Guliston pedagogika instituti mustaqil ish


Malakaning xarakterli belgilari



Yüklə 200,88 Kb.
səhifə2/6
tarix08.11.2023
ölçüsü200,88 Kb.
#131488
1   2   3   4   5   6
Malakaning xarakterli belgilari:

1. Harakat faoliyati tarkibiga kiruvchi alohida harakatlarning bajarilishiga unchalar e’tibor bermay bajarish. Bunga harakatni bajarish jarayoni avtomatlashuvining boshlanish hisobiga erishiladi.
2. Harakatni avtomatlashgan darajada bajarish o‘qitish – natijasi yoki hayotiy tajriba amaliyoti natijasidir.
3. Harakat faoliyatining avtomatlashgan holda bajarilishida ongning etakchi rolini inkor etib bo‘lmaydi. Harakat malakasi shakllanishida faoliyat mazmuni avtomatlashmay ayrim harakatlarning ijrosi jarayoni, ayrim elementlar tuzilish (masalan: nerv-muskul jarayonlarini koordinatsiya qilish munosabatlari, harakat va vegetativ komponentlarning o‘zaro aloqasi) avtomatlashadi.
4. O‘quvchining ongi asosan o‘zak komponentlarga, sharoitning o‘zgarishi hisobiga va harakat vazifasining ijodiy hal qilinishiga yo‘naltiriladi.
Zaruriyatga qarab o‘quvchi, o‘rganuvchi har bir harakatning bajarilishini nazorat qilishi mumkin, shuningdek, ijroga lozim bo‘lgan o‘zgartishlar kiritishi yoki boshqa faoliyatni bajarishga o‘tib ketishi mumkin (masalan: qo‘lda yoki boshni erga qo‘yib turishda muvozanatni yo‘qotsa, o‘quvchi «grupperovka» (yig‘ishtirinish) qilib oldinga «perekat» qilishi mumkin).
5.Harakat malakasi yuqori turg‘unlikka ega. Bu shuni ko‘rsatadiki, boshqa sharoitda harakat faoliyati bajarilishining buzulishiga oz imkoniyat bo‘ladi (masalan: boshqa sport zal, boshqa jihozlar va hokazolar), o‘quvchilarga odatlanmagan kuzatuvlarning ta’siri (tomashabinlar).
6.Harakat malakasi uchun harakatlardagi ma’lum tizimning mavjudligi va o‘ziga xosligi. Bu alohida ajratilgan harakatlarning bir butun harakat faoliyatiga ortiqcha harakatlar ushlanishini yo‘qotish bilan birlashtirishda ifodalanadi. Harakatlarning aniqligi ortadi, ularning ritmi takomillashadi, bir butun faoliyat ko‘rsatishning vaqti qisqaradi.


4. Kuch va uni tarbiyalashning uslub hamda vositalari


on kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo`naltirilgan kuchlar, yon beruvchi ishlarda esa harakat yo`nalishi bo`yicha ta’sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi o`quvchilar uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi ko`zda tutilgan.
Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og`irlikdagi shtangani ko`tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig`ida 1000 m masofani yugurib o`ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo`yadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba’zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o`z funksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi.


Yüklə 200,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin