Inkassalash (lat. incakkkare - yashikka solish) to’lov hujjatlarini ko’rsatib, u asosida pulni olish (inkassaga qarang).
Inkassator - sub’ektlardan pulni hujjatlar asosida qabul qilib, bankka topshiruvchi shaxs.
Imtiyoz - ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman ozod etish. Masalan, soliqlar bo’yicha beriladigan imtiyozlar hozirgi kunda respublikamizda xususiy korxonalar, hunarmandchilik bilan shug’ullanadigan shaxslar va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalarga belgilangan tartibda foyda solig’i to’lash bo’yicha imtiyozlar berilgan. Imtiyozlarning berilishdan asosiy maqsad shu sohalarni rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoyalash hisoblanadi.
Import - davlatning ichki bozoriga xorijdan, texnologiya va kapitallarni sotish va ulardan foydalanish uchun tovarlarning keltirilishi, shuningdek, xorijiy hamkorlardan ishlab chiqarish yoki iste’mol xarakteridagi xizmatlarning bepul olinishi.
Ipoteka - qarzdorning ko’chmas mulki bilan ta’minlangan, qarz majburiyatini aks ettiruvchi qimmatbaho qog’oz.
Ipoteka ssudasi - ko’chmas mulk garov asosida berilgan uzoq muddatli ssuda.
Ishlab chiqarish hisobi – ishlab chiqarish xarajatlari va korxona daromadini boshqarish, ishlab chiqarish rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlab beruvchi hisob turi.
Ishlab chiqarish dasturi – mahsulot ishlab chiqarish va sotishning yillik hajmi, nomenklaturasi, tovarlar va xizmatlar bozori talablari asosida sifat va muddatni tavsiflovchi kompleks reja.
Ishlab chiqarish dastagi (leverage, so’zmai-so’z tarjimada richag, dastak) – korxona foydasini samarali boshqarishning doimiy va o’zgaruvchan xarajatlari o’zaro mutanosibligiga asoslangan mexanizmi.
Ishlab chiqarish dastagi hajmiga ta’sir etuvchi omillar – o’zgaruvchan va doimiy xarajatlar summasi, sotish bahosi va hajmi, yuqoridagi omillar kombinatsiyasi.
Ishlab chiqarish (real) investitsiyasi – korxona faoliyatining muayyan sohasi va turiga, real kapital o’sishiga, ya’ni, ishlab chiqarish vositalari, aylanma mablag’lar qiymatining o’sishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini rivojlantirishga asosiy omil bo’luvchi xarajatlardir.