«(Ey Muhammad) havoyi nafsini o‘ziga «iloh» qilib olgan kimsani ko‘rganmisiz?» (Josiya surasi, 23-oyat) deydi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam):
«Alloh taoloning nazdida yerda ibodat qilinadigan ilohlarning eng g‘azablisi hoyu
havasdir», deydilar.88 Haqiqatdan ham ushbu xabarlarni taammul qilib, xulosa chiqargan
odam butga ibodat qiluvchi butga ibodat qilmayotganini, balki havoyi nafsiga
sig‘inayotganini ko‘radi. Zero, uning nafsi ota-bobolarining nafsiga moyildir. Natijada u
shu maylga ergashadi. Nafsning urf-odatlarga moyil bo‘lishining bir ma’nosi hoyu havas
deb nomlanadi.
Maxluqlarga g‘azablanish va ularga ba’zi hollarda murojaat qilish ham kishini ushbu
tavhid doirasidan tashqariga chiqaradi. Chunki har narsani Allohdan deb bilgan odam
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi 56
qanday qilib birovga g‘azab qiladi. Tavhid mana shunday maqom, u siddiqlarning
maqomi.
88. Tabaroniy Abu Umomadan zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
Endi sen «tavhid» lafzi nima ma’nolarga o‘girilganiga va u qaysi qobiq bilan o‘ralganiga
nazar tashla. Uni maqtanish va faxrlanishda qo‘llash uchun oldilar. Bu hol bir odam tong
ottirib, yuzini qiblaga burib:
«Men haq yo‘lga moyil bo‘lgan holimda yuzimni osmonlar va yerni yaratgan Zotga qaratdim» (An’om surasi, 79-oyat), degan odamning quruq gapiga o‘xshaydi.
Agar u qalbini xolis Alloh taologa qaratmagan bo‘lsa, demak, har kuni ushbu yolg‘on
so‘zi bilan U zotga yuzma-yuz bo‘ladi. Ka’ba esa osmonlaru yerni yaratgan Zotning
tarafi emaski, unga yuzlangan odam Allohga yuzlangan hisoblansa. Agar u odam
«yuzimni» deganda qalb yuzini iroda qilgan bo‘lsa, ana o‘sha talab etilgan ibodatdir.
Endi qalbi shahvat va dunyo hojatlari ichida faromush bo‘lib, mol-dunyo jamlash, obro‘-
martabaga yetishish haqidagi turli xayollarni o‘ylagan va o‘zini butunlay ularga qaratgan
odamning so‘zi qanday qilib rost bo‘lsin?! Qanday qilib, osmonlaru yerni yaratgan Zotga
yuzini qaratgan bo‘lsin?!
Holbuki, muvahhid – tavhid e’tiqodidagi kishi yolg‘iz Allohdan o‘zgani ko‘rmaydigan va
yuzini faqatgina Unga qaratadigan kishidir. Ushbu holat Alloh taoloning: