I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə294/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

12.8 – rasm. Yengil eruvchan metall qulfli sprinkler:
1 – shtutser; 2 – bronza xalqa; 3 – metall diafragma; 4 – shisha sharcha – qopqoq; 5 – yengil eruvchan metalldan yasalgan qulf; 6 – suvni sochib beruvchi rozetka.
Drencher kallagi tashqi ko’rinishi bo’yicha sprinkler kallagidan kam farq qiladi. Faqat unda yengil eruvchan qulf va qopqoq yo’q. Shuning uchun drencher tizimi xonalarda emas, xonalar va binolar orasiga o’rnatiladi. Bularni yong’in bir sexdan ikkinchi sexga yoki bir binodan ikkinchi binoga o’tib ketmasligi uchun qo’llaniladi (12.9 – rasm). Ularni ishga tushirib yuborish qo’lda yoki avtomatik ravishda issiqlik relelarini qo’llash orqali amalga oshirilishi mumkin.
Sprinkler va drencher uskunalari uzluksiz takomillashtirib boriladi. Xozirgi paytda ularriing faqat suv emas, balki ko’pik bilan ham o’chira oladigan, avtomatik boshqariladigan xillari mavjud.
Suv bilan ishlaydigan uskunalarning sprinkler kallaklari oldidagi quvurlarda suvning bosimi doimo 0,6 MPa. ga, ko’pik bilan ishlaydigan quvurlarda esa 0,3 MPa. ga yaqin bo’lishi kerak. Ko’pik bilan ishlaydigan har bir kallak 17 m2 ga mo’ljallanadi. Ko’pik xosil qiluvchi moddaning sarfi 3,5 litr/soat va o’t o’chirish vaqti 10 – 15 minut deb olinadi.


12.9 – rasm. Suv bilan o’chiruvchi drencher kallagi:
1 – shtutser; 2 – yoy; 3 – suvni sochib beruvchi rozetka.





    1. rasm. Mahalliy yong’inni o’chiruvchi avtоmatik

kukunli yong’in o’chirish sхеmasi
1 – harоrat datchigi; 2 – alanga o’chiruvchi uskuna;
3 – ajratgich; 4 – bоshqarish pulti.


O’t o’chirishning dastlabki vositalari endi boshlanayotgan yong’inlarni o’chirish uchun ishlatiladi. Ular binoning ichida yoki kiraverishida, omborlar yonida, qizil rangga bo’yalgan maxsus taxta shitlariga osib qo’yiladi. Bu vositalarga o’t o’chirish uchun ishlatiladigan asboblar (bolta, belkurak, misrang, changak, chelak), asbest matosi yoki texnik kigiz, bochkada suv, yashikda qum va o’t o’chiruvchi (ko’pikli, karbonat angidridli va kukunli) asboblar, shu bilan birga o’t o’chirishning ichki vodoprovod tizimi ham kiradi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin