Filologiyasi fakulteti qarshiyeva feruza zafar qizi bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix06.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#122035
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
“mahbub ul-qulub” va “guliston” asarlaridagi aforizmlarning bmi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT 
DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI O‘ZBEK
FILOLOGIYASI FAKULTETI 
 
 
 
QARSHIYEVA FERUZA ZAFAR QIZI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI 
 
MAVZU: “Mahbub ul-qulub” va “Guliston” asarlaridagi aforizmlarning 
qiyosiy tahlili” 
 
 
Ilmiy rahbar: 
filologiya fanlari nomzdi, dotsent D.Yusupova 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent-2018 


 
 MUNDARIJA 
 
KIRISH…………………………………………………………... 
 
I BOB. ”MAHBUB UL-QULUB” ASARIDA AFORIZMLAR…………… 
1.1 Asarning tarkibiy tuzilishi va g’oyaviy mundarijasi………………… 
1.2 Asarda aforizmlarning o‘rni. 
 
II BOB. “GULISTON” – SHARQ PANDNOMA JANRINING NODIR 
NAMUNASI SIFATIDA……………………………………. 
2.1. “Guliston” asari kompozitsiyasi ……. 
2.2. Asardagi aforizmlarning g’oyaviy-badiiy xususiyatlari 
III 
BOB. 
AFORIZMLARNING 
MUSHTARAK 
VA 
FARQLI 
JIHATLARI 
3.1. Aforizmlardagi umumiy jihatlar 
3.2. Hikmatli so‘zlarning farqli jihatlari 
XULOSA………………………..……………………………... 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……… 
 
 


 
KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. Har bir davrning o‘z tarixi, o‘z qadriyatlari, butun 
umr asragan e’tiqodiy qarashlari bo‘ladi. Va bu qarashlar, albatta, tabiiy ravishda 
bu xalqning adabiyotida o‘z aksini topadi. Insoniyat yaratgan ma’naviy madaniyat 
yaxlit bir butunlikni tashkil qiladi. Din, falsafa, adabiyot, san’at va hokazo-
bularning hammasi shu muazzam daraxtning shoxlari, uning ildizi esa xalqning 
ijodi, dunyoqarashi va fikriy kashfiyotlaridir. Qaysi bir xalqning og‘zaki yoki 
yozma yodgorligini olib qaramaylik, unda bani bashar xotirasida saqlanib 
kelayotgan asotir va afsonalar bilan bir qatorda hikmatlar qaymog‘i- insoniy 
tafakkur tajribasining in’ikosini ko‘ramiz. Adabiyot ma’rifat bilan baqamti millatni 
kelajakka yetaklaydi. Har bir “jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar 
halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch- ma’rifatdir”.
1
Ma’rifatli bo‘lish uchun 
insondan nimalar talab etiladi?-Avvalo o‘z tarixi va adabiyotini bilish, albatta. 
Boisi olamning gultoji bo‘lgan inson faqatgina iymoni bilan emas,o‘tmishi va shu 
o‘tmishni akslantirgan adabiyotini bilishi bilan ham insondir. Zero, moziyni 
o‘rganish kelajakning porloqligini ta’minlash, degani. Shu o‘rinda O’zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-
yengilmas kuch” asaridan olingan ushbu parchani alohida ta’kidlash lozim: 
”Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi 
bo‘lib kelgan”.
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy jahon adabiyoti xazinasini o‘zining hassos 
she'riyati, buyuk “Xamsa”si, fan sohalarining turli tarmoqlariga bag‘ishlangan boy 
ilmiy merosi bilan boyitgan so‘z san'atkoridir. O‘z ijodiy merosida 26 mingdan 
ortiq lug‘at boyligidan foydalangan bu buyuk daho mana besh asrdan oshibdiki, 
asarlaridagi chuqur falsafiy mushohadakorlik, ma'no-mohiyatning keng ko‘lamligi 
va nazmiy merosidagi fasohat dengizining bepoyonligi bilan jahon ahlini hayratga 
solib keladi.Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida 
1
Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. 
– Т. : Шарқ, 1998. – Б. 7. 


yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma'naviy merosi umumjahon 
xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Mustaqil O‘zbekistonda Navoiyni anglash 
davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va 
uning markazi, O‘zbekiston Davlat mukofoti, O‘z RFA Til va adabiyot instituti, 
opera va balet akademik teatri, O‘zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand 
Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma'rifiy muassasalar, jamoa 
xo‘jaliklari ulug' shoir nomi bilan ataladi. 
Navoiy, nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun dunyo, Sharq-u G‘arb xalqlarini 
o‘ziga rom etgan shoir. U kishining asarlarini hamma birdek sevib o‘qiydi. 
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" 
asarida bu haqda shunday yozgan edilar: "O‘zbek xalqi ma'naviy dunyosining 
shakllanishida g‘oyat kuchli va samarali ta'sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan yana biri 
- bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy merosining 
boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo 
faxrlanib so‘z yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy 
madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy 
adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha'nu sharafini 
dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san'atkoridir. Ta'bir joiz bo‘lsa, olamda 
turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, 
Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e'tiqod bilan qaramasa"
2

Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy", "Devoni Foniy", "Nazm ul-javohir" kabi 
she'riy asarlari, "Xamsa", "Lison ut-tayr" kabi dostonlari, "Mahbub ul-qulub", 
"Tarixi muluki Ajam", "Tarixi anbiyo va hukamo", "Nasoyim ul- muhabbat" kabi 
asarlarida inson odobi, xulq-atvori, yaxshilik va yomonlik, vafo va xiyonat,
rostgo‘ylik va yolg‘onchilik, saxovat va baxillik, adolat va zulm kabi ko‘plab 
tushunchalar tasvirlab berilgan. Bu asarlardagi har bir mavzu yetuk, komil 
insonlarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Navoiy "Xamsa"si, "Lison ut-tayr", 
"Mahbub ul-qulub", "Tarixi anbiyo va hukamo", "Tarixi muluki Ajam" asarlarida 
2
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: "M'anaviyat", 2008. 47-bet. 


ko‘plab hikmatlar bor. Bu hikmatlarning barchasida buyuk mutafakkirning olam 
va odam, Yaratgan va yaratilmish, o‘lim va hayot bilan bog’liq qarashlari aks 
etadi. Ushbu hikmatlarning barchasini alohida-alohida o‘rganish, ularning 
manbalarini aniqlash, mavzularini yoritish, yoshlar tarbiyasidagi o‘rnini ko‘rsatish 
muhim ishlardan. Navoiyning hayotining so‘ngida yaratgan “Mahbub ul-
qulub”asari ana shunday hikmatlar majmuasi bo‘lib, uch qismdan iborat. Birinchi 
qismda insonlar xulq-atvorida uchraydigan yaxshi-yomon xislatlar va illatlar 
haqida fikr yuritiladi. Ikkinchi qismda tasavvufiy allomalar va ular hayoti bilan 
bog‘liq hikoyatlar uchraydi. Uchinchi qismda pand-nasihat ruhidagi127 ta 
tanbeh kiritilgan. 
Ushbu bitiruv malakaviy ishida “Mahbub ul-qulub”dagi aforizmlar, yani 
hikmatlarni o’rganish asosiy mavzu qilib olindi. Ushbu hikmatlarni buyuk Sharq 
mutafakkiri Sa’diy Sheroziyning ”Guliston” asaridagi aforizmlar bilan qiyosan 
o‘rganish adabiyotshunoslikda maxsus tadqiq obyekti bo’lmaganligi bitiruv 
malakaviy ishimiz mavzuining dolzarbligini belgilaydi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin