Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023


Insonning sub’ektiv borlig‘ida muhim kichik struktura –



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə27/103
tarix15.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#130237
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103
falsafa majmua 2023 (1)

Insonning sub’ektiv borlig‘ida muhim kichik struktura – o‘zlikni anglash ham bor. Bu insonning o‘zini shaxs sifatida anglab etish, o‘zining mustaqil qarorlar qabul qilish va shu asosda odamlar va tabiat bilan ongli munosabatlarga kirishish, qabul qilingan qarorlar va harakatlar uchun javobgar bo‘lish qobiliyatini tushunish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, o‘zlikni anglash – bu o‘z-o‘ziga, o‘zining ma’naviy qiyofasiga, o‘z bilimlari, fikrlari, qiziqishlari, ideallari, xulq-atvor mo‘ljallari, harakatlari va shu kabilarga yaxlit baho berishdir. O‘zlikni anglash yordamida inson o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini ro‘yobga chiqaradi, o‘z-o‘ziga his qilishga qodir bo‘lgan fikrlovchi mavjudot sifatida baho berishni amalga oshiradi. Bu holda sub’ekt o‘z-o‘zini va o‘zining ongini bilish ob’ektiga aylantiradi. SHu tariqa inson o‘z-o‘ziga baho beradigan, shusiz hayotda o‘z o‘rnini belgilash va topishga qodir bo‘lmagan mavjudot sifatida namoyon bo‘ladi.
Faylasuflarning o‘zlikni anglashga sub’ektiv dunyoning alohida sohasi sifatida yondashishlari Suqrotdan, uning «O‘z-o‘zingni angla» deb nomlangan maksimasidan boshlangan. Falsafa dunyo va inson haqidagi alohida bilim sifatida shakllanishi jarayonida jonning faolligi, aqlning o‘z-o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabati haqida qarashlar vujudga kelgan. Platon fikriga ko‘ra, jon faoliyati – bu o‘zi bilan o‘zi suhbat xususiyatiga ega bo‘lgan ichki ishdir. Jon mulohaza yuritar ekan, o‘zi bilan o‘zi tinimsiz gaplashadi, savollar beradi, javoblar qaytaradi, tasdiqlaydi va e’tiroz bildiradi.
Ong tarkibiy elementlari bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va ongga inson hayoti uchun o‘ta muhim bo‘lgan bir qancha funksiyalarni ta’minlaydi.
Ongning birinchi funksiyasi bilish yoki aks ettirish, ya’ni insonni qurshagan voqelik haqida va uning o‘zi haqida bilimlar olishdir. Bilish faoliyati sifatida anglash jarayoni hissiy, obrazli bilishdan boshlanadi va abstrakt fikrlash sari yuksaladi. Hissiy (empirik) bilish bosqichida rang-barang ashyoviy material to‘planadi va keyinchalik u abstrakt fikrlash yo‘li bilan umumlashtiriladi. SHu tariqa ong eng muhim hodisalarning mohiyatini anglaydi va ular bo‘ysunuvchi ob’ektiv qonuniyatlarni aniqlaydi. Bilish funksiyasi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi, undan qolgan barcha funksiyalar kelib chiqadi. Mazkur funksiya faol, evristik xususiyat kasb etadi, ya’ni ong voqelikni ildamroq aks ettirish xususiyati bilan tavsiflanadi.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin