bolalarga va shu damning o’zida yordam olmasa o’lib qolishi mumkin bo’lgan shikastlanganlarga birinchi navbatda birinchi tibbiy yordam ko’rsatiladi;
son suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon ketib turgan mahalda birinchi navbatda hayot uchun xatarli bo’lgan qon ketishini to’xtatish. keyin jarohatga steril bog’lam qo’yish va shundan keyingina oyoqni qimirlamaydigan qilib bogiashga kirishish lozim. Bunda singan joyni qimirlamaydigan qilib qo’yish uchun maxsus shina solib bogiash yoki qo’lida bor bo’lgan boshqa vositalardan foydalanish kerak.
Birinchi tibbiy yordamning hamma usul-amallarini ehtiyotkorlik bilan avaylab bajarish lozim. Qo’pol harakatlar qilinadigan bo’lsa, shikastlangan kishiga zarar qilishi va uning ahvoli yomonlashib qolishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam ikki yoki bir necha kishi tomonidan ko’rsatilishi mumkin. DARS MAVZUSI: RЕANIMATSIYA.
Darsning maqsadi: Talabalarni tеrminal xolatlarning turlari, bеlgilari va ularda ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tadbirlari bilan tanishtirish. Mavzuning ahamiyati: Mavzuni uzlashtirish davomida talabalar tеrminal xolatlarning bosqichlari, kollaps, shok, klinik va biologik o’lim bеlgilari bilan tanishadilar va nafas, yurak faoliyatini tiklash ko’nikmalarini o’zlashtiradilar. O’quv maqsadlari: 1. Rеanimatologiya to’g’risida tushunchaga ega bo’lish (1-daraja) 2.Oddiy rеanimatsiya tadbirlarini o’tkaza olish ko’nikmalariga ega bo’lish (2-daraja) 3. Vaziyatli masalalarni va tеstlarni yеchish (3-daraja). Vaziyatli masalalar: 1. Ko’chadan topilgan kishida hеch qanday tiriklik alomatlari kuzatilmadi, ya’ni hushsiz xolatda, ko’krak qafasining harakati ko’rinmadi, uyqu artеriyasida puls yo’q, yurak urishi eshitilmadi. Odamning tirik yoki tirikmasligini qanday aniqlash mumkinq Unga BTYo ko’rsating