I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Ishlab chiqarish havosi tarkibidagi changlar, ularning zararli ta’siri



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə45/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Ishlab chiqarish havosi tarkibidagi changlar, ularning zararli ta’siri.
Sanoatda, qishloq xo’jaligida bajariladigan ishlarning hammasida, transport vositalarining ishlatilishida changlar xosil bo’ladi va ajraladi. Bunday changlar kelib chiqish manbalariga ko’ra: tabiiy va sun’iy changlarga bo’linadi.
Tabiiy changlar - inson faoliyatiga bog’liq bo’lmagan xolda xosil bo’ladigan changlar. Bunday changlar shamol va kuchli bo’ronlar ta’sirida qum va tuproq yemirilgan qatlamlarining uchishi, o’simlik va hayvonot olamida paydo bo’ladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan keladigan changlar (kosmik jismlarning yerga tushishi, yonib ketishidan xosil bo’ladigan changlar) kiradi. Tabiiy changlarning miqdori tabiiy sharoitga, havoning xolatiga, yil fasliga, aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqada joylashganligiga bog’liq. Masalan, atmosferadagi changlar miqdori shimoliy tumanlarga nisbatan janubiy tumanlarda, o’rmon zonalariga qaraganda cho’l zonalarida, qish oylariga nisbatan yoz oylarida ko’proq bo’lishi ma’lum.
Ma’lumotlarga qaraganda, har bir kubometr havo tarkibida katta shahar hududlarida 6 ming atrofida, avtomobil vositalaridan ajraladigan qurum va tutunlarni ham qo’shib hisodlaganda 30 ming atrofida har xil kattalikdagi chang zarralarini tashkil etadi.
Sun’iy changlarga sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida xosil bo’ladigan changlar kiradi. Jumladan, cho’yan va po’lat ishlab chiqarish pechlaridan, issiqlik elektr stansiyalarida (IES) ko’mir yoqilishidan, qurilish ishlarida yer qazish ish-lari, portlatish ishlari, sement ishlab chiqarish, tog’lardan ma’danlarni qa-zib olish ishlari va boshqa ishlarda juda ko’p miqdorda changlar ajraladiki, bu changlarni atrof muhitga chiqarib yuborish natijasida tabiatga halokatli ta’sir ko’rsatishi ma’lum. Shuningdek, sanoatning ba’zi bir tarmoqlarida, masalan, kimyo sanoatida xavfli sanoat changlari ajralib, ularning chiqa­rib yuborilishi fojiali xolatlarni vujudga keltiradi. Changlarning zararli ta’sirlari ularning kimyoviy tarkibiga bog’liq.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin