Voqealar – bu ularning boshlang‘ich va yakuniy bosqichlarida aniq qayd etish
mumkin bo‘lgan ishlarning har bir turining boshi yoki tugashidir. Rejalashtirilgan
tadbirni tayyorlash va amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi ishlarning
boshlanish payti boshlang‘ich voqea deyiladi.
Grafikda voqealar ichida raqami ko‘rsatilgan doiralar bilan ishlar – ketma-ket
bog‘langan voqealarni bog‘laydigan strelka bilan belgilanadi. Ishlarning
davomiyligi strelkaning uzunligi emas, strelka ustida ko‘rsatiladigan vaqt birliklari
soni (odatda kun yoki oylar soni) bilan ko‘rsatiladi.
Strelka ostida ishlarni
o‘tkazish xarajatlari (pul, kishi-kunlar) ko‘rsatiladi.
Tarmoqli grafikdagi to‘liq yo‘l – bu boshlang‘ich voqeadan yakuniy voqeaga
olib boruvchi o‘zaro bog‘liq ishlar va voqealarning uzluksiz ketma-ketligidir.
Tarmoqli grafik ishlarni bajarishni eng oqilona tashkil etishga, barcha kerakli
operatsiyalar va harakatlarni bajarishda qat’iy
ketma-ketlik va navbatini
belgilashga imkon beradi. Tarmoqli grafik yordamida har bir voqeaning bajarilishi
muddatlarini, demak, yakuniy voqea natijalariga erishish muddatini etarlicha
aniqlikda belgilash mumkin. Tarmoqli grafikni qo‘llab, voqeani yakunlash
muddatlarini
optimallashtirish, har bir tadbirning muddatini qisqartirishga turli
omillarning ta’sirini aniqlash va belgilash, ayrim ijrochilarning
harakatlarini
nazorat qilish, kuzatishni va boshqarishni tashkil etish mumkin.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni rejalashtirish jarayonida tegishli
standartlar tizimlari bilan belgilangan me’yorlar, qoidalar va talablardan
foydalanish katta ahamiyatga ega. Standartlardan foydalanish
ishlab chiqarishni
ilmiy
va
texnik
tayyorlash,
ishlab
chiqariladigan
mahsulotning
raqobatbardoshligini kafolatlay oladigan yuqori darajadagi sharoitlarni ta’minlash
imkonini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: