Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə26/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Pantomimika - bu gavda, qo‘l va oyoqlarning harakatidir. Mohir o‘qituvchi butun gavda va gavda a’zolari bilan bosh maqsadni, bilim berishni o‘z obrazi orqali o‘quvchiga yetkazadi. To‘g‘ri qaddi-qomat, to‘g‘ri talaffuz, o‘qituvchining o‘ziga ishonishidan, bilimidan darak beradi.
Egilib yurish, boshning pastligi, boshni egib yurish, qo‘llarning shalvirab turishi kishining ichki kuchsizligini, o‘ziga, o‘z kuchiga ishonchsizligini ko‘rsatadi.
Shuning uchun ham, o‘qituvchi eng avval darsda, o‘quvchilar oldida to‘g‘ri turishni o‘rganishi zarur. Oyoqlar orasida 12-15 sm, bir oyoq sal oldinga chiqarilgan holda turiladi. Xatti-harakat iloji boricha latofatli, go‘zal bo‘lishi kerak. Ammo, soxta, sun’iy harakatlarning keragi yo‘q.
Qaddi-qomat estetikasida ba’zi yomon odatlar juda xunuk ko‘rinadi: u yoqdan – bu yoqqa silkinib turish, bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa og‘irlikni tez-tez o‘tkazish, qo‘ldan ortiqcha narsa ushlab turish, boshni, qoshni, burnini artish, quloqni qashib turish va boshqalar pedagogik talablarga yot narsalardir.
Qo‘l harakatlari juda keskin juda katta bo‘lmasligi kerak. Iloji boricha qo‘l harakatlari yoqimli, tasdiqlash, inkorlash ma’nosida bo‘lib, aylanma shaklda bo‘lishi maqsadga muvofiq. O‘z o‘rnida qo’l harakati fikrimizni tasdiqlashga, uning ta’sirini oshirishga yordam beradi.
Uning imo-ishoralarida aniq, tushunarli ma’no bo‘lmog‘i lozim. Imo-ishoralar tasviriy va psixologik turlarga bo‘linadi. tasviriy ishoralar fikr yo’nalishini tasavvur etish, chizib berish uchun xizmat qiladi. Eng muhimi, psixologik testlar bo‘lib, ular his-hayajon, tuyg‘ularni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, o‘qituvchi to‘g‘ri javobning ma’noliligini boshini uch marta ohista pastga egish orqali, javobdan qoniqmaganligini esa boshini ikki tomonga “siyrak-siyrak” qilib chayqash orqali ifodalashi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, ishoralar aytilmoqchi bo‘lgan fikr to‘g‘risida oldindan ogoh etish uchun ishlatiladi, aytilgan fikrdan keyin ularni qo‘llashning foydasi yo‘q. O‘quvchilarga aytiladigan fikr ta’sirini oshirish uchun oldinga qarab yurish, ularga dam berish uchun esa orqaga qaytish lozim.
Salom berganda qo‘lni ko‘krakka qo‘yish va boshqa harakatlar boshqa kishilarga nisbatan hurmat belgisi ifodasidir.
Qaddi-qomatni to‘g‘ri tutishga turli jismoniy tarbiya mashqlari yordam beradi. Maxsus usullardan: devor oldida tik turish, butun tanani devorga yopishtirishga harakat qilish va boshqalardan foydalanish tavsiya etiladi. Eng muhimi, o‘qituvchining o‘z-o‘zini nazorat qilishidir. O‘qituvchi o‘zini o‘quvchining (yoki boshqa kishining) ko‘zi bilan ko‘ra olishi darkor.
Har doim o‘quvchilarga yuz tutib turish, sinf o‘quvchilaridan oldin ba’zan keyin yurish talab etiladi. Ayniqsa, muhim narsani aytmoqchi bo‘lganda oldinga bir ikki qadam tashlanadi. Ayrim hollarda o‘qituvchining orqaga chekinishi o‘quvchilarga dam berish(qisqa)ni bildiradi.
Mimika. Mimika bu his-tuyg‘ularni, fikrlarni, kayfiyatni yuz muskullari yordamida bera olish deb tushuniladi. Ba’zan boshqa kishilarga(o‘quvchilarga) murabbiyning yuz ifodasi uning so‘ziga qaraganda kuchliroq ta’sir etadi. Mimika va qiyofa so‘zning, nutqning, fikrning ta’sirchanligini oshiradi. Uning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini yengillashtiradi. Yuz harakatlari faqatgina o‘quv tarbiya maqsadda qo‘llanishi lozim. Yuz ifodasi butun qiyofa kabi o‘ziga ishonch, xayrixohlik, hukm, norozilik, xursandlik, faxrlanish, loqaydlik, qiziquvchanlik, halollik kabilarni ifodalay olishi lozim. Bolalar o‘qituvchining kayfiyatini, o‘qituvchining tashqi qiyofasidan bilib oladilar. Shuning uchun zarur vaqtda o‘qituvchi his-tuyg‘usini yashira olishi kerak. Uyda, ro‘zg‘ordagi tashvish, oila kayfiyatini sinfga olib kirmasligi kerak. Yuzda insonning kayfiyatini ifoda etuvchi eng muhim a’zolar ko‘z va qoshdir. Ushbu ikki a’zo yordamida juda ko‘p fikrlarni kayfiyatni bildirish mumkin. Qiziqish, norozilik, hayron qolish, xursandchilik, ishonch, ishonchsizlik, hurmat, mazax qilish va shunga o‘xshagan his-tuyg‘ularni ko‘pchiligini yuz bilan – mimik harakatlar bilan ifoda etish mumkin. Qoshning yuqoriga ko‘tarilishi hayratlanishni, chimirilishi diqqatni to‘plashni, qimirlatmasdan turish – xotirjamlikni, loqaydlikni, tez harakatga kelishi tang qolishni ifodalaydi. Ko‘z kishining eng ta’sirchan organi hisoblanadi. O‘qituvchi o‘z yuz tuzilishining imkoniyatlarini yaxshilab o‘rganib chiqishi lozim. U har bir hodisaga nisbatan o‘z ko‘z qarashlari bilan o‘zining ijobiy-salbiy, betaraf munosabatini ifodalay bilishi lozim. Uning ko‘zi “olma kesak” termasligi yoki “baliq ko‘z” bo‘lmasligi lozim.
K.I.Stanislavskiy “Ko‘zning ma’nosizligi – qalbning bo‘shlig‘i” degan edi. Bu borada mashhur yozuvchi L.Tolstoyning qimmatbaho psixologik fikrlari diqqatga sazovordir. Muallif “Ko‘zlar borki, o‘yib olar, ko‘zlar borki, yeyman der, ko‘zlar borki kulib turib yig‘lar, ko‘zlar borki, yig‘lab turib kular...”. Muammoga oid neyropsixolog Gans Sale (stress nazariyasining ijodkori) o‘z laboratoriyasiga ishchi ilmiy xodimlarni ko‘ziga qarab ishga qabul qilar ekan. Rostdan ham insonning qalbi uning ko‘zida ko‘pincha namoyon bo‘ladi. Xursandchilikda – ko‘zlardan xursandchilik porlaydi, ko‘p gapiradi, yordam berishga tayyor bo’ladi. Qo‘rquvda – ko‘z katta ochilgan, qoshlar yuqoriga ko‘tarilgan, ovozi titragan va hokazolarda seziladi.
Ko‘z o‘quvchilarga qaragan bo‘lishi kerak, polga, shipga, tashqariga qaramasligi kerak. Hamma o‘quvchilarni nazardan qochirmaslik kerak.

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin