Intensiv kurs


So‘z birikmalarini tahlil qilish



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə26/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

So‘z birikmalarini tahlil qilish
1. Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud?
A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta
2. Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi. Ushbu gapda so‘z birikmasining qaysi turlari qo‘llangan?
A) moslashuv, bitishuv B) boshqaruv, moslashuv C) boshqaruv, moslashuv, bitishuv D) boshqaruv, bitishuv
3. Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi. Ushbu gapda qo‘llangan bitishuvli birikmalar sonini aniqlang.
A) 2 ta B) 1 ta C) bitishuvli birikma ishtirok etmagan D) 3 ta
4. Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi. Berilgan gapdagi boshqaruv usuli bilan birikkan so‘z birikmasini aniqlang.
A) ishlarning miqyosi B) miqyosini tasvirlab berdi D) yaxshi tasvirlab berdi D) sahrodagi ishlar
5. Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi. Ushbu gapdagi bitishuv usuli bilan birikkan so‘z birikmasini toping.
A) yaxshi tasvirlab berdi B) A va D C) miqyosini tasvirlab berdi D) sahrodagi ishlar
6. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitdi. Ushbu gapda nechta bitishuv usulidagi so’z birikmasi mavjud?
A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta
3-DARS. GAP. SODDA GAP SINTAKSISI. (45-65-betlar)
Reja:
1. Gap haqida umumiy ma’lumot.

2. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari.


3. Gapning his-hayajonning ishtirokiga ko‘ra turlari.
4. Gapning tuzilishiga ko‘ra turlari.
5. Sodda gap haqida umumiy ma’lumot.
6. Gapning bo‘laklarga ajratilishi.
7. Kesim va uning ifodalanishi.
8. Fe’l kesim va ot kesim.
9. Sodda kesim va murakkab kesim.
10. Murakkab ot kesimlarning tuzilishi.
11. Kesimning birikmalar va iboralar bilan ifodalanishi.
12. Ot kesim va ega orasida tirening qo’llanishi.
13. Mustaqil va nomustaqil kesim shakllari.

Gap haqida umumiy ma’lumot
1. Keltirilgan gapda qanday tinish belgilari ishlatilishi lozim? Umrimda bormagan joyimga qanaqa qilib boraman // Mening borishimdan nima foyda //
A) so‘roq, nuqta B) so‘roq, so‘roq va undov C) so‘roq, undov D) ikki nuqta, undov
2. Keltirilgan qaysi gapda tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) Dadam ishdan kech keldi, oyim betob yotibdi, degin! B) Sergey otdan sakrab tushib, cholga qo‘l uzatdi. C) Kap-katta bo‘lib shunga ham vaj topolmaysizmi? D) Darig‘ tutmay nigorim, bo‘lsa imkon bir kelib ketsin.
3. Gapga mos keluvchi ta’rifni ko‘rsating.
A) Gap bir voqea-hodisa haqidagi xabarni, so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir. B) Gap kesim va ega yoki faqat kesim bo‘laklariga aloqador grammatik asosga ega. C) Gap tushuncha ifodalaydi. D) A va B
4. Yozma nutqda ohangga qarab har bir gap oxirida…
A) nuqta qo‘yiladi B) so‘roq belgisi qo‘yiladi C) undov belgisi qo‘yiladi D) nuqta, so‘roq yoki undov belgisi qo‘yiladi
5. Oq paxtalar ochildi. Ushbu gap tarkibidagi oq va paxtalar so’zlari o‘zaro qaysi vosita orqali bog‘langan?
A) ohang B) ko‘plik qo‘shimchasi C) so‘z tartibi D) kelishik qo‘shimchasi

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin