Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə11/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Mavzu bo‘yicha savollar?

  1. Sharq mutafakkirlarining asarlaridan so‘z, nutq va nutq madaniyati haqida nimalar deyilgan?

  2. Pedagogik mahorat tushunchasiga ta’rif bering.

  3. O‘qituvchi mehnatining ob’ekti, subekti va tarbiya vositalari nima?

  4. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

  5. Pedagogik vaziyat va pedagogik vazifa nima?

2 – mavzu: Pedagogik fikrlar tarixi va maktab amaliyotida o‘qituvchi mahorati masalalari.
Reja:

        1. Eng qadimgi davrlardan eramizning VII asrlarigacha bo‘lgan davrlarda o‘qituvchi (murabbiy), shogird va ularning jamiyatdagi o‘rni, pedagogik faoliyat borasidagi ijtimoiy qarashlar.

        2. Sharq mutafakkirlari Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning ijodiy meroslarida mudarrislarni tanlash, ularga qo‘yiladigan talablar, ularning mahorati, muloqot va muomala madaniyati, munosabatga kirishish mahorati, ularni egallashga qo‘yiladigan talablar haqidagi ilg‘or fikrlar.

        3. Yunon va Rim faylasuflari Suqrot, Pluton (Aflotun), Demosfen, Aristotel (Arastu), Siseron va Kvintilianlarning asarlarida pedagoglar va ularning notiqlik san’ati to‘g‘risidagi g‘oyalari.

        4. A.Komenskiy, A.Disterverg, K.D. Ushinskiy va boshqalarning o‘qituvchi, uning kasbiy tayyorgarligi hamda pedagogik mahoratining ta’lim-tarbiya rivojidagi alohida o‘rni borasidagi qarashlar.

        5. Hozirgi zamon pedagogikasining ilmiy pedagogik texnologiyasi, uning mohiyati va tizimi haqida.

Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishda ancha takomillashgan mehnat qurollari yasashgach, undan urug‘chilik, qabilachilik davrlariga kelib, xo‘jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo‘lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimgi madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.


Ajdodlarimizning qadimiy madaniyatiga ta’lim-tarbiyaga oid boy merosi ham kiradi. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarining bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar adabiyot va san’at namunalari buning dalilidir.
Tadqiqotchilar tomonidan qayd etilgan ma’lumotlarga qaraganda, eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita etib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning “hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo‘lish namunasi” ifodalangan ma’naviy-madaniy yodgorliklari, qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” asarlari, Maxmud Qoshg‘ariyning “Devonu-lug‘atit turk”, Urxun-Enisey bitiklari va boshqa shu kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Bu yodgorliklar inson rivojlanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o‘ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa boshlashiga ta’sir etgan bo‘lsa, insonnning shakllana borishi ham, o‘z navbatida, insoniyat jamiyatining tarkib topa borishiga yordam bergan. Xullas, insonning o‘z-o‘zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan. Bu tarixiy jarayonni bilish inson tafakkurining qadimgi davrlardan boshlab bosqichma-bosqich rivojlanishi va shu bilan birga insonning ham tobora shakllanib borganligi haqida to‘la tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Ma’lumki, kishilar va kishilik jamiyati vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham inson sifatida takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, oddiy ixtirolarning takomillashib borishi, inson ongining shakllanib borishiga turtki bo‘ladi. Bu jarayonning ming-ming yillar davom etib, inson ongi shakllanishining asosi bo‘lgan xulq-odob qoidalari tarkib topgan.
Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu-umidlari, xislatlari qadimgi eposlarda, ulardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan, ruhga sig‘inish – onimizm, ajdodlar ruhiga sig‘inish – totemizm, sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar aks etgan afsonalar, rivoyatlarda eng qadimgi avlodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyatlar, afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, so‘g‘dlar, parfiyanlar yashagan davrlarga borib taqaladi.
Biz yuqorida keltirgan tarixiy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarda tadqiqotchilar, umuman, eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda uch asosiy manbaga tayanganligini ko‘ramiz:

  1. Xalq og‘zaki ijodi materiallari.

  2. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.

  3. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan oshyolar.

Ma’lumki, o‘tmishda kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodga mehnat ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga yordam bergan.
Pedagoglar, tarixchi pedagoglarning ko‘rsatishicha, kishilarning mehnat faoliyati yosh jihatidan uch guruhga bo‘lingan:

  1. Bolalar va o‘smirlar;

  2. Hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar;

  3. Keksalar.

Ibtidoiy jamiyat davrida bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita qo‘shilib, u hayot kechirish va mehnat qilishga o‘rgangan. O‘g‘il bolalar erkaklar bilan bajariladigan ov qilish, qurol yasash kabi ishlarni bajarsa, qizlar ayollar mehnati bilan tanishar edi. Bola ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng sinovlardan o‘tib, keyin amaliy faoliyatda ishtirok eta boshlaydi.
Urug‘chilik jamoasi bosqichida bolalar mehnati, kasb-hunarga intilishi faollashib bordi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o‘rgata boshlaydilar. Asta-sekin tarbiya tizimiga harbiy vatanparvarlik tarbiyasining boshlang‘ich turlari kirib kela boshlaydi.
Jamiyat taraqqiyoti bilan birga bolalarga dalalarni o‘lchash, suv toshqinlarining oldini olish, odamlarni davolash usullariga oid bilimlar berish ishlari avj oladi. Natijada maktablarga va yozuvga ehtiyoj sezila boshlaydi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgan harf bilan yozish usuli paydo bo‘ladi va tez tarqala boshlaydi.
Tadqiqotchilar eramizdan oldingi birinchi ming yillik o‘rtalarida oromiy yozuvi, Aleksandr Makedonskiy iste’losidan so‘ng esa Yunon yozuvi va shu bilan birga forsiy mixxat ham ma’lum vaqtlarda qo‘llanib kelinganini ta’kidlaydilar. O‘sha davrda Xorazm, So‘g‘d, Kushon, Rum(Urxun-Enisey), Uyg‘ur va boshqa yozuvlar paydo bo‘lgan va bu yuksalish ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki, inson ibtidoiy jamoa bo‘lib yashash tarzini asta-sekin rivojlantirib borib, jahon madaniyatida katta kashfiyotlar yaratdi. Chunonchi, Xitoyda qog‘ozning ixtiro qilinishi, Hindistonda hisoblash o‘nlik sistemasining paydo bo‘lishi, Mesopatamiyada yer kurrasini graduslarga sutkani soat, daqiqa va soniyalarga bo‘lishning joriy etilishi, Markaziy Osiyoda O‘rta dengiz bilan Hindistonni bog‘lovchi karvon yo‘lining vujudga kelishi, keyin Markaziy Osiyo orqali Xitoydan O‘rta dengizga “Buyuk ipak yo‘li”ning ochilishi kabi muhim voqealar madaniyatning taraqqiy etishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Demak, eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida biz yuqorida sanab o‘tgan, Yunon va Oromiy alifbosi asosida Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya yozuvlari shakllangan.
Eramizdan oldin taxminan 484 (480)-431 (425) yillarda yashagan Yunon tarixchisi Geradotning “Tarix” kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta’lim-tarbiyaviy qarashlariga oid muhim ma’lumotlar berilgan:
Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deydi olim, - shunga ko‘ra ular ko‘proq o‘g‘illarga ega bo‘lishdan faxrlanishgan. Podshoh ham kimning o‘g‘li ko‘p bo‘lsa, unga har yili sovg‘a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari, bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan. O‘g‘il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurish, kamondan otish, to‘g‘rilikka o‘rgatishgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko‘rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo‘lgan mabodo o‘g‘il vafot esa, otasining qayg‘urmasligi uchun shunday qilganlar.
O‘g‘il hech qachon ota-onasini behurmat qilmagan. Ular ota-onaga hurmatsizlikni nikohsiz tug‘ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb hisoblaganlar.
Undan tashqari,Gerodot forslar uchun yolg‘onchilik va qarzdor bo‘lish sharmandalik hisoblangan, deydi… yana ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo‘l yuvmaganlar. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar.
Gerodotning bu ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz farzandlarini jasoratli, o‘z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Erkaklargina emas, hatto ayollar ham jasorat ko‘rsatgani Yunon faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan. Masalan, Plutarx fors ayollari haqida gapirib, shunday voqeani keltiradi: Podshox Kir forslarni shoh Astiyak boshliq midiyaliklarga qarshi kurashga otlantirganda, ular jangda mag‘lub bo‘ladilar. Fors jangchilari shaharga qarab qocha boshlaydilar. Dushman ularni quvib shaharga bostirib kirishga yaqin qolganda ularga qarshi darvozadan ayollar chiqib keladilar va shunday xitob qiladilar: “Ey noinsof bandalar, qayoqqa qochmoqchisizlar? Endi siz dunyoga kelgan joyingizga qaytib yashirina olmaysiz-ku!”. Forslar ayollarning bu xayqirig‘idan ta’sirlanib, qaytib jangga tashlanadilar va dushmanni orqaga chekinishga majbur etadilar.
Bu voqeaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta’sis etadi: bu shaharga agar qaysi shoh qadam qo‘ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg‘a qilsin.
Yana shu Plutarxning yozishicha, Aleksandr yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy aholi urf-odatlarini aralashtirishga harakat qilgan. Shu maqsadda u o‘ttiz ming bolani ajratib olib, Yunon tili va harbiylik san’atini o‘rgatish uchun murabbiylar tayinlashga buyruq bergan.
Keyinchalik Yunon alifbosining bu yurtda qabul qilinishi, o‘sha davrda ko‘plab maktablar ochilgani hamda unda yerli aholi farzandlari ham o‘qitilganidan dalolat beradi. Yoki So‘g‘d yozma yodgorliklari orasida “Eski xatlar” nomi bilan yuritiladigan va V.B.Xayning tomonidan aniqlangan qimmatli manbalar bor. Bu xatlar eramizning boshlaridagi so‘g‘d yozuvi haqida ma’lumot beradi. “Eski xatlar” Dunxuan shahri(Sharqiy Turkiston) yaqinidagi savdo qishlog‘ida yashagan so‘g‘dlik tijorat savdo ahlining Samarqandga – o‘z ona yurtiga yozgan shaxsiy xatlaridir.
Imperator Yan Di(615-617)ning elchisi Vey Szi hisobotlarida ham Samarqandda ta’lim-tarbiya haqida ma’lumotlar mavjud. “Aholisi (Samarqandning demoqchi) - mohir savdogarlardir. O‘g‘il bola besh yoshga to‘lar ekan, unga savdo o‘rgata boshlaydilar; o‘qishni o‘rganishi bilan savdo ishlariga o‘rgata boshlaydilar”. Boshqa bir Xitoy tarixchisi Syuan-Szin esa Samarqand aholisining axloqiy va xulq-odob qoidalariga rioya etishdan boshqalarga o‘rnak bo‘lganligini aytib o‘tgan. Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o‘qitiladigan savdo maktablari bo‘lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va hunarga o‘rgatilganligi, ta’limdan maqsad bolalarni hayotga tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot beradi.
Shuning bilan birga eng qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz xalq og‘zaki ijodi namunalari - afsonalar, qahramonlik eposlari, qo‘shiqlari, maqol va iboralarda ham ko‘ramiz. Chunki xalq donishmandligining ko‘zgusi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari umumlashgandir.
Ayniqsa, ibtidoiy kishilarning tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlar, odatlari, munosabatlari, xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan sanalgan afsonalarda ifodalangan. Afsonalar qahramonlari yaxshilik uchun yomonlik bilan, nur uchun zulmat bilan kurash olib boradilar, yaxshilik va baxt saodat o‘lkalarini yaratadilar. Ular eng qadimgi yodgorliklar “Avesto”, Firdavsiyning “Shohnoma” asari orqali bizgacha yetib kelgan namunalardir.
Miflar asosida yaratilgan afsonalar qahramonlik eposlari uchun zamin tayyorladi. Bu qahramonlik eposlarida vatan va erkinlikka bo‘lgan muhabbat, o‘z yurti va jonajon qabilasi uchun jonini fido etish, shon-sharaf, or-nomus uchun kurash tuyg‘ulari ifodalanadi.
Bizgacha yetib kelgan epik rivoyatlarda ajdodlarimizning vatanparvarlik kurashi o‘z ifodasini topgan. Vatanni, xalqni sevish, or-nomus va do‘stlariga, vatandoshlariga sadoqat kabi insoniy tuyg‘ular, burch hissi vatanni va xalqi uchun o‘z jonini qurbon etish, har qanday mashaqqatlarga bardosh berish – ularning asosiy xislatlaridir.
Jasurlik, kuchlilik, mardlik – qadimiy kishilarda tarkib topishi zarur bo‘lgan fazilat sanalgan.
Ayniqsa, tarixiy shaxslar bilan bog‘liq rivoyatlar buning dalilidir. Chunki ularda muayyan shaxs faoliyati, donishmandligi, qahramonliklari, tarixiy shaxs ega bo‘lgan axloqiy fazilatlar: nazokat, aql-idrok, vafo va muhabbat, sadoqat, adolat, odamiylik kabilar ulug‘langan.
Eposlarda xotin-qizlarning fidoyiligi, jasorati, aql-idroki erkaklar bilan teng sharoitda faoliyat ko‘rsatganliklari ayniqsa yorqin ifodalangan.
Tarixdan ma’lumki dastlab Amudaryo asosiy tarmog‘i Uzbey orqali Kasbiy dengiziga quyilgan. Uning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlar Turon, chap qirg‘og‘idagi yerlar esa Eron deb yuritilgan. Eramizdan oldin axamoniylar, saklar va massaget qabilalariga ketma-ket hujum qilib turgan. Ana shu tarixiy voqealar sak va massagetlarning eposlarida o‘z ifodasini topgan.
Eron shohi Kir ko‘chmanchi sak, massaget qabilalariga qarshi mag‘lubiyatga uchraydi va 529 yilda halok bo‘ladi. Tarixchilar sak va massagetlar Kir va uning qo‘shinlarini avval o‘z xududlarining ancha ichkarisiga bostirib kirishiga imkon berib, keyin uning qo‘shinining katta qismini qirib tashlaganliklari haqida ma’lumot beradi.
Polienning “Harbiy hiylalar” asarida shunday rivoyat keltiriladi:
Saklarga qarshi Doro bosqinchilik yurishini boshlaydi. Qabila boshliqlari Saksfard, Omard, To‘marislar dushmanga qarshi chora ko‘rish yuzasidan maslahatlashib o‘tirganda yilqichi Shiroq kirib keladi va Eron qo‘shinini yo‘q qilish rejasini bayon qiladi; u o‘z jonidan kechib, o‘z rejasini amalga oshirishi kerak edi. Shuning uchun u saklar boshliqlaridan u halok bo‘lgandan so‘ng, uning bolalariga g‘amxo‘rlik qilishini so‘raydi. Ular rozi bo‘lgach yonidagi tig‘ini olib, o‘zining quloq burnini kesadi, badanlarini yaralaydi. So‘ng Doro qoshiga borib, o‘zini saklardan jabr ko‘rgan qilib ko‘rsatadi va saklardan o‘ch olish uchun ularga yordam berishga, Doro qo‘shinini faqat o‘zi biladigan so‘qmoq yo‘l bilan saklar qarorgohiga boshlab borishga eng muqaddas o‘t va suv nomidan qasamyod qiladi. Doro uning qasamyodiga ishonadi. Shiroq qo‘shinni boshlab ketadi. Etti kun o‘tganidan keyin Doro qo‘shini oziq-ovqatsiz, suvsiz qolib, cho‘lga qaytishga, na oldinga yurishga majoli qolmagan edi. Shoh yo‘l boshlovchini ushlashga buyuradi. Shiroq esa qah-qah otib kuladi va, “Men sizlarni ochlik va tashnalikda qoldirib, g‘alabaga erishdim, o‘z hamyurtlarimni boshidan kulfatni daf etishga muvaffaq bo‘ldim” - deydi. Shiroq halok bo‘ladi. Lekin o‘z qabilasini bosqinchilar hujumidan saqlab qoladi.Tasodifan yoqqan yomg‘ir tufayligina shoh lashkarining bir qismi jon saqlab qoladi va orqaga chekinadi.
Bu rivoyatdagi Shiroq vatanparvarlik va qahramonlik, o‘z yurtini benihoya sevuvchi timsoli sifatida ko‘z oldimizda gavdalanadi.
Gerodotning “Tarix” kitobida keltirilgan massagetlar hukmdori To‘maris va Eron shohi Kir haqidagi rivoyatlar ham o‘ziga xosdir.
Demak, xalqimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari,xulq-atvoriga oid xislatlari bu kabi rivoyatlarda, eng qadimgi epik yodgorliklarda, mif va afsonalar, “Avesto”, “Shohnoma” kabi asarlarda saqlanib, bizgacha yetib kelgan.
Qadimgi ajdodlarimiz insonda juda qadrlaydigan xislatlar jasurlik, adolat, sadoqat, insoniylik bo‘lgan. Bu xislatlar o‘z-o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilik, qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash insondagi bu xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo‘lgan.
Buni biz eng qadimgi kishilarning qo‘shiq va lirik she’rlarida ham ko‘ramiz. Bu qo‘shiq va lirik she’rlar XI asrda yashagan ulug‘ olim Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan.
Eramizdan oldingi minginchi yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mazmunidagi juda ko‘p afsonalar, rivoyatlar aytilgan bo‘lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”ga kiritilgan.
“Avesto”ning o‘zi kim tomonidan yaratilgani haqida turli taxminlar mavjud. Jumladan, sharqshunos olim E.E.Bertelsning fikricha, 1278 yilda Rayd-Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu degan kishi tomonidan yozilgan “Zardushtnoma” dostonida Avesto va Zendani Zardusht dunyoga keltirilganligi, uning tug‘ilgani va keyingi hayoti haqida kitob ekanligi bayon etiladi.
Quyida biz buyuk sharq mutafakkirlarining pedagogik mahoratga doir ayrim fikrlarni keltiramiz.
Buyuk mutafakkir Al-Xorazmiy “Al-jabr val muqobala”kn m nomli asarida pedagoglar faoliyatiga baho berib quyidagilarni yozgan edi: ulardan biri o‘zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o‘zib ketadi va o‘zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi, tabiat sirlarini ochadi, yo‘lini yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganini to‘playdigan odam bo‘lib, u o‘zidan avvalgilar haqida fikrda bo‘ladi, takabburlik qilmaydi va o‘zi qilgan ishdan mag‘rurlanmaydi”. Bu bilan olim pedagogning qiyin muammolarini oson qilib tushuntira olish, ijodkorlik kabi mahoratlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Abu Nasr Forobiy o‘zining “Baxt saodatga erishuv” nomli asarida ta’lim-tarbiya berish usulini ikki turga bo‘ladi:
Rag‘batlantirish va jazolash(majbur qilish). U mazkur usullarni izohlar ekan, o‘qituvchining pedagogik mahoratiga to‘xtalib o‘tadi: “Bolalar ustida turgan odam muallim bo‘lib, u tarbiya berishda turli tarbiya usullaridan foydalaniladi. Mana shundan ma’lum bo‘ldiki, hukumat va muallim har ikkovi bir yo‘lda, bolalar yoki xalqqa tarbiya beruvchilar ustoz va muallimlardir. Ulardan biri bolalarga mehribonlik va yaxshi so‘zlar bilan tarbiya bersa, ikkinchisi majburiy ravishda tarbiyalaydi”. Uningcha, pedagoglik kasbi bilan o‘zida 12 tug‘ma xislatni mujassamlashtirgan kishilar shug‘ullanishi lozim.

  1. Barcha organlari mukammal taraqqiy etgan;

  2. Barcha masalani tez va to‘g‘ri tushuna oladigan;

  3. Xotirasi kuchli bo‘lgan;

  4. Zehni o‘tkir bo‘lgan;

  5. Nutqi ravon bo‘lgan;

  6. Bilish va o‘qishga muhabbati kuchli bo‘lgan;

  7. Ko‘zi to‘q, pokiza bo‘lgan;

  8. Haqiqatparvar bo‘lgan;

  9. G‘urur va vijdonli bo‘lgan;

  10. Pulni sevmaydigan;

  11. Adolatli;

  12. Qat’iyatli, qo‘rqmas va jasur kishilar.

Shu bilan birga u “Ta’lim-tarbiya ahillari ham o‘z bilimlari darajasiga qarab” bir-biridan farq qilishlari, ortiq-kam bo‘lishlari, ba’zi birlarida kashf, ixtiro quvvati bo‘lmasligi, ba’zilarda esa bu quvvatning kamroq bo‘lishini ta’kidlaydi. Forobiy shogirdga nisbatan o‘ta qattiq yoki o‘ta yumshoq munosabatda bo‘lishning zararli ekanligini ham ta’kidlab o‘tadi. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiyaning tabiatga mosligi ta’lim-tarbiyada mo’tadillik prinsiplarini asoslagan buyuk pedagogdir. Beruniy insonni tabiatning bir qismi deb biladi. Tabiat va jamiyat ilmini o‘rganishda “O‘zini tekshirib ko‘rmaguncha ishonmayman degan” shiorga amal qiladi. U mohir pedagog sifatida pedagogik mahorat masalasida o‘zining qator tavsiyalarini ishlab chiqadi. “O‘qituvchini hamma narsaga o‘rgatish” san’ati, tabiatga moslik, bolalarning shaxsiy xususiyatini hisobga olish shular jumlasidandir. Beruniy: “Maqsad vaqtni cho‘zish emas, balki o‘quvchini zeriktirmaslik. Chunki doimo bir xil narsaga qarayverish malollik va sabrsizlikka olib keladi. O‘quvchi fandan fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘xshaydi. Birini ko‘rib ulgurmay boshqasi boshlanadi va o‘quvchi “Har bir yangi narsada o‘ziga yarasha lazzat bor” - deyilganidek, ularni ko‘rishga qiziqadi va ko‘zdan kechirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi. Xotiraga malol keladi”, deb yozgan edi.
Beruniy o‘qish jarayonida quruq yodlashni qoralaydi. U “Tushunish yodlashdan afzaldir”... “Kuzatishning ko‘pligi narsalarni eslab qolish qobiliyatini yaratadi”, deb o‘qitadi. U o‘zining “Osor al-boqiya” asarida “butun kuchimni yig‘ib bor imkoniyatni ishga solib, goh eshitish, goh ko‘rish va qiyos qilish orqali bilimim yetganicha u narsani bayon etishga bog‘ladim”, deb yozgan ekan. Har bir pedagogning ham ana shunday sifatlarga ega bo‘lishini orzu qiladi.
Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tadbiri manzil”, “Tib qonunlari” kabi asarlarida pedagogik mahoratga doir o‘z qarashlarini yozib qoldirgan. Masalan, u “Tadbiri manzil” asarida bolaga ta’lim berishni o‘qituvchining pokiza, adolatli, farosatli, sog‘lom, notiq va o‘z kasbining ustasi bo‘lishligini ta’kidlaydi. “Tib qonunlari” asarida esa o‘qituvchining nutq gigiyenasiga doir masalalarni bergan. “Uzoq muddat davomida qattiq tovush bilan baqirish juda xavflidir. Chunki baqirish havoni ko‘p miqdorda tashqariga chiqarishni talab qiladi(bularning har ikkisi ham xavflidir)”. “Ovozni yo‘qotmaslik, nafas olish organini ishdan chiqarmaslik uchun, avvalo o‘qishni past ovoz bilan, keyinchalik asta-sekin kuchaytirish lozim, lekin kuchli ovoz bilan o‘qish uzoq vaqt davom etmasli kerak”(316-bet)
Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarida o‘g‘il-qizga ta’lim-tarbiya beruvchining shaxsi haqida quyidagilarni yozadi:

    • murabbiyni yaxshi kishilardan olgin;

    • o‘g‘il-qiz pok o‘sadi (noma’qul ishlardan) farq turadi;

    • o‘g‘il-qizga bilim va odob o‘rgat;

    • ikki olam mulki, uning manfaati yetarli bo‘ladi;

    • o‘g‘ilga barcha san’at hunarini tugal o‘rgat;

    • bu san’at hunarlar bilan u mol-dunyo yig‘averadi(163-bet).

Burxoniddin Zarnudjiy(1150 y.) “O‘quvchiga ta’lim yo‘lida qo‘llanma” asarida bilimlarni tez va puxta o‘zlashtirish usullarini ishlab chiqdi, uningcha: “O‘rgatuvchilar hammasiga barcha fanlar orasidan eng muhimlarini tanlash vazifasi turadi,... bilimlarga bo‘lgan qiziqish shuni talab etadiki, u o‘qituvchiga va o‘rganayotgan faniga kitobiga nisbatan to‘la qanoatli bo‘lsa, toki muvaffaqqiyasizligini o‘zidan yiroqlashtirish, bilimning maxsus bo‘limiga nisbatan ham shunday ish tutmoq kerak”.
Bilimlarni chuqur o‘zlashtirishning olti sharti mavjud:

    • aql-farosat;

    • kuchli istak;

    • chidam;

    • oziq-ovqat;

    • o‘qituvchi ta’limi va bilim olishi uchun yetarli vaqt;

    • mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar muallimdan “bir o‘q-yoy” masofada o‘tirishsin, shunda o‘quvchining o‘z o‘qituvchisiga hurmati namoyon bo‘ladi... O‘qib o‘rganish uchun eng yaxshi vaqt – yoshlik davri, erta tong va qosh qoraygan payt. Bilim oluvchi ana shu vaqtni samarali tashkil etishga odatlantirilsin, bordi-yu unga bir fan zerikarli bo‘lsa, boshqasi bilan mashg‘ul bo‘lsin.

Eramizdan avvalgi V asr boshlarida Yunonistonda shakllana boshlagan notiqlik san’ati o‘sha davrdagi maktablarni tezda rivojlanib ketishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Davlat ishlarini boshqarishda, maktabda notiqlik mahoratiga ega bo‘lgan kishilargina faoliyat ko‘rsatganlar. Masalan, o‘qituvchi(notiq) sinf bilan mustahkam aloqada bo‘lganida, uning nutqi o‘quvichlarning, xalqning maqsadlarini ifoda etgandagina muvaffaqiyatlarga erisha oladi. Shuningdek, notiqlik nutqi sub’ektiv fazilatlari bilangina emas, balki nutq so‘zlanayotgan ob’ektiv shart sharoitlar bilan ham belgilanadi. Madaniy saviya, mavzuni chuqur bilish va yetarlicha nutq so‘zlash malakalari ham notiqning(o‘qituvchining) muvaffaqiyatga erishuvini ta’minlaydigan omildir.
Namunali notiq(o‘qituvchi) nutqi deyilganda ko‘p sonli tinglovchilarga qaratilib, til vositalarini sifatli va keng qo‘llash hamda ovoz balandligini aniq bir zaylda saqlashga, shuningdek maxsus sintaktik qurilishi kabilarni ta’minlashga qaratilgan nutq tushuniladi.
Mashhur olim Aflotunning shogirdi bo‘lgan Aristotel chiroyli so‘zlash, notiqlik maktablarini ochilishida bosh-qosh bo‘lgan notiqlardan biridir. Bu maktablarda so‘z san’ati ustalari etishib chiqadi. Aristotel ularga atab qo‘llanmalar yozadi. Shunday asarlaridan biri Aristotelning “Ritorika” asaridir.
“Ritorika” uch kitobdan iborat bo‘lib, uning birinchi va ikkinchi kitoblari asosan, chiroyli so‘zlash, ishontirish metodlari haqidagi fikr va mulohazalardan iborat bo‘lsa, uchinchi kitobida nutq madaniyatiga katta ahamiyat beriladi. Olimning fikricha, notiq (o‘qituvchi) tilidagi turli “qorishmalar”, ya’ni so‘zlarning noto‘g‘ri va noo‘rin talaffuz qilinishi, jumlaning mantiqan har xil tuzilishi so‘zlovchining(o‘qituvchining) katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asl fikrini ifoda etishga qaratilishi ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishini talab qiladi. U so‘zlovchining hissiyot bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning tinglovchi(o‘quvchi) qalbiga tez yetishida muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashqari, Aristotel notiqning(o‘qituvchining) hazil-mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinishga qarab o‘quvchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, shuningdek, ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, har xil epitet, chog‘ishtirish va metaforalarni qo‘llasa, nutqning ta’sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar ko‘payib ketib, o‘quvchining zeriktirib qo‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi.
Umrini ona Vatanining gullab yashnashiga bag‘ishlagan davlat arbobi va mashhur notiq Demosfen faoliyatida biz uchun pedagogik mahoratning e’tiborli tomoni shundaki, u hech qachon tayyorgarliksiz nutq so‘zlamas, oldindan o‘ziga matn yozib olardi, natijada uning nutqining har bir so‘zi puxta va jozibali, tinglovchini o‘ziga jalb etadigan bo‘lar edi.
Eramizdan avvalgi 103-43 yillarda Rimda yashagan Siseron yunon murabbiylari qo‘lida tahsil oladi. Notiqlikning sir asrorlarini mukammal o‘rganib, mashhur notiq bo‘lib yetishadi. Biz uning notiqlik faoliyatini ko‘zdan kechirar ekanmiz, shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, u notiqlarning turli mimika va harakatlar bilan so‘zlayotganini ko‘rib, notiq bo‘lish uchun aktyorlikdan ham xabardor bo‘lish kerak ekan degan fikrlari biz pedagoglar uchun ham xosligini aytib aytmoqchimiz. Uning aytishicha, kimki jo‘n narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida o‘rta darajada, ulug‘ hodisalar haqida zavq-shavq bilan gapirsa, shu odam so‘z san’atining chinakam ustasi bo‘lishini aytib o‘tadi.

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin