Biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar 1. Qaysi bog‘lovchilar qo‘shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo‘lgan qismlarini bog‘lab keladi?
A) ayiruv bog‘lovchilari B) biriktiruv bog‘lovchilari C) zidlov bog‘lovchilari D) bo‘lsa, esa so‘zlari
2. Qaysi yuklamalar biriktiruv bog‘lovchilari bajargan vazifalarni bajaradi?
A) -u, -yu, -da B) -ki, -u, -mi C) -da, -a, -yu D) -u, -yu, -chi
3. Anorxon so‘zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. Ushbu gapdagi biriktiruv bog‘lovchisi o‘rnida qaysi so‘zni almashtirib qo‘llash mumkin?
A) natijada B) go’yo C) shuning uchun D) ammo
4. Qaysi qatordagi qo‘shma gap qismlari orasida sabab-natija munosabati ifodalanmagan?
A) Anorxon so‘zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. B) Gulchehra piq etib kuldi-da, cho‘zilib tugunni oldi. C) Mashhur qora qashqa ayg‘irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. D) B va C
Zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar 1. Qaysi yuklamalar bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ular o‘rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradi?
A) -da, -a, -yu B) -u, -yu, -mi C) -ki, -a, chi D) -u, -yu, -da
2. Qaysi qatordagi gapda -u (yu) yuklamasi o‘rnida zidlov bog‘lovchilarini qo‘llab bo‘lmaydi?
A) Soni ko‘p-u, salmog‘i yo‘q. B) Mayli siz yashirdingiz-u, men yashirmayman. C) Termometr hamshiraning qo‘lidan tushib ketdi-yu, bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi. D) Men o‘z fikrimni aniq tushuntirib berishga harakat qilyapman-u, siz uni eshitishni xohlamayapsiz.
3. Faqat yuklama vositasida bog‘langan zidlov munosabatli qo‘shma gapni toping.
A) Mana sen ketding-u, bo‘ldim xayolkash. B) Uning so‘zlari jonli chiqdi-yu, lekin savollar shoshirib qo‘ydi. C) Umrlar o‘tar-u, kitoblar yashar. D) Gulchehra «piq» etib kuldi-da, cho‘zilib tugunni oldi.
4. Zidlov bog‘lovchilari haqida keltirilgan qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) zidlov bog‘lovchilari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi B) zidlov bog‘lovchilari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga, ular o‘rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi C) zidlov bog‘lovchilari qo‘shma gapning ikkinchi qismi boshida qo‘llanadi. D) zidlov bog‘lovchilari ishtirok etgan qo‘shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi
5. -u, -yu, -da yuklamalari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga, ular o‘rtasida qanday munosabat mavjudligini ifodalaydi?
A) zidlash, ketma-ketlik B) payt, qiyoslash C) zidlash, ketma-ketlik, davomiylik D) ketma-ketlik, payt, natija, davomiylik
6. Qaysi qatorda zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap berilgan?
A) Soni ko‘p, lekin salmog‘i yo‘q. B) Mayli siz yashiringiz, ammo men yashirmayman. C) Xalqqa xayr-u ehson qilish naqadar ulug‘ fazilat, biroq bu xayr-u ehson beg‘araz bo‘lsa, yanayam yaxshi. D) A, B, C