Virtual o‘quv laboratoriyaning o‘zi esa faqatgina laboratoriya mashg‘ulotlarida emas, balki talabalarning kurs va diplom loyihalarida, o‘quv-tadqiqot ishlarida qo‘llanilishi mumkin
Virtual o‘quv laboratoriyaning o‘zi esa faqatgina laboratoriya mashg‘ulotlarida emas, balki talabalarning kurs va diplom loyihalarida, o‘quv-tadqiqot ishlarida qo‘llanilishi mumkin.
Bunda quyidagi tamoyillarga asoslangan maxsus didaktik interfeys, senariyli sxemalar yordam berishi mumkin:
•o‘rganish faoliyatini faollashtirish uchun musobaqalashish vaziyatlarini yaratish; •o‘quvchilarning bilish faoliyatini siklik, yopiq boshqarishni tashkil etish; • qiziqarli namunaviy yoki o‘rgatuvchi masala yoki masalalar to‘plamini tanlash.
Virtual laboratoriyaning afzalliklari:
1) interfaolligi;
2) maxsus laboratoriya xonalarga bog’liq bo’lmagan holda ishlatilishi (kompyuter bor joyda ishlatish imkoniyati);
3) o’quv muassasasida bajarish mumkin bo’lmagan yoki real vaqtda kuzatish mumkin bo’lmagan hollarda obyekt, jarayon va hodisalarning modellashtirilishi;
4) internetdan foydalanib, masofaviy ta’lim asosida topshiriqlarni amalga oshirish imkoniyati;
5) reaktivlar yetishmay qolganda;
6) hayot uchun xavfli bo’lgan moddalar bilan tajribalarni bajarishda;
Virtual laboratoriyaning kamchiliklari:
1) real tadqiqotlarni bajarmasligi;
2) moddiy ko’rgazmalilikni yo’qligi;
3) ma’lum bir qurilmalar bilan amaliy ishlash ko’nikmasining yo’qligi;
Ta’lim jarayonida virtual xonalardan foydalanish haqiqiy o‘quv xonalaridan foydalanishni butunlay chetlashtirmaydi. Lekin, bunday mashg‘ulotlarning elektron ko‘rinishi quyidagilarga imkon beradi:
Ta’lim jarayonida virtual xonalardan foydalanish haqiqiy o‘quv xonalaridan foydalanishni butunlay chetlashtirmaydi. Lekin, bunday mashg‘ulotlarning elektron ko‘rinishi quyidagilarga imkon beradi:
• talabalarning o‘quv ishlarida faolliklari va mustaqilliklarini oshiradi; • o‘quv materialining multimedia ko‘rinishidaligi bilan uni qabul qilishni osonlashtiradi; • har bir talabaning materialni o‘zlashtirishi bo‘yicha to‘liq nazoratni ta’minlaydi; • imtihon va reyting nazoratlari tayyorlanishda takrorlash va trening jarayonini osonlashtiradi;