Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə82/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Qo‘shma so‘zlar imlosi
1. Qo‘shma so‘zlar qanday holatda qo‘shib yoziladi?
A) ikki yo uch so‘z qo‘shilib, yangi bir ma’no ifodalasa B) poya, sifat kabi so‘zlar bilan yasalgan ot va sifatlar C) barchasi to‘g‘ri D) -ar, -mas qo‘shimchalari yordamida qo‘shma sifatlar yasalganda
2. Qo‘shma so‘zlar imlosi haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) ikki so‘z qo‘shilib yangi ma’no ifodalasa qo‘shib yoziladi B) qo‘shma so‘z qismlari bir-birini izohlasa ajratib yoziladi C) belgining ortiqlik darajasini ko‘rsatuvchi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi D) xona, noma so‘zlari bilan yasalgan otlar qo‘shib yoziladi
3. Qo‘shma so‘zlar imlosi haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) sifatlar oldidan tim, liqqa so‘zlari kelsa qo‘shib yozilmaydi B) qo‘shma fe’llar qo’shib yoziladi C) belgining ortiqlik darajasini ko‘rsatuvchi qo‘shma so‘zlar ajratib yoziladi D) har, u so‘zlari bilan yasalgan ot va ravishlar ajratib yoziladi
4. Qo‘shma so‘zlar imlosi haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) ikki so‘z qo‘shilib yangi ma’no ifodalasa qo’shib yozilmaydi B) a tovushi bilan tugagan fe’lga o unlisi bilan boshlanuvchi ko‘makchi fe’l qo‘shilganda qo‘shib yoziladi C) qo‘shma so‘z qismlari bir-birini izohlasa ajratib yoziladi D) sifatlar oldida to‘q, jiqqa so‘zlari kelsa ajratib yoziladi
5. Buloqboshi, Oltiariq so‘zlari nima sababdan qo‘shib yoziladi?
A) qo‘shma so‘z qismlari bir-birini izohlaganligi uchun B) joy nomi bo‘lganligi uchun C) ikki so‘z qo‘shilib yangi ma’no ifodalaganligi uchun D) qo‘shma so‘zning ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lganligi uchun
6. Qismlari bir-birini izohlagan qo‘shma so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) Yangiqo‘rg‘on, gultojixo‘roz B) jiqqa ho‘l, tim qora C) bedapoya, liq to‘la D) til oldi, o‘rta keng
7. Qaysi qatordagi so‘zlar qo‘shib yoziladi?
A) ish yoqmas, ot boqar B) dev sifat, har kim C) beda poya, liq to‘la D) til oldi, o‘rta keng
8. Qo‘shma sifat berilgan qatorni toping.
A) hamma vaqt B) temir eshik C) til oldi D) hammadan yaxshi
9. Belgining ortiqlik darajasini ko‘rsatuvchi qo‘shma so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) o‘rta keng, uzun bo‘yli B) tim qora, dev sifat C) to‘q sariq, liq to‘la D) yangidan yangi, ochiqdan ochiq
10. Takror so‘zlar chiqish kelishigi bilan o‘zaro birikib qo‘shma so‘z hosil qilganda ular qanday yoziladi?
A) qo‘shib yoziladi B) ajratib yoziladi C) bunday so‘zlar qo‘shma so‘z hisoblanmaydi D) chiziqcha bilan yoziladi
11. Juft so‘zlar berilgan qatorni ko‘rsating.
A) katta-kichik, unda-bunda B) temir eshik, osma ko‘prik C) yangidan yangi, ochiqdan ochiq D) har kim, bu vaqt
12. Qaysi qatordagi so‘zlar chiziqchasiz yozilishi kerak?
A) yer-u osmon B) uch-to‘rt C) to‘ppa-to‘g‘ri D) ko‘pdan-ko‘p
13. Juft so‘zlar orasida -u, -yu yuklamalari qo‘llansa, u qay tarzda yoziladi?
A) yuklamaning har ikki tomonidan chiziqcha qo‘yiladi B) yuklama birinchi so‘zga qo‘shib (chiziqcha orqali) va ikkinchi so‘zdan ajratib yoziladi C) yuklama birinchi so‘zdan ajratib yoziladi va ikkinchi so‘zga chiziqcha orqali bog‘lanadi D) yuklama har ikkala so‘zdan ajratib yoziladi
14. Qaysi so‘zda chiziqcha noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) uyma-uy B) dum-dumaloq C) shoxdan-shoxga D) qip-qizil
15. Qanday holatda so‘zlar orasida chiziqcha ishlatiladi?
A) sinonim yoki antonimlar yonma-yon qo‘llanganda B) bir so‘z takrorlanganda C) berilganlarning barchasi to‘g‘ri D) -ma, ba- bilan birikkan so‘zlar orasida
16. Qisqartma so‘zlar haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) so‘zlarning birinchi harflarini biriktirish yo‘li bilan yasalgan qisqartma so‘zlar bosh harf bilan yoziladi B) taxalluslar qisqartirilishi mumkin C) ism, ota ism, familiyalar, yoki ularning bir qismi qisqartirilishi mumkin D) qisqartma so‘zlar bo‘g‘in yo qismlardan tuzilgan bo‘lsa, birinchi harf katta yoziladi
17. Qisqartma so‘z qanday holatda kichik harf bilan yoziladi?
A) birinchi so‘z turdosh ot bo‘lsa B) birinchi so‘z joy nomini ifodalagan bo‘lsa C) qisqartirilgan so‘zlar atoqli otlardan iborat bo‘lsa D) qisqartirilgan so‘zlar har doim bosh harf bilan yoziladi
18. Qisqartma so‘z noto‘g‘ri yozilgan qatorni ko‘rsating.
A) Z.M.Bobur B) Pedkollej C) davbank D) Toshavtomash

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin