Ma’ruzachi: Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi L.Safarov
REJA:
1
Dasturiy vosita tushunchasi. Pedagogik dasturiy vositalar.
2
Pedagogik dasturiy vositalarning qo’llanilishi
3
Pedagogik dasturiy vositalar tasnifi: elektron darslik, elektron qo’llanma, elektron ensiklopediya, virtual laboratoriya
4
Pedagogik dasturiy vositalar guruhlari: namoyish etuvchi dasturlar, nazorat qiluvchi dasturlar, o’rgatuvchi dasturlar, modellashtiruvchi dasturlar
Dasturiy vosita tushunchasi. Pedagogik dasturiy vositalar.
Pedagogik dasturiy vosita Pedagogik dasturiy vositalar Bu muayyan fan sohasi yoki mavzuni u yoki bu о‘qitish texnologiyasidan foydalanib, faoliyatni har xilda amalga oshirishda shart-sharoit yaratib beradigan dasturiy vositadir.
Kompyuter texnologiyalari yordamida о‘quv jarayonini qо‘yilgan maqsadga erishish uchun qisman yoki tо‘liq avtomatlashtirishga mо‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi.
Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga о‘quv fani bо‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta'minot, qо‘shimcha va yordamchi vositalar kiradi.
Hozirgi paytda о‘quv jarayonida kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal tadbiq etish, ayniqsa, kompyuterda ishlash bilan boliq amaliy va laboratoriya mashulotlari jarayonida multimedia vositalari, zamonaviy kompyuterlar imkoniyatlari va internetdan foydalanish, interfaol mashqlar, vertual laboratoriya, topshiriqlar omboriga ega bо‘lgan pedagogik dasturiy ta’minotni yaratish texnologiyasini va undan о‘quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etishga asos bо‘lib xizmat qilmoqda.