Asosiy vazifa shundaki, davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazishdan iborat.
Xulosa
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarining alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas,balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o’zgartirishdan iboratdir.O’tish davri quyidagi me’zonlar bilan tavsiflanadi: siklilik (jamiyatda u yoki bu tarkibiy o’zgarishlarni qaytarilib turishligi),beqarorlik(turli xil jamiyat kuchlarining kurashi va o’zaro ta’siri),muqobillik(islohotlar va rivojlanish yo’llarining tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimining yo’qolib ketishi,o’rniga boshqa tizimning vujudga kelishi,uning rivojlanishi).Iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Jahon mamlakatlarining, shu jumladan, o`lkamiz xalqlarining tarixiy tajribalari shundan dalolat beradiki, iqtisodiyot har doim faqat uning o`ziga xos bo`lgan qonuniyatlar bilan rivojlanadi. Bu qonunlar inson irodasidan tashqarida harakatda bo`lib, odamlar izmiga bo`ysunmaydi, ularning buyruq va topshiriqlarini bajarmaydi. Shu bois, bozor iqtisodiyoti qonunlarini nazar-pisand qilmaslik yoki uni buzish og`ir iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
"O'zbek" modeli o'z ananalarini saqlab qolgan holda o'zbek xalqi uchun ishlab chiqilgan yetuk modeldir.Hozirgi kunda "O'zbek" modeli rivojlanishda davom etyapti va umid qilamizki,kelajakda bu model jahon miqyosida juda mashhur bo'lishi bilan bir qatorda, AQSh, Xitoy, Koreya va boshqa davlatlarning modellari bilan bemalol raqobatlasha oladi.Buning uchun biz o'zbek xalqi, vatanimiz rivojlanishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz va bu davlatni rivojlantirishda davom etamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Islom Karimov “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish –eng oily saodatdir”.Toshkent. 2015-yil.126-bet.
2.O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.Birinchi jild.2000-yil.
3.O’lmasov Ahmadjon “Bozor iqtisodiyotiga o’tish”.O’zME.Birinchi jild.2000-yil.
4.Islom Karimov “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida”.Toshkent.1995-yil.9-bet,13-bet,32-bet
5.Shodmonov Sh.,Alimov R.,Jo’rayev T. Iqtisodiyot nazariyasi.Toshkent-
Moliya-2002.
6.Abdullayev Y. Bozor iqtisodiyoti asoslari.Toshkent. 1997-yil.
7.Ishmuhamedov A.E., Sitdikova L. A.,Ishmuhamedov L.,Sunnatov M.N.Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari.Toshkent.2004-yil.
8.www.wikipedia.org
9.moluch.ru
10.www.ziyouz.com.kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |