Fiskal instituti “Buxgalteriya va iqtisodiyot” fakulteti “Moliyaviy hisob” fanidan


Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot



Yüklə 37,97 Kb.
səhifə2/7
tarix11.05.2023
ölçüsü37,97 Kb.
#126719
1   2   3   4   5   6   7
Konsolidatsiyalashgan hisobot tuzishning asosiy tamoyillari va qoidalari

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot - (konsolidatsiya inglizcha consolidate - birlashtirmoq, mustahkamlamoq) hisobot sanasidagi moliyaviy ahvolni va xo’jalik yurituvchi jamiyatlar guruhining hisobot davri uchun moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi umumlashtirilgan ko’rsatkichlar tizimi hisoblanadi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot alohida moliyaviy hisobotlar, ya’ni xo’jalik yurituvchi jamiyatlar guruhi har bir a’zosining umumlashtirish lozim bo’lgan hisobotlarini umumlashtirish asosida tuziladi.
Bosh va shuba korxonalari guruhi hisobotining tavsifi mantiqan Bosh va shuba korxonalari guruhi mazmuni va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot maqsadidan kelib chiqadi. Chunki, konsernni mavjudligini aniqlovchi xususiyat Bosh korxonaning Bosh va shuba korxonalari guruhi jamiyatlarini muayyan darajada nazorat qilish imkoniyati hisoblanadi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning maqsadi Bosh va shuba korxonalari guruhining mulkiy va moliyaviy holati, shuningdek, uning faoliyati natijalarini alohida mustaqil iqtisodiy birlik, konsern misolida ko’rsatish hisoblanadi. Ushbu maqsadga muvofiq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tarkibi oddiy jamiyat hisobotiga muvofiq kelishi lozim. Shuning uchun u o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • Konsolidatsiyalashgan balans;

  • Moliyaviy natijalar to’g’risidagi konsolidatsiyalashgan hisobot;

  • Pul oqimlari to’g’risidagi konsolidatsiyalashgan hisobot; tushuntirish xati va izohlar.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning bunday tarkibi BHХSda ham belgilab qo’yilgan. Shuni ta’kidlash joizki, umlashtirilgan moliyaviy hisobot tarkibi muayyan mamlakatlar hususiyatlaridan kelib chiqqan holda ajratilishi mumkin. Masalan, Germaniyada AQShdan farqli o’laroq pul oqimlari to’g’risidagi konsolidatsiyalashgan hisobot asosiy tarkibiy qism hisoblanmaydi. Respublikamizda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda moliyaviy hisobot shakllarining barcha turlari to’ldiriladi. Bosh va shuba korxonalari guruhi hisobotining tarkibi Yevropa mamlakatlarida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishning umumiy qoidalarini aniqlaydigan YeIHning 7-yo’riqnomasiga muvofiq, o’z ichiga buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotni oladi hamda konsern moliyaviy holati to’g’risidagi hisobot bilan to’ldiriladi. Bunda bosh korxona tashabbus tarzida pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni qo’shimcha tuzishi, shuningdek, konsern moliyaviy hisobotini o’zaro bog’liq korxonalar boshqaruvi rahbariyatining ma’ruzasi bilan to’ldirilishi mumkin. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzishda birlashtirish ob’yektlari yoki birlashtirish doirasi ya’ni Bosh va shuba korxonalari guruhi hisobotiga kiritilishi lozim bo’lgan jamiyatlarni aniqlash ancha murakkab hisoblanadi.
Dastlab konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot 1866-yilda Cotton Oil Trust kompaniyasi tomonidan tayyorlangan edi. AQShdagi Price Waterhouse auditorlik firmasi vakili, ingliz buxgalteri Artur Dikinson umumlashtirish muallifi hisoblanadi. U mazkur kompaniya bosh buxgalteri V.Filbert bilan birgalikda o’zaro hamkorlik qiluvchi kompaniyalar yaxlitligiga doir iqtisodiy nazariyadan foydalangan holda umumlashtirish tartibini ishlab chiqdi. Yevropa mamlakatlarida umumlashtirish g’oyalari kechroq rivojlandi. Bu borada Gollandiya ancha ilg’or bo’lib chiqdi Mueller So firmasining konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti haqidagi dastlabki ma’lumot 1926-yilda qayd etilgan. Germaniyada 30-yillargacha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot deyarli qo’llanilmagan. Faqat 1965-yilga kelib, hisob yuritishda umumlashtirish majburiy deb e’lon qilindi. Ayni paytda u inglizcha-amerikacha amaliyotdan farq qilar edi va bu tafovut 1985 yilda YeIHning 7-sonli yo’riqnomasi bilan bartaraf etildi.

Yüklə 37,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin