Intonatsiya turlari — intonatsiyaning yuqorida sanab ko‘rsatilgan prosodik elementlar ishtirokida shakllangan maxsus ko‘rinishlari. Ularga quyidagilar kiradi: Tugallangan intonatsiya. Har bir gap nisbiy tugal intonatsiyaga ega bo‘ladi.
Tugallanmagan intonatsiya. Ayrim so‘z yoki so‘z birikmasining gap emasligini bildiradigan intonatsiya. Masalan: A ’lochi talaba (aniqlovchi- aniqlanmish qolipidagi birikma. Bunda intonatsion tugallik yo‘q). Talaba — a 'lochi: ega+kesim = gap. (Bunda gapga xos intonatsion tugallik bor).
Darak intonatsiyasi — tinch ohang.
So‘roq intonatsiyasi — ko‘tariluvchi ohang.
Undov intonatsiyasi — fikrni kuchli his bilan ifodalashda qo‘llana- digan ohang. Bu ohang emotsional gaplarda qo‘llanadi.
Sanash intonatsiyasi — teng grammatik munosabatda bo‘lgan so‘zlarni — uyushiq bo‘laklarni bog‘lovchi fonetik vosita. §. Intonatsiyaning til va nutqdagi roli
Intonatsiyaning til va nutqdagi roli: a) gapning intonatsion tugalligini ifodalovchi muhim vosita sifatida xizmat qiladi; b) gapning ifoda maqsadiga va emotsionalfikka ko‘ra turlarini farqlashda ishtirok etadi; d) sintaktik aloqalarni ifodalovchi muhim fonetik vosita sanaladi. Tekshirish savollari Intonatsiya nima?
Intonatsiyaning qanday prosodik elementlari bor?
Intonatsiyaning turlari?
Intonatsiyaning til va nutqdagi roli?
Fonetikaning intonatsiyani o'rganuvchi bo'limi qanday nomlanadi?
Intonatsiya — og‘zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz (ton) tovlanishlari. Nutq melodikasi— gapda ovozning ko‘tarilishi va pasayishi. Nutq ritmi — urg‘uli va urg'usiz bo‘g‘inlarning, ulardagi cho'ziq va qisqa unlilarning qo'llanishida vazndoshlik, ohangdoshlikning mavjud bo'lishi. Temp — nutq oqimining sur’ati, tezlik darajasi.