Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə49/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Dars – munozara. Bunday darslarni tashkil etishdan oldin munozara mavzusi, yo‘nalishi o‘quvchilarga e’lon qilinadi. Shu sohada o‘qish zarur bo‘lgan ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan ishlash haqida maslahat beriladi.

Dars jarayonida uyatchan, kamgap, sust o‘quvchilarni doimo savollar berish, ularni fikrini so‘rash bilan faollashtirib turiladi. Dars jarayonida muhokama qilinayotgan mavzudan chetga chiqib ketmaslik uchun, o‘qituvchi munozaraning borishini o‘quvchilarga sezdirmagan holda boshqarib turadi.

  1. Dars – sayohat. Dars – sayohat oldindan tuzilgan reja asosida o‘tkaziladi va bu darsga katta tayyorgarlik ishlari talab qilinadi.

Bordi-yu o‘qituvchi “O‘zbekistonning - o‘rmonlari” mavzusida sayohat tashkil qilmoqchi bo‘lsa, u oldin o‘quvchilarga o‘rmonlar haqida, ulardagi ekologik ahvol, daraxt va o‘simliklarning turlari haqida tushunchalar beradi.
Sayohat jarayonida o‘quvchilar bilan daraxt va o‘simliklar turini, tabiat manzaralarini rasmlarga, video tasmalarga ularning suratlari olinadi. Sayohatning natijasi to‘plangan namunalar, olingan rasm va video suratlarni namoyish etish bilan tahlil qilinadi. Bu shaklda olib borilgan darslar o‘quvchilarning xotiralarida uzoq muddat muhrlanib qoladi.
O‘qituvchining tarbiyaviy ish mahorati – jamoaning va jamoadagi alohida o‘quvchilarning intellektual, aqliy, estetik, mehnasevarlik va boshqa sifatlarni rivojlantirishdir.
Bu maqsadlarga erishish uchun tarbiyachida quyidagi malaka va ko‘nikmalar bo‘lishi zarur: o‘quvchilarga nisbatan talabchanlik va ishonch, tez muloqotga kira olish, qiyinchilik vaqtida yordam bera olish, o‘quvchilar bilan maslahatlasha olish, kuchsizlarni himoya qilish, har bir o‘quvchidagi ijobiy sifatlarni topish va munosabatlarda shu sifatdan foydalanish, o‘quvchilarni “Sevimli” va “Sevilmagan”larga bo‘lmaslik, xudbinlik, laganbardorlik, nopoklikka qarshi kurashish, o‘quvchilarda axloqiy yo‘nalishlarni rivojlantirish.
O‘qituvchi tarbiyaviy ish mahoratining yana bir ta’rifi quyidagicha: tarbiyaviy ish mahorati – o‘quvchilarning o‘quv, o‘yin, mehnat va dam olish faoliyatlarini to‘g‘ri, unumli va samarador tashkil etishdir.
Tarbiyachi mahorati o‘zaro bog‘langan uchta tizim tarmog‘idan tuzilgan: bu – texnologik, ijtimoiy-psixologik(ya’ni munosabatlar) va estetik.
Tarbiyachi ish mahoratining texnik tomoni. Bu o‘quvchilarning ommaviy faoliyatini, maktabdagi hayotlarini (o‘z-o‘zlarini boshqarishlarini) tashkil etish.
O‘quvchilarning mustaqil ravishda navbatchilik qilishlari, maktab va sinfdagi tartib va intizomni nazorat qilishlari, maktabda shanbalikni tashkil etishlari, har xil tadbirlarni mustaqil o‘tkazishlari. Tarbiyachilar o‘quvchilarning bu ishlarini rejalashtirishda, o‘tkazishda maslahatchi rolini bajaradilar. O‘qituvchining roli boshqaruvchi, buyruq beruvchi emas, balki o‘tkazilayotgan tadbirlarning bevosita ishtirokchisi sifatida o‘quvchilarga yaqindan yordam berishi lozim.
Ammo, maktablarimizda yuqori ko‘rsatkichlar ko‘rsatish uchun, hisobotlar uchun ko‘pdan-ko‘p tadbirlar o‘tkaziladi. Buning foydadan ko‘ra zararli tomonlari ko‘proq. Shuni ta’kidlash zarurki, tarbiyachilarning ish natijalari ularning tarbiyalanuvchilar bilan qay tarzda, qay shaklda, qanday ruhiy holatda muloqot qilganiga bog‘liq. Muammoning ijtimoiy psixologik tomoni shundan iboratki, tarbiya har doim ijtimoiy mohiyat kasb etib, psixologik jihatdan o‘ziga xos tayyorgarlikni taab qiladi.
Maktablarda o‘tkaziladigan har bir tadbir oldindan yaxshilab har tomonlama o‘ylangan, rejalashtirilgan bo‘lishi kerak. Sinfda va maktabda o‘tkaziladigan tadbirlar jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Rejalashtirish;

  2. O‘tkazish;

  3. Tahlil qilish.


Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin