I. D. Boboev X. O. Abdullayev a. Sh. Otajonov amaliy algologiya fanidan amaliy mashg‘ulotlari uchun o‘quv uslubiy qo‘llanma Toshkent – 2021


O„zbekiston sharoitida mikrosuvo„tlarini ajratish va algologik tozalash



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/77
tarix04.12.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#138076
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77
Amaliy algologiya Amaliy mashg\'ulot

O„zbekiston sharoitida mikrosuvo„tlarini ajratish va algologik tozalash 
Mikrosuvo‗tlaridan turli xil maqsadlarda foydalanishda mahalliy shart 
sharoitlarga moslashgan kulturalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu 
boisdan amaliy ishlarimizni mahalliy sharoitda tarqalgan mikrosuvo‗tlaridan 
algologik kolleksiya yaratish va ularning turli xil xususiyatlarini tadqiq etishdan 
boshladik. 
Quyidagi 6-jadvalda O‗zbekiston sharoitida turli xil geografik iqlim 
sharoitlaridan kelib chiqqan holda yig‗ilgan mikrosuvo‗tlarining tarqalish areallari 
aks ettirilgan. 
6-jadval. 
Mahalliy mikrosuvo„tlari ajratilgan manbalar 
Mikrosuvo‗tlari 
izolyatlari 
Mikrosuvo‗tlari
ajratilgan suv manbalar 
Viloyatlar 
T № 3 
№ 2 
Toshkent viloyati 
S №4 
№ 1 
Sirdaryo viloyati 
T № 1 
№ 3 
Toshkent viloyati 
T № 4 
№ 6 
Toshkent viloyati 
N № 7 
№ 1 
Namangan viloyati 
K № 18 
№ 4 
Qashqadaryo viloyati 
KV № 2 
№ 7 
Qashqadaryo viloyati 
S №15 
№ 3 
Sirdaryo viloyati 
T № 20 
№ 11 
Toshkent viloyati 
K № 3 
№ 9 
Qashqadaryo viloyati 
T № 4 
№ 13 
Toshkent viloyati 
S №8 
№ 8 
Sirdaryo viloyati 
N № 38 
№ 3 
Namangan viloyati 
K № 5 
№ 1 
Qashqadaryo viloyati 


72 
1-jadvaldan ko‗rinib turibdiki, tadqiqot manbalari asosan Toshkent viloyati 
hududidan olib kelingan suv namunalarida ko‗proq uchrashi aniqlandi. Toshkent 
viloyati hududidan olib kelingan suv namunalaridan maqsadimizga mos keluvchi 
kulturalardan 6 ta shtamm kelgusi tadqiqotlar uchun tanlab olingan bo‗lsa, 
Sirdaryo viloyati hududidan keltirilgan suv namunalaridan 4 ta kultura, 
Qashqadaryo viloyatidan 5 ta, Namangan viloyati hududidan keltirilgan suv 
namunalari asosida 2 ta kultura keyingi tadqiqotlar uchun asos qilib olindi. 
Mikroskopik suvo‗tlar o‗simliklar dunyosiga xos xususiyatga ega bo‗lib, 
turli yo‗nalishdagi biologik ilmiy tadqiqotlar olib borishda qulay ob‘ekt 
hisoblanadi. Ularning hujayra o‗lchovi kichikligi, o‗sish va ko‗payish 
muddatlarining juda qisqaligi, hamda har xil texnologik o‗stirish sharoitlariga 
moslashtirish mumkinligi bilan ko‗pchilik olimlarni o‗ziga jalb etib kelmoqda. 
Shu boisdan keyingi tadqiqotlarimiz davomida ajratilgan kulturalarga turli 
xil fizik va biologik omillarning ta‘sirini o‗rganish davomidan uning morfo-
kultural va ba‘zi bir biokimyoviy xususiyatlarini tadqiq etishga xarakat qildik. 
Ilmiy manbalarda mikrosuvo‗tlarining o‗sib rivojlanish dinamikasini 
o‗rganish, ularning eng qisqa vaqt oralig‗ida maqsaddagi maxsulotlarni berishiga 
erishish, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishdagi iqtisodiy ko‗rsatkichlarga 
katta ta‘sir ko‗rsatuvchi omil ekanligi aniqlangan. 
Shu boisdan tadqiqot ishlarimizda ajratilgan kulturalarning o‗sib rivojlanish 
dinamikasini o‗rganishga harakat qildik, bu esa kelgusida maksimal darajada 
ob‘ektlarning qisqa vaqt oralig‗ida o‗sib rivojlanishini aniqlash imkonini beradi.
7-jadvalda ajratilgan kulturalarning fiziologik xususiyatlaridan biri bo‗lgan o‗sish 
dinamikasi bo‗yicha olingan natijalar aks ettirilgan. 
7-jadval. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin