Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə25/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Didaktik malaka deb, o‘qituvchining bilim va malakalarni eng samarador metodlar va vositalar bian o‘quvchilarga etkazishi tushuniladi.

  1. Tashkilotchilik malakasi: o‘qituvchining sinf jamoasi, uning tarkibi, dinamikasi, sinf liderlari va past mavqedagilarni bilishi, shu ma’lumotlarni e’tiborga olib sinfni mohirlik bilan boshqarishi.

  2. Konstruktiv malaka: dars va darsdan tashqaridagi jarayonni mohirlik bilan tashkil eta olish. Darsda o‘quvchilarga bilim va malakalar berishning eng oson va qulay yo‘llarini topa olish.

  3. Kommunikativ malaka: dars va darsdan tashqari jarayonda o‘quvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘qituvchi muloqotini ijobiy tashkil eta olish. Pedagogik muloqot yordamida o‘quvchilarga zarur bilim va malakalarni bera olish qobiliyati.

Yosh o‘qituvchi qanday xatolarga yo‘l qo‘yadi?
Ko‘pincha yosh o‘qituvchilarning faoliyatini tekshirish quyidagi o‘ziga xos kamchiliklarni aniqlashga imkon beradi.
Yosh o‘qituvchilar, ota-onalar bilan bemalol, «yurakdan» gaplashishga qiynaladilar. Ular o‘zlarini yo o‘ta talabchan, yoki o‘ta bo‘sh tutadilar.
Ayniqsa, o‘z nutqi, ovozidan ko‘proq bezovta bo‘ladilar, ba’zilar ortiqcha keraksiz harakatlar qilishadi yoki doska oldiga borib turishadi. Ko‘pchilik yosh o‘qituvchilar qo‘llarini qayerga yashirishni bilmasdan, noqulay ahvolga tushib qoladilar. Shuningdek, qaddi-qomatga ham e’tiborlari kam. Ba’zilari bukchaygan holda boshlarini yerdan ko‘tarmaydilar. Qo‘llari besaranjom yoki qo‘lida biror narsa bilan shug‘ullanganday bo‘ladilar. Ulardagi eng asosiy kamchilik nutq bilan bog‘liq bo‘lib, ovozlari jonsiz, bir xilda, ifodali o‘qish va gapirish malakasining yo‘qligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, diksiyaning aniq emasligi (talaffuzning aniq emasligi, ovoz o‘ta past yoki o‘ta yuqoriligi) kabi kamchiliklar o‘qituvchiga dars jarayonida o‘quvchilarga samarador ta’sirni bir muncha kamaytiradi.
O‘qituvchining tashqi ko‘rinishi estetik ta’sirchan, yuqori didli bo‘lishi kerak. Tashqi ko‘rinishga beparvo bo‘lish ham, o‘ta diqqatni qaratish ham yaxshi emas.
O‘qituvchining sochi, kostyumi, taqinchoqlari va umuman kiyimlari yagona maqsadga yo‘naltirilgan – ya’ni o‘quvchilar shaxsining shakllanishiga samarali ta’sir eta olishidir. Taqinchoqlar va kosmetikadan foydalanishda ham me’yordan chiqmaslik kerak.
O‘qituvchining qiyofasi, uning yuz ko‘rinishi, harakatlari, qaddi-qomatini tutishi, chiroyli yurishi va boshqalar ta’lim-tarbiyada muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchi doska oldida ortiqcha, bachkana qiliqlar qilishi, ortiqcha kulish, keraksiz harakatlar qilish maqsadga muvofiq emas. O‘quvchilar sizni sinfga qanday kirganingiz, o‘z qiyofangiz, salomlashishingizdan sizga baho beradilar. O‘ziga ishonchlilik, osoyishtalik va erkin harakatlar, ochiq ko’ngillik sizning hissiy ta’siringizni oshiradi.
Yosh o‘qituvchining o‘ziga ishonchsizligi, sinfdan qo‘rqishi, uning butun ichki va tashqi holatiga ta’sir etib, ovozini bo‘g‘ib qo‘yishi, oyoq va qo‘llarining kuchsizlanib qolishi (“shalvirab qoldi” deyishadi) ruhiy holatiga (ko‘rinishdan qo‘rqish) ta’sir etib, salbiy natijalarni keltirib chiqarishi mumkin.
O‘z-o‘zini boshqarishni o‘rganish, yuqorida keltirilgan salbiy holatlarning bartaraf etilishiga yordam beradi.
O‘z-o‘zini boshqarishning quyidagi turlari mavjud:
a) o‘z-o‘ziga ishonch, optimizm;
b) o‘z xatti-harakatini nazorat eta olish (muskullarning zo‘riqishga va o‘ta bo‘shashining oldin olishga erishish, harakatlari bir tempda, nutqda nafas olishlari).
v) pedagogik zo‘riqishni yengillashtiruvchi mashqlar (mehnat, musiqa, kitob, hazil-mutoyiba, har xil o‘yinlar orqali).
g) o‘z-o‘zini ishontirish (autogen mashqlar).
Bu borada V.A.Suxomlinskiyning ba’zi maslahatlaridan ham foydalanish mumkin.
Sinfga qovoq osig‘liq holda kirmaslik zarur, ayniqsa kichik sinflarda o‘quvchilar bilan hazil-mutoyiba qilish, ularga dalda berish lozim. O‘quvchining va o‘zining kelajagiga ishonish. Yosh o‘qituvchilarga dars oldidan, o‘zidagi ishonchsizlikni, hayajonni yo‘qotish uchun relaksasiya seansi o‘tkazilib, jismoniy va ruhiy bo‘shashishga erishish mumkin. Bu autogen mashqlar deyiladi. Buning uchun tinch joyni tanlab, kucher (aravakash) shaklida o‘tiriladi va maxsus tuzilgan formula yordamida qo‘l-oyoqlarga, muskullarga ruhiy ishontirish bilan iliqlik va og‘irlik yuboriladi. Muskullar bo‘shashtiriladi va tinchlantiriladi o‘z-o‘zini tinchlantirishga tayyorlanilgandan so‘ng quyidagi formulani ichida takrorlanadi.
“Men tinchman. Men bugun darslarni o‘zimga ishongan holda va muvaffaqiyatli o‘taman. Bolalar qiziqib eshitadilar. Darsda o‘zlarini erkin sezadilar. Men darsga yaxshi tayyorlandim. Dars qiziqarli bo‘ladi. Darsni men yaxshi o‘taman. Bolalar darsimga qiziqib quloq soladilar. Parvardigor menga kuch va iroda bergan. Men o‘zimning jismim va ruhimni boshqara olaman. Kayfiyatim yaxshi. Dars berish qiziqarli. Dars berishni sevaman. O‘quvchilar meni hurmat qiladilar va mening hamma talablarimni bajaradilar. Men dars berishni jon dilimdan sevaman.”

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin