Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə65/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Tiflopedagogika (yunoncha typhlos – ko‘r) – ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish muammolarini o‘rganuvchi fan.


1 Sovran omaya ffloeofiya. Slovar i xrcstomatiya. - Rostov - don. Femks 1996. - 67 b.

2w Kiatkiy psixologicheskiy slovar. / Red - sost. L.A Karienko 1998. -318 b.

3v Refieksiyalash-ongoi o'z-o'ziga qaratish, o‘zinmgpsixiholaii haqida fikdash. Qar/под ред. И. Т. Фролова. 1986.410 с.

4 Kiatlciy psixologichesiiy slovar. / Red - sost. L AXarienko. 1998. -318 b.

5 Qanmg: Краткий психолошнесиш словар /Red - sost. LAKaipeoko; Pod obshchied A.VRetrovskogo, MG.Yaroehcvskogo. __ Rostov* -na - Donu.1998, -106, 137, 257. J-Piaje. Izbrannis psixologjcheekie tnufa. Psixologiya intellekta. Genezis chisla u rebenka. Logika i psixologiya. -M.1969; AALcoolcv. DeyatelnostSoznanie. Lichnost. -M 1975.
KASBIY PEDAGOGIK REFLEKSIYA



28chizma. O‘qituvchining kasbiy refleksiyasi asosida pedagogik mahoratining rivojlanishi.
O'z-o'zini bilish jarayoni o‘qituvchining pedagogik mahorati doirasida ma’lumotlarni qayd qilish darajasida kechadi, bunda refleksiyaning passiv shakli ustuvorlik qiladi. O‘qituvchi pedagogik faoliyatida yuzaga kelayotgan turli qiyinchiliklar va muammolarning sabablarini, erishilayotgan yutuqlar va natijalarni shunchaki qayd qilib boradi. O'z-оzini anglash jarayoni o‘qituvchining o'z faoliyati va unda o'ziga nisbatan “metapozitsiya”(noaniq pozitsiyada turib, o'ziga tashqaridan qarash, o'zini kuzatish malakasini ko'zda tutadi. Bunda, interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki omillarga o'tishi) hodisasi amalga oshadi, kasbiy qiyinchiliklaming kelib chiqish sabablari rasmiylashtiriladi; faoliyatdan ko’zlanadigan asosiy maqsad aniqlanadi refleksiv – “MEN” shakllanadi. Bu o‘qituvchining dolzarb rivojlanishi zonasi bilan bog'liq.
O'z-o'zini belgilash jarayonida boshlang'ich daraja kasbiy ehtiyojlarni hisobga olib belgilanadi va jadal imkoniyatlar asosida faoliyat rejalashtiriladi. Strategik, taktik va tezkor vazifalar shakllantiriladi. Haqiqiy “MEN” va ideal “MEN” nisbatlanadi21. Bu o‘qituvchining eng yaxshi rivojlanish darajasi22 bilan bog'liq.
O'z-o‘zini rivojlantirish jarayonida o‘qituvchining kasbiy faoliyat davomida takomillashtirilgan pedagogik mahorati, refleksivalangan (ya’ni avval foydalanilgan va ularning samaradorligini baholash natijasida tobora optimal bo'lib chiqqan metodlar) harakat usullari va metodlarini o'sishi sodir bo'ladi.
O'z-о‘zini nazorat qilish o‘qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida nazariy va amaliy tajribalar asosida, o'z-o'zini kasbiy jihatdan nazorat qilib, pedagogik mahoratini yanada takomillashtirib borishning ikkinchi shakli boshlanishini nazarda tutadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, refleksiya muammosi nafaqat pedagogika, psixologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarda, balki boshqa fanlarda ham o'rganiladi. Bu tushuncha talqiniga biz ta'lim rivojlanishining falsafiy konsepsiyasi (V.V.Krayevskiy, B.T. Lixachyov, Ya S.Turbovski va boshqalar.) g'oyalari nuqtai nazaridan yondashamiz. Bu holatda kishining dunyo, jamiyat, оzining bu dunyodagi о’rni haqidagi tobora umumiy, keng tushunchalarining pedagogik voqelik bilan aloqasi refleksiya predmeti sanaladi. Ta’kidlash joizki, dastlab ongda bilimlaming falsafiy refleksiya oqimidagi tahlili kechadi, keyin u pedagogik nazariya tarkibiga kiradi va uning bir qismiga aylanadi, so'ngra faoliyatni nazariy jihatdan anglashning boshlang'ich nuqtasi bo'lib qoladi. Shu tariqa inson o'z ongini, faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini egallashi va ularni maqsadli boshqarish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
G.Ananev, inson xarakterining shakllanish jarayonini tahlil qilib, refleksiv xossalar shaxsning boshqa sifatlariga qaraganda ancha kech shakllanishini aytadi. Uning fikricha: “inson hayoti davomida o'zaro munosabatlarnmg ко ‘plab obyektlari orqali о’tadi, natijada uning ongi o'z-o 'zini anglash obyektiga aylanadi. O'zining xulq-atvor subyekti sifatida ko'p marotaba anglash tajribasini to‘plash va unga munosabatlar, biz refleksiya deb ataydigan xarakterga aylanishi uchun, xulq- atvorda uni muntazam qo 'llash talab qilinadi».
Ushbu fikr kasbiy refleksiyaning rivojlanishi, buning natijasi o'laroq, shaxsning faoliyat xususiyatlari bilan balgilangan refleksiv qirralari shakllanishini ta’minlaydigan ma’lum sharoitlar,vaziyatlarni yaratish zaruriyati haqida xulosa qilish imkoniyatini beradi.Shunday qilib, olimlaming tadqiqotlariga tayanib, ta ’kidlash mumkinki, о‘qituvchining kasbiy pedagogik mahoratini rivojlantirish muammosini faqat uning kasbiy refleksiyasini takomillashtirish asosida hal qilish mumkin. Kasbiy pedagogik refleksiya na faqat kasbiy faoliyat, balki, bilim, ‘nikma va malakalaming о’sishini ta 'minlaydi hamda ushbu faoliyatni takomillashtirish asosi ham sanaladi.
Har qanday o‘qituvchi o'z-o'zini tarbiyalash va o'z-o'zini rivojlantirishga hatto juda kuchli intilishi bo'lsa ham o'zining shaxsiy rivojlanish dasturini maxsus malakalarsiz belgilay olmaydi, bu pedagogik faoliyatdagi muvaffaqiyatga erishish, o‘qituvchining o'z ustida ishlashga tayyorgarligi, uning o'z-o'zini tahlil qila olishi o'z-o'zini tashxislash qobiliyatining qanchalik shakllanganligi bilan bog'liq.




Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin