57
Xulosa
Tadqiqotdan quyidagi xulosalarga keldik:
1.Hozirgi kunda boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik
texnologiyalardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda.
2. Ilg`or pedagogic texnologiyalar dars samaradorligini ta’minlovchi omil
bo`lib xizmat qilmoqda.
3. Ona tili darslarida interfaol metodlarning “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Zig-
zag”, “Qora quti”, “Ortiqchasini top”, “Grafik tasvir” metodlaridan foydalanish
darsning qiziqarli va jonli o`tishini ta’minlaydi.
4. Ona tili darslarida ta’limiy o`yinlardan ham foydalanish yaxshi samara
beradi. Bunda “Kim ko’p so’z tuzadi?“ o’yini, “Grammatik topishmoqlarni
topish“ kabi o’yinlarning ahamiyati katta.
5. Ona tili darslarida ”O’yin diktant”larni ham qo`llash o`quvchilar
savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.
6. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida modulli texnologiyalardan
foydalanish maqsadga muvofiq. Modul dasturi aniq maqsad sari yo`nalganligi, har
bir topshiriq uchun qat`iy vaqt belgilanishi, umuman, darsning oldindan
rejalashtirilishi o`qituvchilarda katta qiziqish uyg`otadi. Modulli ta`limning asosiy
mohiyati, o`quvchilar modul dasturlari ustida mustaqil ishlab, ilm olishda
belgilangan maqsadga erishadilar.
Modul dasturlari ta`lim tasbiyaviy mavzuning maqsadini dars davomida
mustaqil bajaradigan topshiriqlar asosida aks ettirgan ko`rsatmalr majmuidir.
Modul dasturlari – dars matni yoki o`qituvchilar tomonidan o`quv
materialini rejalashtirish emas, balki o`quvchilarning mazkur mavzuni mustaqil va
ijodiy o`rganishi bo`yicha o`quv faoliyati dasturidir. Modul dasturlari o`qituvchilar
tomonidan tuzilib, unda modulning umumiy didaktik maqsadi, mavzuni o`rganish
bosqichlari, o`quvchilar tomonidan bajariladigan o`quv faoliyati elementlari,
ularning bilimini nazorat qilish yo`llari ketma-ket bayon etiladi.
58
O`qituvchi modul dasturlarini tuzishga va undan ta`lim jarayonida
foydalanishga katta e`tibor berishi zarur.
Dostları ilə paylaş: