatni teran idrok etishni talab qiladi.
Ongning baholash funksiyasi bevosita maqsadni shakllantirish funksiyasiga o‘tadi. Maqsadga intiluvchanlik – bu ongning muhim xususiyati hisoblanuvchi sof insoniy qobiliyat. Maqsad – bu insonning o‘z predmetini topgan ideallashtirilgan ehtiyoji; bu faoliyat predmetining shunday bir sub’ektiv obraziki, uning ideal shaklida inson faoliyatining mo‘ljallangan natijasi namoyon bo‘ladi. Maqsadlar insoniyatning jami tajribasi negizida shakllantiriladi va ijtimoiy, axloqiy, estetik va boshqa xil ideallar ko‘rinishidagi oliy shakllar sari yuksaladi.
Ongning ijod funksiyasida insonning oliy imkoniyatlari namoyon bo‘ladi. Maqsadga intiluvchanlik, ya’ni inson o‘z harakatlarini «nima uchun» va «nimaga erishish yo‘lida» amalga oshirishini anglab etish har qanday ongli qilmishning zaruriy shartidir. Maqsadni ro‘yobga chiqarish muayyan vositalarni, ya’ni maqsadga erishish uchun yaratiladigan va shunga xizmat qiladigan vositalarni ishga solishni nazarda tutadi. Inson tabiatda mavjud buo‘lmagan narsalarni bunyod etadi. U butunlay yangi narsalarni va umuman yangi dunyoni yaratadi. Odamlar o‘zgartirgan, yaratgan narsalarning ko‘lami, shakllari va xossalari ularning ehtiyojlari, maqsadlari bilan belgilanadi; bu narsalarda inson niyati, uning g‘oyalari ro‘yobga chiqariladi.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin