28
II BOB. TURKIY TILDAN FORS TILIGA O‘ZLASHGAN SO‘ZLARNING
FONETIK TAHLILI
Turkiy o‘zlashmalarning fors tiliga kirib kelishini tahlil qilishda Safaviylar va
Qojorlar davrini o‘rganmaslikning iloji yo‘q. Hozirgi fors tilidagi turkiy
o‘zlashmalarning kattagina qismi aynan Safaviylar davrida (1502-1722)
o‘zlashgan. Ma’lumki, XVI asr boshlarida Eron
siyosiy jihatdan yagona
markazlashmagan bir mamlakat bo‘lib, ko‘pgina mayda davlatlarga bo‘linib ketgan
edi. 1502 yil Shayx Sayfiddin avlodidan bo‘lgan Ismoil Safaviy o‘n ikki yillik
jang-u jadal, urush va vayronagarchilikdan so‘ng yangi bir davlatga asos soladi. U
hokimiyat tepasiga chiqqach Eronni yagona davlat ostida birlashtirishga kirishib
ketadi. Uning asosiy maqsadi tarqoqlashib ketgan Eronni
birlashtirish va kuchli
davlat tuzish edi.
Shoh Ismoilning o‘zi hukmronlik qilgan davrda Eron hududida turkiy tilning
mavqeini ko‘tarish orqali o‘sha davr uchun o‘ziga xos til siyosatini yurgazishga
harakat qilganini ko‘rishimiz mumkin. Shoh Ismoilning o‘zi turkiylarga mansub
bo‘lib, u tarqalib ketgan ozarbayjonlik
va boshqa turklarni jamlab, ularning
yordamida davlatni boshqarishni maqsad qilib oladi. U o‘zi istagan siyosatni
yurgazish uchun turkiy tildan foydalanadi. Turkiy til
uning davlatidagi barcha
turkiy xalqlarni birlashtiruvchi yagona kuch deb bilar va bu xalqlar uning
xizmatida bo‘lishlari kerak edi. Keyinchalik u turkiylarni yuqori, o‘ziga
yaqin va
ta’sir doirasiga ega mansab va lavozimlarga ko‘taradi. Buning ortidan turkiylar
asta–sekin uning asosiy kuchlaridan biriga aylanadi.
Shoh Ismoil davlat tuzilishi va boshqaruv hokimiyatining shakllanishida
qatnashgan barcha turkiy qabila vakillari bilan o‘z ona–tilida muloqot qilgan.
Buning ortidan turkiy til saroyda katta mavqega ega bo‘ladi va endilikda Eronning
boshqa hududlaridan davlat boshqaruvi va saroy
xizmatiga ishlash maqsadida
kelgan aholi asta–sekin turkiy tilni o‘rganishga qiziqa boshlaydi. Natijada bu
davrga kelib turkiy til Eron hududida rivojlanish bosqichiga ko‘tariladi.
29
Biz o‘z ishimizda hozirgi fors tili fonetika tizimini hozirgi turk tili fonetik tizimi
bilan qiyosiy o‘rganib chiqamiz. Chunki hozirgi turk tili o‘g‘uz lahjasiga asoslangan
bo‘lib (turk tili Anado‘lida amal qilgan o‘g‘uz guruhiga tayanuvchi usmonli turkchasi
asosida shakllangan), fors tiliga o‘zlashgan turkiy so‘zlar
aynan mana shu lahjaga
mansub.
Dostları ilə paylaş: