«Ayting (ey Muhammad): «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?!» deb aytgan (Zumar surasi, 9-oyat)».
Yana Alloh taolo aytadi:
«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur» (Fotir surasi, 28-
oyat).
Ra’d surasida aytiladi:
«Kofir bo‘lgan kimsalar (sizga): «Payg‘ambar emassan», deydilar. Ayting: Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi 9
«Men bilan sizlarning oramizda Alloh taolo va Kitob – Qur’on ilmidan xabardor bo‘lgan har bir kishi yetarli guvohdir» (43-oyat).
Yana Alloh taolo Naml surasida aytadi:
«Kitob (Lavhul mahfuz)dan ogohligi bor bo‘lgan bir zot esa: «Men uni senga keltirurman», dedi» (40-oyat). Bu oyatda Alloh taolo Sulaymon alayhissalomning
kotiblari ilm quvvati bilan mazkur ishga qodir bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Qasas surasida aytadi:
«Ilm-ma’rifat ato etilgan kishilar esa: «O‘lim bo‘lsin sizlarga! Iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan kishi uchun Alloh beradigan ajr-savob yaxshiroq-ku!» (80-oyat). Bu oyatda ham Alloh taolo oxiratdagi ajr-mukofotning buyukligi ilm bilan
bo‘lishini bayon etyapti.
Ankabut surasida aytadi:
«Ushbu masallarni Biz odamlar (ibrat olishlari) uchun ayturmiz. (Lekin) ularni faqat ilm egalarigina anglay olurlar» (43-oyat).
Niso surasida esa bunday deydi:
«Agar (ular o‘zlariga kelgan xabarni har kimga yoyib yurmasdan) payg‘ambarga yoki o‘zlaridan bo‘lgan boshliqlargagina yetkazganlarida edi, uni (ya’ni, mana shu xabarning haqiqatini) bilmoqchi bo‘lgan kishilar o‘shalardan bilgan bo‘lar edilar» (83-oyat). Alloh bu oyatda voqealar hukmini olimlar va
amirlardan olishni buyurib, Allohning hukmini tushunishda ularning martabalarini
payg‘ambarlar rutbasiga yaqin qildi.
A’rof surasidagi: