Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.
Boshlan`gich sinf ona tili darslarida yangi pedagogik pedagogik
texnologiyalardan foydalanish yo`llari ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalaridan
boshlang`ich sinf o`qituvchilari, shu yo`nalishda ta’lim olayotgan talabalar foydalanishi mumkin.
Tadqiqotning tuzilishi. Kirish, II bob, Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro yxatidan tashkil topgan.
I bob
Boshlang`ich sinf ona tili darslarining maqsad-vazifalari va unda ilg`or
pedagogik texnoligiyalarni qo`llash metodik asoslari.
1.1.Boshlang`ich sinf ona tili darslarining maqsad-vazifalari
Boshlang`ich ta’lim O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to`g`risida”gi Qonunini hayotga tadbiq qilishda asosiy o`rinni egallaydi. Binobarin,
boshlang`ich ta’limda ona tili o`qitish muhim sanaladi.
Ona tili - nutq: o’qish va yozish sohasidagi ko’nikma va malakalar
o’quvchilar o’quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o’qish
ko’nikmalarini egallash bilan, birinchi navbatda o’z ona tilini o’rganishi zarur.
Chunki ona tili bilimdonlikning, aql -idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarni
vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida
o’rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va
mehnatga havasini uyg`otishda ham alohida rol o’ynaydi.
Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni
o’qigan bola o’zida eng yaxshi hislatlarni tarbiyalab boradi. Muomala
madaniyatini egallaydi.
Ona tili boshlang`ich sinfda asosiy o’rinni egallar ekan, har bir o’quvchida
ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash zarur.
Boshlang`ich sinflarda ona tili mashg`ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni
o’z ichiga oladi:
14
1.O’qish, yozuv, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda
o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog`liq holda, ularning ogzaki va yozma
nutqini o’stirish.
2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularni elementar
o’qish va yozishga o’rgatish, bu ko’nikmalarni malakaga aylantirsh.
3.Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va punktuatsion savodli yozuvni,
orfoepik to’gri talaffo`zni o’rganish nutq va uslubiy elementlarni egallash.
4.Grammatika, fonetika, leksikadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan
ilmiy tushunchalarini shakllantirish.
5. O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-
ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirsh , ularda tabiiy asarni
idrok etish ko’nikmasini xosil qilish. Bu vazifalarning hammasini boshlang`ich
sinflarda ona tili predmeti hal etadi va boshlang`ich sinflar ona tili dasturida aks
etadi. Dastur davlat xujjati bo’lib, unda o’quv predmetining mazmuni va xajmini,
shuningdek, shu predmetdan bilim, ko’nikma va malakalar darajasiga qo’yilgan
asosiy talablarni belgilaydigan bo’ladi. Dastur talablarini o’qituvchi va o’quvchilar
bajarishlari shart, uni kengaytirish va qisqartirishga yul qo’yilmaydi.
Boshlang`ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat:
1.Uqtirish xati.
2.Asosiy qismi.
Uqtirish xatida ona tili predmetining tutgan o’rni, uning vazifalari
ko’rsatilib, metodik yul-yuriqlar beriladi. Dasturning asosiy qismi 4 bo’lim, u har
bir sinfda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar
ko’rsatilgan. Dasturning bo’limlari: xat - savod o’rgatish va nutq o’stirish «O’qish
va nutq o’stirish», «Grammatika, imlo va nutq o’stirish”dan iborat. Har bir bo’lim
bir necha qismlardan iborat. Masalan, «O’qish va nutq o’stirish» bo’limi, «Sinfda
o’qish» va «Sinfdan tashqari o’qish»ni sinfda o’qish o’z navbatida «O’qish
mavzulari»ni, «O’qish ko’nikmalari»ni, «Matn ustida ishlash» qismlarini o’z
ichiga oladi va hokazolar.
15
Maktabda o`quv predmeti sifatida tilni o`rganish tizimi tilning barcha
tomonlarini, yani fonetikasi, leksikasi, so`z yaslishi va grammatikasi (morfologiya
va sintaksis)ning o`zaro ichki borlanishlariga asoslanadi.
Maktablarda ona tili o`rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi
bosqichida davlatimizning maktab oldiga quygan vazifasiga moslangan. Bu
vazifalar qo’pqirrali bo’lib, ularpi bajarish o’quvchilar ongini o’stirishga, ularga
g’yaviy-siyosiy, axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berishga yo’naltirilgan. Ona
tilini o’rgatish natijasida o’quvchilarda o`z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq,
mazmunli, ohangga rioya qilib pfodalay olish va uni imloviy to’g’ri yoza olish
ko`nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o’quv predmeti sifatida o’zbek tilining
o’ziga xos xususiyati bulib, o’quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yunaltirilgan
umumta’lim vazifalari bilan bog’lik, holda amalgga oshiriladi.
Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o’zbek tilining tovush
to`zilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va
grafik); so`zlarning o’zgarishi gapda so’larning bog’lanishi haqidagi (grammatik,
ya’ni morfologik va sintaktik); so`zning morfemik tarkibiiva so`z yasalish usullari
haqidagi (so’z yasalishiga doir); so`zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi
(leksikologik); o’zbek tili to’g’ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarning
ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuastion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar,
birinchidan, grammatik, fonetik, so`z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan,
grafik, orfografik, punktuastion qoidalarda namoyon bo’ladi. Bundan tashqari,
o’zbek tili kursi((fnetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko`nikma va
malakalarni ham o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich sinflar ona tili kursi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari
o’zaro bog’liq xolda o`rganilishi xisobga olinib to`zilgan, har bir sinfda
fonetika, leksika, grammatika va so’z yasalishi haqida - elementar bilim
beriladi. Kursning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o’zaro
ta’sir etkadigan bir butun hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. Tilni
16
o’rganishga bunday yondashish ta’lim
jaryonini o’quvchilar nutqini o’stirish
vazifasini hal etishga yo’naltirish imkonini beradi.
Dasturning «Grammatika, imlo va nutq o’stirish» bo’limi har bir sinfda to’rt
qismni o’z ichiga oladi: «Tovush lar va harflar» So’z» «Gap», «Bog’lanishli
nutk,». Asosiy mavzular bosqichli
izchillik tamoyiliga asoslanib, har to’rt sinfda
o’rganiladi. Har bir sinfda yetakchi mavzular ajratiladi. 1- sinfda fonetika va
grafikaga oid mavzularni o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar
o`qish va yozish jarayonini egallaydilar. 3- sinfda so’zning morfemik tarkibi va
gapni o’rganish muhim hisoblanadi. So`z yasalishiga doir bilimlar asosida
o’quvchilarda so’zning leksik ma’nosiga, undan nutqa foydalanishga ongli
munosabat o’sadi. 4-sinfda so’z turkumlarini o’rganish birinchi o’ringa qo’yiladi.
Bog’glanishli nutq ustida to’rt yil davomida grammatik vna orfografik
materiallarni o’rganish bilan bog’liq holda reja asosida ish olib boriladi.
Ona tili darslarida til hodisalari ma’nosi, qurilishi, vazifasi tomonidan
o’rganiladi.
Ma’lumki, dars o`quv-tarbiya jarayo-nini tashkil qilishning asosiy shakli
hisoblanadi. Shunday ekan, ona tili o`qitishning samaraliligi darsning sifatiga
bevosita bog’liq.
Darsga qo`yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyotlarda keng
yoritilgan. Ularni ona tili o`rgatishga tatbiq qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona
tili darslariga qo`yilgan talablar quyidagicha bo`ladi:
I.
Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va
o’quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o`quvchilarning o`quv
faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til materialining g’oyaviy-siyosiy,
estetik va badiiy qimmatli bulishiga, tilni o`rganish jarayonida bolalarda
dunyoqarash elsmentlarini shakllantirishga alohida ahamiyat bsrish zarur. Ijodiy
izlanish muhiti yaratilgan darslarigina zarur axlohiy sifatlar tarbiyalanadi.
Ona tili darslarida o`zbek tiliga muhabbat va so`zga ehtiyotlik bilan
munosabatni tarbiyalashga aloxida e’tibor beriladi. Buning uchun matn puxta
17
tanlanadi. Tilni o`rganish jarayonida leksik-stilistik ishlarga katta, urin beriladi.
Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan birga, yuksak badiiy matnlardan xam
foydalaniladi.
Ona tili o`qitish jarayoni o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarinn
shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari xar bir kishi uchun zarur bulgap
saranjom-sarishtalik, mustakillik, tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaidi.
II. Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga
yo’naltirilganligi. Yangi material o`rgatiladigan darsnipg logikasi o`rganiladigan til
xodisasi va uning lingvistik moxiyatining bir-biriga ta’sir qilishiga ma’lum
darajada sabab bo’ldi. O`qituvchi bu o`zaro bog`lanishni bilishi va uni uk,uvchilar
bilan birga topshiriqlarni bajarish davomida asta ocha borishn muhimdir.
Agar dars grammatik bilimlarni mustaxkamlash, orfografik ko`nikmalarni
shakllantirish maqsadini o`z oldiga qo’ysa, darsning mantiqiy shartlari asta
murakkablashtirib borilgan mashqlar tizimini aks ettiradi. Bolalar biror imlo
koidasini yaxshilab bilib, o`rganib olishlari uchun bir-ikki mashq kollektiv
ravishda bajariladi. O`quvchilar mustakilligi oshgach, mashqni mustaqil
ishlaydilar. Darsda bajarilgan mashklar urtasidagi bog’lanishni shakllantiradigan
ko`nikmaning xususiyati ham sabab buladi. O`quv materialining mavzuga va
darsning maqsadiga mos bulishi uning maqsadga yunaltirilishini ta’minlaydi.
Darsda foydalaniladigan barcha o`quv materiallari (shu jumladan, til faktlarini
ko`zatish, imlo va nutqqa oid mashqlarnn bajarish uchun tanlanadigai materiallar
ham) darsnpng maqsadiga juda mos bulishi zarur.
III. On a tili darsi, avvalo, o`quvchilar nutq v a tafakkurini o`stirish
darsidir. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bulishi uchun o`quvchilarda o`z fikrini
grammatik tugri, uslubiy anik, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bsra olish
ko`nikmasini shakllantirishga karatilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o’stirish
kursatmasi grammatik matsrialni o`rgatishda o’quvchilar tilimizdagi xar bir so`z
turkumi yoki so`z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni
qo’llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik turi va aniq nutq
18
malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o`stirishga
amalda tatbiq etish uchun o`rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o`stirish darsning
mazmunida va darsda qullannilgan vazifalar turlarida o’z aksini topadi.
Grammatik, so`z yasalishiga oid, orfografik materiallarni o`rganishni nutq
o`stirish bilan bog`lash o’quvchilar akliy faoliyatini boshqarish hisoblanadi.
Bolalar nutkini o`stirish jarasni ularnpng tafakkurini. o`stirish bilan bog`liq.
Ona tili darsi o`quvchilar taffakurini o`stirish ustida ishlash maqsadiga
yunaltirilganligiga qarab baxolanadi. Bunda muayyan grammatik va orfografik
materialni o`rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o`zlashtirishni
taminlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o’tkazish tushuniladi.
Masalan, «o`zakdosh so`zlar» tushunchasini shakllantirish uchun so`zlarning
leksik manosi va morfemik tarkibini taqqoslashni (ularning ma’nolarida
umumiylikni va ularda bir xil o`zakning mavjudligini) bilish lozim. O`quvchilar
tafakkurini o`stirish uchun o`qituvchi darsga tayyorlanganda, vazifa turlarini
tanlaydi, darsning materialini va unn o`zlashtirishda bolalar bajaradigan akliy
faoliyat mashklarini ham bslgilab oladi.
O’quvchilarga beriladigan nazariy bilim tildan ongli foydalanish imkonini
beradi. Nazariyaga ahamiyat berish, elementar tarzda bo’lsa ham, o`quvchilarning
til hodisalari o’rtasidagi bog`lanishni bilib olishiga e’tibor berish demakdir.
Boshlang’ich sinf o`quvchilari bunday bog`lanishni bilsalar, nima uchun shunday?
surogiga javob topa oladilar. Masalan, nima uchun paxtakor so`zi kslishik va
egalik qo`shimchalari bilan turlanadn, ye tishtirdik so`zi esa shaxs-son
ko’shimchalari bilan tuslanadi.
Ona tili darslarining foydali bulishiga darsda ogzaki va yozma ishlarni
maqsadga muvofik utkazish (darsning taxminan turtdan uch qismini yozma ishlar
tashkil kilishi lozim), o’quvchilarning ukuv ishlarini tekshirib, nazorat qilib borish,
o`z vaqtida xatolarning oldini olish va tugrilash, texnika vositalaridan foydalanish
kabi omillar katta ta’sir ko`rsatadi.
|