I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


O’t o’chirishning muqim va ko’chma vositalari



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə292/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

O’t o’chirishning muqim va ko’chma vositalari.


O’t o’chirishning ko’chma vositalari yuqorida tavsiflangan qo’l o’t o’chirish asboblariga nisbatan quvvatli qilib tayyorlanadi. Xozirgi vaqtda karbonat kislotali OУ – 25, OУ – 80, OУ – 400, havo – ko’pikli OBП – 100, kukunli OП – 100 ko’chma o’t o’chirish vositalari ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan bir qatorda qurama, ikki zaryad ko’pik xosil qiluvchi modda bilan suv qorishmasi va kukundan tashkil topgan OK – 100 rusumli ko’chma o’t o’chirish vositasi ham qo’llanadi (12.6 – rasm). Yengil yonuvchi va yonuvchan suyuqliklarni, gaz hamda cho’g’lanuvchi moddalarni o’chirishda ishlatiladi.
Ko’chma o’t o’chirish asboblari ishlatilishida bir oz noqulay. Ularni ishga tushirish uchun ko’pik generatorini, ko’pik chiqaruvchi klapanni yechib olish, ko’pik xosil qilish uchun shlangni chuvatib yechib olish, ballondagi qo’rg’oshin tamg’ani uzib tashlash va dastlabki mil bo’yicha oxirigacha qayirish ishlarini bajarish kerak.
12.6 – rasm. Ko’chma o’t o’chirgichlar:
a – karbonat kislotali; b – ОП-100; d – ОК-100.


Bulardan farqli ravishda, mu­qim o’t o’chirish vositalari yong’inni o’chirishga doimo tayyor xolda bo’ladi. Bu ularning katta afzalliklaridan biridir. Xozirgi paytda karbonat kislotali OCУ – 5, OCУ – 5П, havo – ko’pikli OBПУ – 250, xladonli OC – 8M, OC – 8MД, OФ – 40, kukunli OII – 250 muqim o’t o’chirish uskunalari ishlab chiqarilmoqda. Muqim o’t o’chirish uskunalari qo’lda va avtomatik ravishda yong’in haqida xabar beruvchi asboblar yordamida ham ishga tushirib yuborilishi mumkin. Muqim o’t o’chirish uskunasining shemasi 12.7 – rasmda ko’rsatilgan.
Yong’indan himoya qilinishi zarur bo’lgan xona (1) shiftiga avtomatik ravishda o’t o’chirish uskunasining quvurlari (2), ularga o’rnatilgan o’t o’chiruvchi kallaklari (3) va yong’in haqida xabar beruvchi vosita (4) bilan xabar beruvchi tarmoq (5) ulangan.




Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin