8-mavzu: Oqova suvlarni tozalashning kimyoviy usullari. Oqova suvlarni kimyoviy tozalashga neytrallash, oksidlashva qaytarishusullari kiradi. Bu usullarni amalga oshirish uchun turli reagentlardan foydalaniladi. Shu sababli ham jarayonni olkazish qimmatga tushadi. Bu usullar erigan moddalarni ajratib olishda, suv ta’minotining yopiq tizimida ishlatiladi. Odatda kimyoviy tozalash usuli biologik tozalashdan oldin taxminiy tozalash sifatida yoki biologik tozalashdan so‘ng oqova suvni to ‘liq tozalash maqsadida o‘tkaziladi
9-mavzu: Oqova suvlarni tozalashning biokimyoviy usullar. Biokimyoviy tozalash usullari maishiy-xo‘jalik va sanoat oqova suvlarini erigan organik va anorganik moddalar (vodorod sulfid, sulfidlar, ammiak, nitritlar) dan tozalashda qoilaniladi. Tozalash jarayoni mikroorganizmlarning ushbu moddalarni o ‘z hayoti faoliyatida ozuqa sifatida foydalanishigaasoslangan, chunki organik moddalar mikroorganizmlar uchun uglerod manbayi hisoblanadi. Mikroorganizmlar organik moddalar bilan ta’sirlashib, ularni qisman parchalaydi, suv, uglerod dioksidi, nitrit, sulfat ionlari va boshqa moddalarga aylantiradi. Organik moddalarning qolgan qismi biomassa hosil qilishga sarflanadi. Organik moddalarning parchalanishi biokimyoviy oksidlanish deb ataladi.
10-mavzu: Oqova suvlarni tozalashning termik usullari Termik usullar yordamida tarkibida kalsiy, magniy va boshqa mineral tuzlar hamda organik birikmalar bo‘lgan oqova suvlar zararsizlantiriladi.
Bunday oqova suvlarni zararsizlantirish quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
— erigan moddalarni ajratish bilan oqova suvlarni konsentr
lash;
— katalizator ishtirokida organik moddalarni oksidlash;
— organik moddalarni suyuq fazada oksidlash;
— olovli zararsizlantirish.