Geodeziya va topografiya fanlari, ularning vazifalari va qisqacha rivojlanish tarixi. Yerning shakli, o‘lchamlari, geoid, ellipsoid va referens ellipsoid haqida tushuncha. Geodeziya



Yüklə 19,83 Kb.
səhifə2/2
tarix08.11.2023
ölçüsü19,83 Kb.
#131322
1   2
Geodeziya va topografiya fanlari

Geodeziyaning asosiy vazifasi - Yerning shakli va kattaligini, hamda gravitatsion maydonini aniqlash.
Geodeziyaning ilmiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Yer yuzasining gorizontal va vertikal harakati, qit’alar siljishi, okean, dengiz suv sathining bir-biridan farqi, “Yer qutbini” o‘zgarishini aniqlash;

  • Quyosh sistemasidagi planetalarning karta va planlarini tuzish;

  • Quyosh sistemasidagi planetalarni shakli va kattaligini aniqlash;

  • Yer va Quyosh sistemasini boshqa sistemalardagi nuqtalarini yagona koordinatalarini aniqlash;

  • tabiiy resurslarni o‘zlashtirishda geodezik ishlarni bajarish;

  • Mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirishda geodezik ishlarni bajarish.

Hozirgi vaqtda yer yuzasini topogrfik xaritasini tuzishda plan olishning turli metodlari qo‘llanadi. Topografik plan olishning ana shu metodlarini o‘rganish hamda plan olish ishini tashkil etish va bajarish topografiyaning asosiy vazifasidir.
Topografiyaning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • Yer yuzasining planini olish ishlarini tashkil qilish va plani olinayotgan hududni topografik jihatdan o‘rganish;

  • turli topografik asboblar bilan plan olish metodlarini o‘rganish;

  • joyning yerda turib olingan suratlarini qayta ishlash natijasida xarita va plan tuzish metodlarini o‘rganish hamda ularni bajarish;

  • aerofotosyomka materiallaridan foydalanib, topografik karta tuzish metodlarini o‘rganish va bu metodlar asosida topografik xaritalar tuzish;

  • plan olishda kartografik generalizatsiya metodlarini o‘rganish;

  • topografik xarita tuzishning barcha bosqichlarida uni tahrir qilish yo‘llarini o‘rganish;

  • topografik xaritalarning shartli belgilarini yanada takomillashtirish;

  • topografik xaritaga qo‘shimcha ravishda beriladigan topografik ocherklarning mazmunini tobora mukammallashtirib borishdan iboratdir.

Yerning shakli juda murakkab va o‘ziga xos xususiyatga ega. Yerning tabiiy yuzasi balandlik va chuqurlik, tog‘lik va tekislik, tizma tog‘ va vodiylardan iborat. Yerning tabiiy shaklini aniqlash juda qiyin. Yerning shakli deganda, uning tabiiy shakli e’tiborga olinmaydi, faqat uni matematik shakli tushuniladi. Ana shu matematik shakllardan yerning tabiiy shakliga eng yaqini geoiddir.
Geoid - okean suvi tinch turgan paytda sathi bo‘yicha okeanni quruq ostidan sathiy yuza o‘tkazilganda hosil bo‘ladigan yumaloq shakldir. Yer yuzasidagi har bir nuqtadan sathiy yuza o‘tkazish mumkin. Sathiy yuza o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uning barcha nuqtalarida shovun chizig‘i perpendikulyar yo‘nalgan bo‘ladi. Bu shakl yer shakli deb qabul qilingan. Yerning shakli deyilganda quruqlikdagi past-balandliklar e’tiborga olinmaydi. Chunki yer yuzining ko‘p qismi 71% ini okean va dengiz, oz qismi 29 % ini quruqlik tashkil etadi. Yerni geoid shakli tortish kuchi ta’siriga, tortish kuchi esa yer bag‘ridagi jinslarni joylashishi va zichligiga bog‘liq. Yerning ichki tuzilishi bir xil bo‘lsa, yer yuzasi silliq bo‘lardi. Yerning ichki qismi har xil jinslardan tashkil topganligi uchun geoid yuzasi to‘lqinsimon bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda ellipsoid o’lchamlari Yerning sun’iy yo’ldoshlari yordamida yanada aniqroq hisoblab chiqilgan.
1940 yili Butun jahon geodeziya va geografik ittifoqi (MSSG) ning XVII bosh assambleyasi referens-ellipsoid o’lchamlarini quyidagicha belgiladi: a = 6378137 m, α = 1 : 298,257.
Geoid o’rniga qabul qilinadigan ellipsoid markazi Yerning tortish kuchi markaziga, ekvator tekisligi Yer ekvatori tekisligiga, kichik (aylanish) o’qi yerning aylanish o’qiga to’g’ri (mos) kelib, hajmi geoid hajmiga mos kelishi kerak. Shu shart asosida qabul qilingan ellipsoid yuzasidan geoid yuzasining balandlik bo’yicha farqlari kvadratlarining yig’indisi minimum ham bo’lishi kerak. Yuqoridagi asoslarga binoan tanlangan elipsoid Yer tanasiga har taraflama yaxshi joylashishi kerakki, bu – ellipsoidni oriyentrlash deyiladi.
Yüklə 19,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin