Yong’in sodir bo’lganda avariya chiqish joylari evakuatsiya vaqtida hisobga olinmaydi. Shuningdek avariya chiqish joylariga kiradi: eshik yoki lyuk ulchamlari va zina bo’lishi «d» band buyicha;
ochiq balkonga yoki lodjiyaga eni 1.2 m dan kam bo’lmagan, balkon yonidan, deraza bo’shlig’igacha (oynavand eshik) tuynuksiz pardevorli yoki oynavand bo’shliqlar orasi eni 1.6m dan kam bo’lmagan (lodjiyaga) chiquvchi chiqish joylari;
v) eni 0.6 m dan kam bo’lmagan Ф1.3. sinfga mansub binoning tutash bo’limiga ochiq o’tish joyiga yoki havo mintaqasi orqali tutash yong’in bo’linmasiga olib chiqish joyi; g) balkon va lodjiyalarniqavatma-qavat bog’lovchi tashqi zina bilan jihozlangan, balkon va lodjiga chiqish joyi; d) pol sathi-4,5 metrdan past va + 5.0 m dan baland bo’lmagan, o’lchamlari 0,75x1,5m dan kam bo’lmagan deraza yoki eshik orqali, hamda o’lchamlari 0,6 x 0,8m dan kam bo’lmagan lyuk orqali, bunda chiqish xonadagi lyuk-zina orqali, bevosita xonadan tashqariga chiqish joylari; bu zinalarning qiyaligi me’yorlanmaydi; c) o’lchamlari va zinalari I bo’yicha, deraza, eshik yoki lyuk orqali, yong’inbardoshliligi I va II darajali CO va С1 sinfga mansub bino tomiga chiqish. Faqat muhandislik tarmoqlari o’tkazish uchun mo’ljallangan texnik qavatlardan, o’lchamlari 0,75x1,5 m dan kam bo’lmagan eshiklar orqali, hamda 0,6 x 0,8m dan kam bo’lmagan yuklar orqali evakuatsiya chiqish joylarisiz, avariya chiqish joylari nazarda to’tilishiga yo’l qo’yiladi. Texnik qavat maydoni 300 m2 gacha bo’lganda bir chiqish joyi mo’ljallanishiga ruxsat etiladi, keyingi har bir, to’la yoki to’liqsiz 2000 m2maydonga, yana kamida bir chiqish joyi ko’zda tutilishi lozim. Texnik qavatlarda evakuatsiya chiqish joyilari 1,8 m dan kam bo’lishi mumkin emas. Bu chiqish joylarini texnik yerto’lalarda, binodan chiqish joylaridan alohida bo’lishi va bevosita tashqariga olib chiqishi lozim.