Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə50/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Rejalashtirishda o‘quvchilarni o‘tkaziladigan tadbirga qiziqtirish va o‘quvchilarda motivlar hosil qilinadi. Tarbiyachi pedagog o‘quvchilar bilan birgalikda tadbirning dastlabki rejasini ishlab chiqadi.
O‘tkaziladigan tadbirning har qismiga aniqlik kiritilib, unga javobgar o‘quvchilar tayinlanadi.
Bu sohada pedagogga rejissorlik, aktyorlik mahorati kerak bo‘ladi. Tadbirning yakuniy rejasida: Kimlar? Qachon? Qayerda? Qanday? Tarzdagi savollarga javob beriladi.
O‘tkazish bosqichida asosiy ish kichik guruhchalarda boshqariladi. Har bir soha uchun javobgar o‘quvchilar orasida o‘zaro til topish, kelishuv va moslik mavjudligi tadbirning samaradorligini ta’minlaydi. Bunday psixologik muhitni tashkil etish esa o‘quvchining, tarbiyachining mahoratiga bog‘liq. Tadbir jarayonida o‘quvchilar orasida o‘zaro yordam, musobaqa, qoloqlarga yordam, ilg‘orlarni rag‘batlantirish o‘quvchilarning faolligini oshiradi.
Yakun va tahlil qilish bosqichida jamoa bilan birgalikda tadbir natijalari muhokama qilinadi. Har bir qatnashchining mehnatini alohida qayd etiladi va rag‘batlantirish ishlari olib boriladi. Aks holda, undan keyingi tadbirlar muvaffaqiyatsiz chiqishi mumkin.
Tarbiyachining asosiy vazifasi o‘quvchilar orasida ijobiy, ruhiy muhitni tashkil eta olishdir. Hamkor, do‘stona jamoani tashkil etish tarbiyachining mahorat-san’atiga bog‘liq.
Mohir tarbiyachilar har bir o‘quvchiga jamoada alohida vazifa va topshiriqlar beradilar. Vaqti-vaqti bilan har bir o‘quvchining o‘z vazifasini qanchalik bajarayotganligi birgalikda tahlil etiladi.
Tarbiyachi guruhdagi mikroguruhlarni, rasmiy va norasmiy liderlarni, yulduzlarni, “yakkalanib qolgan” o‘quvchilarni bilishlari zarur. Ayniqsa, guruhchalar, guruhlar va alohida o‘quvchilar orasidagi munosabatlarni yaxshi bilishlari muhimdir. Tarbiyachi guruhdagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan quyidagi qarama-qarshiliklarni ham bilishi kerak:

    • guruhdagi rasmiy shaxslar va guruh o‘rtasida (uning ayrim a’zolari o‘rtasidagi ham) qarama-qarshiliklarni aniqlash.

    • rasmiy maqsad (M: shanbalik o‘tkazish va boshqalar) bilan ayrim o‘quvchilarda, ba’zan ko‘pchilik o‘quvchilardagi maqsadning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi. (O‘qituvchining maksadi sinfni o‘zlashtirishda yuqori darajaga ko‘tarish, o‘quvchilarning maqsadi esa o‘yin, vaqti hushlik va boshqalar) Oliy o‘quv yurtlaridagi ba’zi o‘quvchilarga o‘qishdan asosiy maqsad – diplom olish bo‘lib, bilim egallash unchalik ahamiyatli emas.

    • O‘quvchi irodasining bo‘shligi va tarbiyachining talabchanligi.

Bu qarama-qarshiliklarni yo‘qotish yoki kamaytirish tarbiyachining shaxsiy sifatlari, pedagogik mahorati va kasbiy bilimlariga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Ayniqsa, guruhdagi tengdoshlari bilan munosabatlari yomon o‘quvchilarni jamoaga qo‘shish uchun quyidagi ishlar o‘tkaziladi:

    • guruhdagi do‘stlik, hamkorlik munosabatlarini tashkil etish;

    • har bir o‘quvchining jamoadagi o‘rni, mavqeyi, boshqalar bilan munosabatlarini o‘rganish;

    • o‘quvchilarni bir-birlariga yaqinlashtiradigan har xil tadbirlar, sayohatlar, kechalar, o‘yinlar tashkil etish;

    • barcha o‘quvchilar bilan bir xil munosabatda bo‘lish, ularni bir xil baholash;

    • o‘quvchining oilasidagi muhit va munosabatlarni o‘rganish.

Tarbiyachi har bir tadbirni o‘tkazish jarayonida har bir o‘quvchiga individual yondoshadi. Kimgadir buyruq beradi, kimgadir maslahat, kimgadir iltimos qiladi. Tadqiqotchilarning ko‘rsatishlaricha, tarbiyachi o‘quvchilarga to‘rt xil shaklda yondoshar ekanlar. Bular quyidagilar:


  1. Yüklə 411,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin